Openoffice.org - bepul offis dasturlari paketi OpenOffice.org (OOo) - qulay bo'lgan, to'liq funksiyali offis paketidir. Bu offis dasturi Sun kompaniyasining erkin tarqatiluvchi dasturlar turkumiga kiruvchi bepul offis dasturlari paketi hisoblanadi. OpenOffice.org bir vaqtning o'zida dasturiy mahsulot bo'lishi bilan birga ko'ngilli(ixtiyorli) dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchilarning birlashmasidir. Har kim OOo dasturlarini open source litsenziyasiga muvofiq tarqatishi mumkin. OpenOffice.org dasturlar paketida ham Microsoft Office dasturlar paketida mavjud bo'lgan dasturlar mavjud bo'lib, ularda amallar bajarish foydalanuvchiga qiyinchilik tug'dirmaydi. OpenOffice.org tarkibiga quyidagi dasturlar kiradi: Writer ( matn muharriri ). Writer ushbu dastur turli yozma ma'lumotlar, kitoblar, hisobotlar, information blyutenlar, broshyuralar va boshqa hujjatlatlarni tayyorlash uchun qulay imkoniyatlarga ega bo'lgan matn muharriridir. Siz Writer hujjatiga grafika va boshqa komponentalar obyektlarini joylashtirishingiz mumkin. Writer dasturi yordamida fayllarni HTML, XHTML, XML, Portable Document Format (PDF) va Microsoft Word fayllarini bazi versiyalariga eksport qilish mumkin. Calc (elektron jadval). Calc dasturi tezkor analiz, diagrammalar qurish va elektron jadvallardan kutish mumkin bo'lgan yuqori aniqlikdagi yechimlar olish uchun jihozlarga ega. Bu dastur moliyaviy, statistik va matematik operatsiyalar uchun 300 dan ortiq funksiyalarni o'zida jamlagan. Siz Excel dasturida tayyorlagan ma'lumotingizni ochib, amallar bajarib yana Excel fayli ko'rinishida saqlashingiz ham mumkin. Bundan tashqari Calc dasturida electron jadvallarni Adobe PDF va HTML ga eksport qilish imkoniyati ham mavjud. Impress (taqdimotli grafika ). Impress barcha turdagi multimedia ko'rinishidagi ma'lumotlarni namoyish qilish vositalariga ega. Bunday ma'lumotlarga misol qilib maxsus effekt, animatsiya va rasm chizish vositalari keltirish mumkin. Bu dasturda OOo ning Draw va Math komponentalarining grafik imkoniyatlarini kengaytirilgan holatlari mujassamlashturilgan. Impressda Power Point dasturida tayyorlangan ma'lumotlaringiz ustida amallar bajarishingiz va tayyor ma'lumotlaringizni Masromedia Flash (SWF) formatida saqlashungiz mumkin. Draw (vektor garfikasi muharriri). Draw vektorli rasm tayyorlash jihozi hisoblanadi. Bu dastur yordamida oddiy diagrammadan yoki blok-sxemadan to uch o'lchamli tasviriy ma'lumotlar tayyorlash mumkin. Draw har qanday formatdagi rasmlarni taniydi va o'zida tayyorlangan ma'lumotlarni 20 dan ortiq formatda, misol uchun HTML, PNG, PDF va hotto Flash formatlarida saqlsh imkoniyati mavjudligi bilan boshqa kompaniyalar ishlab chiqargan offis dasturiy ta'minotlaridan farq qiladi. Base (ma'lumotlar bazasi). Bu dastur sodda ko'rinishga ega bo'lib ma'lumotlar bazasini tashkillash jihozlariga ega. Base yordamida formalar yaratish, hisobotlar tayyorlash, so'rovlar va jadvallarni osonlik bilan tashkillash mumkin. Dastur odatda relyatsion ma'lumotlar bazasi bo'lgan HSQLDB ni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari dasturda dBase, Microsoft Accsess, MySQL va Oracle yoki istalgan ODBC yoki JDBC ko'rinishidagi ma'lumotlar bazasidan foydalanish mumkin. Math (formulalar muharriri). OOo Math formular va tenglamalar muharriridir. Siz dastur yordamida osonlik bilan tarkibida turli belgi raqamlar, nostandart yozuv shriftlari mavjud ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:04:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.14 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:04 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.14 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:17 ]
Arxiv ichida: doc