Ommaviy kommunikatsiya va undan foydalanish Bajardi: REJA: Ommaviy kommunikastiyaning insoniyat rivojiga ta'siri. Internet va ommaviy kommunikatsiya. Ommaviy kommunikastiya ya'ni insonlarning o'zaro aloqa almashinishi odamzod paydo bo'lishi davridan boshlangan desak, yanglishmaymiz. Bu borada olimlarning turli hil qarashlari mavjud, biroq insoniyat yaralibdiki bir-biri bilan harakatlar, imo-ishora, fikrni ifodalashga xizmat qiluvchi vositalar, rasm chizish va shu kabi yo'llar orqali muloqot olib borganligini inkor qilib bo'lmaydi. O'sha davrlardan esa aloqa, bog'lanish, aloqada bo'lish ma'nolarini anglatuvni kommunikastiya insoniyat hayotining eng katta qismiga aylana boshladi. Bir so'z bilan aytganda, ommaviy kommunikastiya yer yuzida tiriklik paydo bo'lgandan beri har jabhada turli ko'rinishlarda o'z aksini topib kelmoqda. Shuningdek, u faqat habarlarni ko'pchilikka yetkazish bo'libgina qolmasdan, insonlar faoliyatining asosi hamdir. Ommaviy kommunikastiya tarihini o'rganish orqali esa uni o'rta asrlarda turli hil shakllarda rivojlana boshlaganiga guvoh bo'lamiz. IX-XVI asrlarda davlat boshqaruvida ilmiy, ta'lim, ma'muriy, huquqiy va harbiy ommaviy kommunikastiyaning ahamiyati juda katta bo'lgan. Ular orasidan ilmiy kommunikastiya ommaviy kommunikastiyaning eng rivojlangan shakli edi. Chunki o'rta asrlarda asosan ilm-fan ancha takomillashgan bo'lib, shuni natijasida o'sha davr hayoti, davlat boshqaruvi va podshohlarning tarihi haqidagi habarlar bugungi kungacha etib kelgan. Tarihdan hikoya qiluvchi asarlar podshoh farmoniga binoan birinchi vaziri vazifasini bajaradigan tarihchi tomonidan yozilgan. Bundan tashqari qator olimlar o'zlarining ilmiy-tarihiy asarlarini yozib, kommunikastiyaning bu turi rivojiga katta hissa qo'shishgan. . Shu jumladan, Amir Temurning Temur tuzuklari ni keltirishimiz mumkin. Bu asar ilmiy nuqtai nazardan olinsada, harbiy kammunikastiyaga ham aloqador hisoblanadi. Yusuf hos Hojibning Qutadg'u bilig ilmiy asari ta'lim kommunikastiyaga ham misol bo'la oladi. Shuningdek, ilmiy kommunikastiyasi bilan uzviy bog'liq bo'lgan ta'lim kommunikastiya ham o'rta asrlarda o'ziga hos tarzda rivojlandi. Tarihiy asarlarda keltirilgan ma'lumotlarga qaraganda, o'sha davrlarda ta'limning asosiy shakllaridan biri kutubxonalar bo'lgan. Adam Mest o'zining Musulmanskiy renessans asarida VII-VII asrlarda halifaliklarda kutubxonalarning ko'rinishlarini yozadi. Hususan, al-Aziz kutubxonasiga to'htalib, u haqida Ancha keyingi avlodlar uning kutubxonasidagi kitoblar miqdorini bilishga qiziqdi, biroq raqamlar 160-120 ming jild oralig'ida tebranar edi, deb yozadi. Tarihiy asarlarni o'qiganimizda musulmon mamlakatlarida yozilgan asarlarda huquqiy masalalar asosan, madaniy, ilmiy, ma'rifiy, yo'nalishlar bilan bir qatorda keltirib o'tilgan. Shu sababli ular bir-biriga chambarchas bog'liqdek tuyuladi. Tarihiy asarlardagi manbalar shuni ko'rsatadiki, o'rta asrlarda ham qonunlar insonlarning qadriyatlarini qadrlashga xizmat qilgan. Qonunga rioya qilish, ko'pchilik undan habardor bo'lishiga bog'liq bo'lganligi uchun qonunni targ'ib qilish zarur bo'ladi. Buning uchun esa ommaviy kommunikastiyaning ahamiyati beqiyosdir. Yuqorida keltirilgan kommunikastiya turlaridan yana biri - barcha davrlarda juda katta ahamiyatga ega bo'lgan harbiy kommunikastiyadir. U haqida bizgacha etib kelgan noma shaklidagi ko'plab asarlar orqali ma'lumotlarga ega bo'lamiz. Ayniqsa, uning qoidalashtirilishi, ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:04:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
354.42 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:17
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:04 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
354.42 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:17 ]
Arxiv ichida: ppt