Operatsion tizim va ularning turlari

Operatsion tizim va ularning turlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Operatsion tizim va ularning turlari - rasmi

Material tavsifi

OPERATSION SISTEMA VA ULARNING TURLARI. REJA: Operatsion sistemalar. Windows XP operatsion sistemasi. Windows ish stoli. Asosiy obyektlar va boshqarish usullari. Windows 7 haqida Operatsion sistemaning vazifasi kompyuter ishini boshqarishdan iborat, ya'ni u dasturlarni ishga tushiradi, ma'lumotlar himoyasini ta'minlaydi, foydalanuvchilarning va dasturlarning talablari bo'yicha turli servis amallarini bajaradi, printer va boshqa kompyuterga ulangan «tashqi» qurilmalar ishini boshqaradi. Kompyuterga yuklanuvchi ixtiyoriy dastur operatsion sistema xizmatidan foydalanadi, shuning uchun bu dastur faqat unga shu xizmatlarni ta'minlab beruvchi OS boshqaruvida ishlaydi. Osni tanlash juda muhim, chunki u foydalanuvchi kompyuterida kaysi dasturlar bilan ishlash mumkinligini, uning ma'lumotlari himoyasining darajasini, qanday apparat vositalari kerakligini va xakozolarni aniqlaydi. Windows (inglizcha Windows- oynalar degan ma'noni anglatadi) Microsoft (qisqacha MS) firmasining programma maxsuli bo'lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo'lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan operatsion sistemadir. Uning asosiy maqsadi- kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o'rganish uchun oson, shu bilan birga foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish xoliga keltirishdir. Microsoft firmasi garchand Windows dasturini dastlab 1983 yilda yaratgan bo'lsada, yildan-yilga uni takomillashtirmokdalar. Dastlab Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12 versiyalari, 1995 yilda Windows 95, 1998 yilning yozida yangi Windows 98 va 200-2007 yillarda Windows OS ning mos ravishda Windows-200, ME, XP ko'rinishlari yaratilib, yo'qori darajadagi ishonchliligi, yaxshilangan bezagi, o'z-o'zini rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi bilan ajralib turadi. Windows 98 dan yo'qori ko'rinishlari grafik mahsulotning ko'rinishi, tovush va zamonaviy texnologiyalar bo'yicha yaratilgan multimedia ilovalarini qo'llash imkoniyatlarini yaxshilaydi. Universal Serial Bus( USB) shinasi yordami tashqi qurilmalarning oson ulanishi va o'zib quyillishini ta'minlaydi, televideniye hamda shaxsiy kompyuterning imkoniyatlarini birlashtirishga imkon yaratadi. Windows XP va undan yo'qori ko'rinishning oldingi versiyalaridan asosiy farqi-uning ishlatilishi va Internetga kirishdagi soddaligi hisoblanadi. Ularda Web texnologiyasi bo'yicha o'zgaruvchan yordam tizimi va kompyuter ishlatilishini o'rgatuvchi 15 ta dastur mavjud. Web-yo'naltirilgan interfeys foydalanuvchiga kompyuterda, lokal kompyuter tarmog'ida ham Web-texnologiyada axborotlarning bir shaklda ifodalanishini ta'minlaydi va shu bilan birga axborotlar kidiruvini osonlashtiradi. Ko'p saytlarda Windows 7 operatsion tizimini o'rnatish haqida maqolalar mavjud, ba'zi birlari nomiga yozilgan, ba'zilari tushunarsiz yozilgan, foydalanuvchilar uchun yozilganlari kam. Shunday bo'lsa ham, bu maqolalarning ko'pi rus tilida. Shu sababli, maqolani o'zbek tilida, imkon qadar tushunarli yozishga harakat qilaman. Biz Windows 7 Ultimate 64x operatsion tizimini o'rnatamiz. Dastlab, operatsion tizim diskini kompyuterga qo'yib, shu diskdan yuklanishni biosda ko'rsatib o'tamiz, ya'ni kompyuter yonganda dastlab shu disk ishlasin. Agar bunday qilish qo'lingizdan kelmasa, diskni kompyuterga qo'yib, uni yoqing, odatda avtomat disk o'qiladi(ko'p hollarda). Shunda ekranga quyidagi oyna chiqadi va diskdan yuklanish uchun istalgan biror tugmani bosish talab qilinadi. Biror tugmani bosib, kompyuterni disk ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.72 MB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:18 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.72 MB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga