Onlayn gazetalarda internet reklama

Onlayn gazetalarda internet reklama

O'quvchilarga / Informatika va AT
Onlayn gazetalarda internet reklama - rasmi

Material tavsifi

Onlayn gazetalarda internet reklama Reja: 1. Onlayn nashrlarning shakli mazmuni va o'ziga xosliklari 2. Uz zonasidagi domenlarning o'sish ko'rsatkichlari 3. O'zbekistonda saytdan foydalanuvchilar soni Bosma nashr uchun imidj qanchalar ahamiyatli bo'lsa, onlayn nashrda-bu zarurat ikki hissa ortadi. Sababi global tarmoqda sanoqsiz saytlar ish olib boradi va foydalanuvchi osongina ular orasida «adashib qolishi», o'ziga kerakli saytdan boshqalariga o'tib ketishi, hatto nima maqsadda internetga kirganini unutib qo'yishi mumkin. Olimlar tomonidan aniqlangan «8 sekund qoidasi»ga ko'ra, foydalanuvchining e'tiborini tortish, mahliyo qilib, saytga kirish va unda qolishga «majbur» etish uchun sayt ixtiyorida atigi 8 daqiqagina berilarkan. Shu fursat ichida foydalanuvchi diqqatini ushlab qololmagan veb sahifa yutqizishi aniq. Bu esa ko'p jihatdan sayt imidjiga bog'liq. Sayt imidji-bu jamoat yoki yakka shaxs ongida shakllangan qiyofa, taassurot, o'sha saytga nisbatan muayyan munosabat, ratsional (aql-idrokka asoslangan) yoki emotsional xarakterdagi fikrdir. Mazkur fikr, munosabat o'z-o'zidan hosil bo'lmaydi. Demak, uni belgilovchi xususiyatlar bor. Aynan elektron nashr imidjini quyidagilar tashkil etadi. Sayt kontenti (tarkibi, undagi materiallar) Ko'rinishi (dizayni) Nomi Nechta tilda ekani Multimedia va interaktiv vositalarning mavjudligi Tezkor yangilanib turishi Unda berilayotgan axborotlarning ishonarliligi va tezkorligi Foydalanuvchilar soni(poseщaemost) Ijtimoiy tarmoqlarda o'z sahifasiga egaligi va h.k. Mamlakatimizdagi aksariyat bosma nashrlarning global tarmoqdagi veb sayti o'sha nashr nomi bilan deyarli bir xil bo'ladi. ww.marifat.uz («Ma'rifat» gazetasi), ww.oilavajamiyat.uz («Oila va jamiyat» gazetasi), ww.adolat.uz («Adolat» gazetasi) kabi. Yoxud ww.mahallagzt.uz («Mahalla» gazetasi), ww.jamiyatgzt.uz («Jamiyat» gazetasi) on−layn nashr nomlari singari. Ayrimlarining nomi esa bosmasi nomining bosh harflaridan iborat bo'ladi xolos Internet saytlarida etik me'yorlarning buzilishiga xorijiy mamlakatlarida unchalik ahamiyat berilmaydi. Lekin saytlarda reklama berish 1-muhim omil sanaladi. Avvalo, elektron nashrlarda reklama berishning ahamiyati va zarurati nimada ekanligini aniqlab olsak. «INFOXIZMATI» tashkiloti direktori A.Yusupov fikricha, «Saytda reklama mavjudligi ─ bu: ─ Tijorat (reklama beruvchilar) bozorida faolligi, biznes shaffofligi ko'rsatkichi; ─ Mediamakonga bo'lgan talab ko'rsatkichi; ─ Saytda reklama joylashtirishga mas'ul xodimning muvaffaqiyatli faoliyati ko'rsatkichidir». Reklama ─ saytning moliyaviy ahvoliga ko'maklashuvchi va barqarorligini ta'minlovchi omillardan biridir. U umumiy budjet tomondan ham, har bir murojaat narxi jihatidan ham arzonroq tushadi. Internet-reklama eng kam mablag'bilan ham ish boshlash imkonini beradi. Internetda reklama joylashtirishdan reklama beruvchilar ham manfaatdor. Zero, internet-reklamaning ta'siri boshqa OAVga nisbatan qaraganda ancha kuchli. Asosiy adabiyotlar: Бокарев Т. Энциклопедия интернет-рекламы. -М.:Издательство «ПРОМО-РУ», 200 г. Высоткин А. Реклама в Internet: тонкости, советы, примеры и способы работы. М., 199 Гуров В.В. Интернет для бизнеса. М., 1997 Загуменнов А.П. Как раскрутить Web-сайт. М.: ДМК Пресс, 2001 Крупник А., Как продать товар и получить деньги в Интернет, Москва, 200 г. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 282.65 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 282.65 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga