O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG'LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI Fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi ―Informatika va information texnologiyalar‖ fanidan Operatsion tizimlar haqida ma'lumotlar mavzusi bo'yicha MUSTAQIL ISH Bajardi: Sanoat farmatsiyasi yo'nalishi 32-guruh talabasi M.Shuxratova Qabul qildi: O'qituvchi. A.Baydullayev Toshkent - 2015 y Reja : Kirish 1. Operatsion tizim (OT) tushunchasi. 2. Operatsio'n tizim qobig'i ustida ishlovchi dasturlar. 3. Zamonaviy operatsion tizimlarning turlari. 4. Windo'ws operatsion tizimining qo'shimcha imkoniyatlari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. KIRISH Zamonaviy dunyoda hayotimizni kompyutersiz tasavvur qila olmaymiz. Kundalik turmushimizning barcha yo'nalishlari (ta'lim tizimi, ishlab chiqarish, tibbiyot, iqtisod va hokazo)da axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va uzatish ishlarini tez va so'z amalga oshirishda, kompyuter texnologiyalaridan keng foydalanmoqdamiz. Kompyuter texnologiyasi ma'lum bir operatsion tizim (sistema) asosida ishlaydi. Kompyuterni foydalanuvchi ishga tushirishi (yoqishi) bilan ishga tushuvchi ushbu dastur kompyuterni va uning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi o'rinlar, mavjud dasturlar va hokazo) boshqaradi. Foydalanuvchi bilan kompyuter va uning qurilmalari o'rtasida qulay muloqotni tashkil etib, foydalanuvchi uchun kerakli dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi. Dunyo bo'ylab axborot texnologiyalari sohasida alohida izlanishlar olib borilmoqda. Kompyuter yaratilganidan toki bugungi kungacha bir nechta operatsion tizim (OT) ishlab chiqilgan. Ularning har birining o'ziga yarasha yaratilish tarixi bor. Kun sayin dastur va operatsion tizimlar murakkablashib, zamonaviylashib, qo'llanish borasida qulaylashtirish ishlari olib borilishi natijasida ularning yangi (tip yoki tur)lari ishlab chiqarilmoqda. Ho'zirda bir-biri bilan raqobatlashib kelayotgan ikkita operatsion tizim bo'lib, ular Windows va Linuxlardir. Windowsning juda keng qo'llaniladigan versiyalari Windows NT, Windows98, Windows200, WindowsXP, Windows2003, WindowsVista operatsion tizimlar bo'lib, ular yopiq kodli, ya'ni foydalanuvchilar o'zlari istagan holda o'zgartirish imkoniyatiga ega emaslar. Bu operatsion tizimlardan rus va ingliz tilini biluvchilar qulay foydalanish imkoniyatiga egadirlar. Ayni vaqtda Linux ni Red Hat, Suse, Fedo'ra va Slackware, Ubuntu kabi versiyalari mavjud. 1. Operatsion tizim (OT) tushunchasi Operatsion tizimning vazifasi kompyuter ishini boshqarishdan iborat, ya'ni u dasturlarni ishga tushiradi, ma'lumotlar himoyasini ta'minlaydi, foydalanuvchilarning va dasturlarning talablari bo'yicha turli servis amallarini bajaradi, printer va boshqa kompyuterga ulangan «tashqi» qurilmalar ishini boshqaradi. Kompyuterga yuklanuvchi ixtiyoriy dastur operatsion tizim xizmatidan foydalanadi, shuning uchun bu dastur faqat unga shu xizmatlarni ta'minlab beruvchi operatsion tizim boshqaruvida ishlaydi. Operatsion tizimni tanlash juda muhim, chunki u foydalanuvchi kompyuterida qaysi dasturlar bilan ishlash mumkinligini, uning ma'lumotlari himoyasining darajasini, qanday texnik vositalari kerakligini va hokazolarni aniqlaydi. Shaxsiy kompyutеrlarning opеratsion tizimlari yaratilishi tarixiga nazar solsak, sakkiz razryadli shaxsiy kompyutеrlar uchun yaratilgan birinchi opеratsion tizim CPFM-80 (Control Programm for Microcompyters, ya'ni mikrokompyutеrlar uchun boshqaruvchi dasturlar) nom bilan tanilgan. Uning muallifi Digital Research kompaniyasisining prеzidеnti Gеri Kildell bo'lgan. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:04:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
283.65 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:18
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:04 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
283.65 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:18 ]
Arxiv ichida: pdf