Ommaviy axborot vositalaridan tarqalayotgan ziyo yoki ziyon

Ommaviy axborot vositalaridan tarqalayotgan ziyo yoki ziyon

O'quvchilarga / Informatika va AT
Ommaviy axborot vositalaridan tarqalayotgan ziyo yoki ziyon - rasmi

Material tavsifi

Ommaviy axborot vositalaridan tarqalayotgan ziyo yoki ziyon? MAVZU: Mustaqil o'lkamizda madaniyat, san'at, fan, ta'lim sohalarining keng quloch yozib rivojlanishi va uning istiqboli uchun ko'plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimovning Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, halq maanaviy boyligining ildizlariga etibor berish lozim. Bu xazina asrlar davomida misqollab to'plangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o'tgan. Insonlarga og'ir damda madad bo'lgan degan so'zlariga loyiq ishlar qay darajada amalga oshirilmoqda. Hozirgi texnika asri davrida bizning hayotimizda ommaviy axborot vositalarining ahamiyati beqiyosdir. Ommaviy axborot vositalari orqali Respublikamizdagi madaniy-ma'rifiy faoliyat yoritiladi. Madaniy-ma'rifiy faoliyat ijtimoiy sohaning muhim qismi bo'lib, uning bosh maqsadi - komil insonni shakllantirishga xizmat qilishdir. Madaniy-ma'rifiy faoliyat - aholining ma'naviy kamol toptirish, madaniy saviyasini oshirish, bilimini o'stirish, dunyoqarashini kengaytirish, ijodiy qobiliyatni rivojlantirish, bo'sh vaqtini samarali o'tkazishga ko'mak beruvchi ijodiy - tashkiliy ishlar majmuasidir. O'zbek kinosi boy tarixga ega, o'zbek kinematografiyasining mahsulotlari jahon etirofiga sazovor bo'lgan. xalqaro YuNYeSKO tashkilotining oltin fondiga kiritilgan Toxir va Zuhra, Sen etim emassan, O'tgan kunlar, Sevishganlar, Dahoning yoshligi kabi bir necha badiiy filmlar yillar davomida avlodlarni tarbiyaladi. Hozirgi kunda shu kabi filmlarni ayta olamizmi? Bir ko'rishlik filmlar, professional bo'lmagan ijrochilar, yengil-elpi mavzular yoshlarning sevimli filmlariga aylanayotgani achinarli hol. MUNOSABAT: Bir ko'rishlik filmlar, professional bo'lmagan ijrochilar, yengil-elpi mavzular yoshlarning sevimli filmlariga aylanayotgani achinarli hol. Hozirgi kunda yoshlarning odob-axloqi, yurish-turishi, qiyinish madaniyati va ommaviy madaniyatiga katta etibor qaratilmoqda. Shu sababli hozirgi kunda Respublikamizda Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati, Orasta qizlar, Hotin-qizlar qo'mitasi shu bilan birga Halq ta'limi vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar yoshlar uchun kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Biz yoshlar bu chora-tadbirlardan qanchalik oqilona foydalanmoqdamiz. So'nggi yillarda g'arb madaniyatining o'zbek madaniyatiga kirib kelayotgani salbiy holat bo'lmoqda. O'zbek xonandalarining, aktyor va aktrisalarining qiyinish uslubi, manosiz qo'shiqlari, o'zlariga yarashmaydigan odatlari, milliyligimizdan tobora uzoqlashib borayotgani bizlarga o'z ta'sirini o'tkazmoqda va buning natijasida biz yoshlarning ongida andisha, ibo-hayo, mehr-oqibat kabi tushunchalar yoddan chiqayotganiga qanday munosabat bildirish mumkin? So'nggi yillarda g'arb madaniyatining o'zbek madaniyatiga salbiy ta'sir ko'rsatayotganini Respublikamizning Nur nomli gazetasida chop etilgan ushbu maqolada ham ko'rishimiz mumkin. Biz ushbu suratdagi maqolani chop etilgan yoki etilmaganini aniq ayta olmaymiz ammo internet sahifalarida ushbu suratni uchratdik va biz bunday ochiq-oydin yoziladigan maqolalarga qarshi ekanligimizni takidlab o'tmoqchimiz. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.35 MB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.35 MB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga