Operatsion tizimlar. Ularning vazifalari va turlari Reja: MS DOS operatsion tizimi. Fayllar va kataloglar haqida DOSning ayrim buyruqlari Tayanch iboralar: Operatsion tizim, MS DOS, buyruqlar (komandalar), disk fayl, fayl nomi va kengaytmasi, katalog, joriy katalog, tub katalog, tashqi va ichki katalog 1.MS DOS operatsion tizimi MS DOS operatsion tizimi Microsoft firmasining ilk operatsion tizimlaridan. Bu operatsion tizim 1981 yilda IBM kompaniyasining buyurtmasiga asosan yaratilgan. MS DOS OT quyidagi qismlardan tashkil topgan: BIOS (Basic Input-Output System), (Kiritish-chiqarishning asosiy tizimi). Bu kompyuterning doimiy xotirasida joylashgan. Uning vazifasi axborotlarni kiritish va chiqarish bilan bog'liq bo'lgan eng sodda va universal xizmatlarni bajarishdan iborat. Operatsion tizimning yuklovchisi. Bu tizim juda qisqa dastur bo'lib, u MS DOSli disketaning birinchi sektorida joylashadi va uning vazifasi MS DOSning qolgan ikki modulini o'qishdan iborat. io.sys va msdos.sys tizimli fayllar. Ularni operatsion tizim yuklovchisi xotiraga ko'chiradi va kompyuter xotirasida doimo saqlaydi. io.sys (INPUT-OUTPUT) BIOSning xotiradagi davomi hisoblanadi. msdos.sys DOSning yuqori darajadagi vazifalarini bajaradi. MS DOSning buyruq protsessori foydalanuvchi kiritgan komandalarni qayta ishlaydi. Buyruq protsessori OT yuklanayotgan disketaning command.com faylida joylashadi. MS DOSning tashqi komandalari - OT bilan birgalikda yuklanadigan alohida fayllardagi dasturlardir. Bu dasturlar xizmatchi vazifasini bajaradi, masalan, disketalarni formatlash, disketalarni tekshirish va xokazo. Qurilmalar drayverlari MS DOSning kiritish-chiqarish tizimini to'ldiradi, yangi qurilmalarning ishini ta'minlaydi , mavjud bo'lgan qurilmalarning nostandart ishlatilishini ta'minlaydi. Drayver nomi config.sys faylida ko'rsatiladi. 2.Fayllar va kataloglar. Disketalarda ma'lumotlar fayllar ko'rinishida saqlanadi. Fayl-bu disketaning ma'lum nom bilan ataluvchi sohasidir. Faylda dastur va hujjat matnlari, bajarilishi mumkin bo'lgan dasturlar va hokazolar saqlanadi. Fayllar 2 xil bo'ladi: matnli va ikkili tizimdagi. Matnli fayllar foydalanuvchi o'qishi uchun mo'ljallangan. Har bir fayl ikki qismdan iborat bo'lgan nomga ega. Fayl nomining birinchi qismi asosiy qismi hisoblanadi va 1 tadan 8 tagacha belgidan iborat bo'ladi. Fayl nomining ikkinchi qismi kengaytma deyiladi va 1 tadan 3 tagacha belgidan iborat bo'ladi. Fayl nomining asosiy qismi kengaytmadan nuqta bilan ajratiladi. Masalan: сommand.com autoexec.bat ma'ruza.txt hisobot1.doc Faylga nom berishda faqat lotin harflaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Fayl nomida kengaytma bo'lishi shart emas. Lekin kengaytma qoidaga ko'ra, faylning qaysi turda ekanligini aks ettiradi va shu bilan foydalanuvchiga qulaylik yaratadi. Masalan: .com va .exe ishlatishga tayyor buyruqli va bajariladigan faylar; .bat - foydalanuvchi yaratgan buyruq fayllar; .bak - faylning o'zgarishdan avvalgi nusxasi; .txt - matnli fayl; .doc - matnli, hujjatli fayl; .bas - Beysik tilida to'zilgan dastur fayli; .jpg va bmp, gif va xakozo- grafik va tasvirli fayllar; .pas - Paskal tilidagi dasturli fayl. Kataloglar Fayl nomlari magnit disketalarda katalog ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:04:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.96 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:04 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.96 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:18 ]
Arxiv ichida: doc