Логотип Operatsion sistema tushunchasi 8-sinf Informatika va hisoblash texnikasi asoslari 10-mavzu Aksariyat hollarda operatsion sistemaga ikki xil ta'rif berishadi: Kompyuter qurilmalarini boshqaruvchi dasturlar majmui va Kompyuterdagi boshqa dasturlarni boshqaruvchi dasturlar majmui. Dasturiy ta'minotni asosiy tashkil etuvchisi hisoblanadigan operatsion sistema tushunchasiga to'liq ta'rif berish qiyin. Chunki, bir tomondan, sistema so'zi turli soha mutaxassislari tomonidan keng qo'llaniladi va turlicha talqin qilinadi; operatsiya so'zi esa to'g'ridan-to'g'ri tarjimada amal degan ma'noni anglatadi. Mazkur dastur foydalanuvchi bilan kompyuter orasidagi qulay interfeysli muloqotni ta'minlaydi va u operatsion sistema (qisqacha OS) deb yuritiladi. Kompyuter ishga tushirilganda, odatda, uning qurilmalari bilan bir qatorda maxsus dastur ishga tushadi. Odatda, operatsion sistema tashqi xotira - diskda joylashadi va shuning uchun disk operatsion sistemasi (qisqacha DOS) deb yuritiladi. Operatsion sistemani qiyosiy misol yordamida tushuntirishga harakat qilamiz. Kompyuter operatsion sistemasi ishini zamonaviy uyda istiqomat qiluvchining ayrim imtiyozlari bilan qiyoslash mumkin. Ta'kidlash lozimki, kompyuterlarning texnikaviy holatiga ko'ra, ulardagi operatsion sistemalar turlicha bo'ladi, shunday bo'lsada, ularning vazifasi bir: foydalanuvchi qulay interfeysga ega bo'lishi uchun ichki va tashqi qurilmalarning birgalikda ishlashini ta'minlashdan iborat. Shaxsiy kompyuter operatsion sistemalaridan butun dunyoda millionlab kishilar foydalanadilar. Shaxsiy kompyuterlarning operatsion sistemalari bir necha parametrlar bilan farq qiladi. Bir masalali operatsion sistemalar foydalanuvchiga bir vaqtning o'zida kompyuterda faqat bitta amaliy vazifani hal etishga imkon beradi. Ko'p masalali operatsion sistemalar bir vaqtning o'zida bir necha dasturni ishga tushirish imkoniyatini beradi. Bu dasturlar bir-birlariga monelik qilmagan holda parallel ishlaydilar. Xususan, operatsion sistemaniquyidagi sinflarga bo'lish mumkin: bir masalali va ko'p masalali; bir foydalanuvchili va ko'p foydalanuvchili. Bir foydalanuvchili operatsion sistemalar kompyuterda faqat bir kishining ishlashiga imkon beradi. Bu holda, albatta, bir necha foydalanuvchi kompyuterdagi axborotlardan foydalanish uchun navbat bilan ishlashi mumkin va barcha axborot hamma foydalanuvchi uchun ochiq bo'ladi. Ko'p foydalanuvchili operatsion sistemalarda har bir foydalanuvchi umumiy axborotlardan va parolini kiritib faqat o'ziga tegishli bo'lgan shaxsiy axborotlardan foydalanishi mumkin. Ba'zi ko'p foydalanuvchilik operatsion sistemalar (masalan, UNIX) bir vaqtning o'zida bir kompyuterda bir necha foydalanuvchi ishlashiga imkoniyat beradi. Har qanday operatsion sistemadan quyidagi sifatlarning bo'lishi talab etiladi: 1. Ishonchlilik. Sistema o'zi boshqarayotgan kompyuter qurilmalari kabi ishonchli bo'lishi kerak. 2. Himoyalash. Ixtiyoriy foydalanuvchi o'z ishiga boshqa foydalanuvchilarning monelik qilishini o'ohlamaydi. Shu sababli sistema foydalanuvchilarni dastur va ma'lumotlarini o'zgalar xatolari ta'siridan hamda aralashuvidan himoya qilishi lozim. 3. Samaradorlik. Odatda, operatsion sistemaning o'zi EHM ning katta resursini egallaydi. Bu resurslar foydalanuvchi ixtiyoriga berilmaydi. 4. Qulaylik. Operatsion sistemada ko'p hollarda bir paytda ikki va undan ortiq foydalanuvchi ishlaydi. Ular operatsion sistema orqali turli maqsadli va turli algoritmli ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:04:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.54 MB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:17
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:04 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.54 MB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:17 ]
Arxiv ichida: ppt