Operator va funksiyalarni qayta yuklash Reja: 1 Funksiyalarni qayta yuklash; 2 Operatorlarni qayta yuklashda qo'llanilishi. 1.Funksiyalarni qayta yuklash C++ 3-darslik FUNKSIYALAR C++ da dasturlashning asosiy bloklaridan biri funksiya-lardir. Funksiyalarning foydasi shundaki, katta masala bir necha kichik bo'laklarga bo'linib, har biriga alohida funksiya yozilganda,masala yechish algoritmi ancha soddalashadi. Bunda dasturchi yozgan funksiyalar C ++ ning standart kutubxonasi va boshqa firmalar yozgan kutub- xonalar ichidagi funksiyalar bilan birlashtiriladi. Bu esa ishni osonlashtiradi. Ko'p holda dasturda takroran bejariladigan amalni funksiya sifatida yozish va kerakli joyda ushbu funksiyani chaqirish mumkin. Funksiyani programma tanasida ishlatish uchun u chaqiriladi, yani uning ismi yoziladi va unga kerakli argumentlar beriladi. () qavslar ushbu funksiya chaqirig'ini ifodalaydi. Masalan: foo(); k = square(l); Demak, agar funksiya argumentlar olsa, ular () qavs ichida yoziladi.Argumentsiz funksiyadan keyin esa () qavslarning o'zi qo'yiladi. MA'LUMOTLAR TIPI (DATA TYPES) Shu paytgacha ma'lumotlar tipi deganda butun son va kasrli son bor deb kelgan edik. Lekin bu bo'limda maylumotlar tipi tushunchasini yahshiroq ko'rib chiqish kerak bo'ladi. Chunki funksiyalar bilan ishlagandaargument kiritish va qiymat qaytarishga to'g'ri keladi. Agar boshidan boshlaydigan bo'lsak, kompyterda hamma turdagi ma'lumotlar 0 va 1 yordamida kodlanadi. Buning sababi shuki, elektr uskunalar uchun ikki holat tabiyi-dir, tok oqimi bor yoki yo'q, kondensatorda zaryad bor yoki yo'q va hakozo. Demak biz bu holatlarni oladigan jihozlarni bir quti deb faraz qilsak, quti ichida yo narsa bo'ladi, yo narsa bo'lmaydi. Mantiqan buni biz bir yoki nol deb belgilaymiz. Bu kabi faqat ikki holatga ega bo'lishi mumkin bo'lgan maylumot birligiga biz BIT deymiz. Bu birlik kichik bo'lgani uchun kompyuterda bitlar guruhi qo'llaniladi. Bittan keyingi birlik bu BAYT (byte). Baytni sakkizta bit tashkil etadi. Demak bir bayt yordamida biz 256 ta holatni kodlashimiz mumkin bo'ladi. 256 soni ikkining sakkizinchi darajasiga tengdir. Bitimiz ikki holatga ega bo'lgani uchun biz kompyuterni ikkili arifmetikaga asoslangan deymiz. Ammo agar kerak bo'lsa, boshqa sistemaga asoslangan mashinalarni ham qo'llash mumkin. Masalan uchli sanoq sistemasiga asoslangan kompyuterlar bor. Informatika faniga ko'ra esa, hisoblash mashinasi uchun eng optimal sanoq sistemasi e ga teng bo'lar ekan. Demak amaldagi sistemalar ham shu songa iloji borisha yaqin bo'lishi kerakdir. CC++ da baytga asoslangan tip char dir. char tipi butun son tipida bo'lib, chegaraviy qiymatlari -128 dan +127 gachadir. Bu tip lotin alifbosi harflarini va y ana qo'shimcha bir guruh simvollarni kodlashga qulay bo'lgan. Lekin hozirda milliy alifbelarni kodlash uchun 16 bitlik UNICODEqo'llanilmoqda. U yordamida 65536 ta simvolni ko'rsatish mumkin. char tipida o'zgaruvchi e'lon qilish uchun dasturda char g, h = 3, ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:04:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.8 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:17
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:04 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.8 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:17 ]
Arxiv ichida: docx