Operatsion tizimlari. Fayl va fayllar tizimi Reja: 1.Fayllarning asosiy xususiyatlari. 2.Berilganlarni himoyalash. 3.Fayllar tizimining asosiy xususiyatlari. Kalit so'zlar. Fayl Fayllar tizimi Fayl ko'rsatkichi Shaxsiylashtirish Operatsion tizim Uzluksiz segmentli fayllar Blokli tashkil etilgan fayllar tizimi Ierarxik fayllar tizimi Biz avval aytib utganimizdek, xar bir operatsion tizim jarayon deb ataluvchi tushunchaga ega. Yana ikkinchi bir tushuncha xam borki, u xam juda muhim bo'lib -bu fayldir. Fayl tizimi - bu operatsion tizim komponentasi bo'lib, nomlangan berilganlar to'plamiga murojaatni, tashkil etish va saqlash ni taminlovchidir.Berilganlarning nomlangan to'plami fayllar deb ataladi. 1.Fayllarning asosiy xususiyatlari. 1. Fayl -bu ismga ega obyekt bo'lib, shu ism orqali faylni ichidagi ma'lumotlar bilan ishlovchi obyektdir. Ism bu belgilar ketma-ketligi bo'lib, uning uzunligi aniq operatsion tizim turiga bog'liqdir. 2. Faylni joylashishiga bog'liq emasligi. aniq bir fayl bilan ishlash uchun u faylning tashqi qurilmadagi joylashishini bilish talab kilinmaydi. 3. Kirishchiqish funksiyalari to'plami. Xar bir operatsion tizim fayllar bilan ma'lumot almashinuvni taminlovchi funksiyalar to'plamiga ega. Bu funksiyalar to'plami kuyidagilardan tashkil topadi: Fayl ish uchun ochilgan. Yoki mavjud yoki yangi faylni ochish mumkin. Shunday savol tug'ilishi mumkin. - nima uchun faylni ochish kerak? Nima uchun birdaniga fayldan o'qish va faylga yozish mumkin emas? Xakikatda, bu operatsion tizimga fayl aniq jarayon bilan ishlashini markaziy ravishda elon qilish vositasidir. U esa ushbu ma'lumotlarga asosan qandaydir yechim kabul qilishi mumkin. (masalan, boshqa jarayonlar uchun ushbu faylga murojaatni cheklab kuyishi mumkin.). o'qishyozish. Kupincha fayl bilan ma'lumot almashinuv berilganlar bloki ko'rinishida tashkil etilishi mumkin. Ushbu berilganlar bloki ikki xil xususiyatga ega. Bir tomondan ixtiyoriy hisoblash tizimi uchun berilganlar blokining o'lchami aniq berilgan, yani bular apparat -dastur ulchamlaridir. Ikkinchi tomondan bu berilganlar bloki real almashinuvda dasturchi tomonidan ixtiyoriy ravishda boshqarilishi mumkin. o'qishyozish funksiyalarida kupincha almashinuv uchun berilganlar bloki o'lchami va uqilishi yoki yozilishi kerak bo'lgan berilganlar bloki soni beriladi. Tanlangan berilganlar blokining ulchamidan almashinuvlarning unumdorligi bog'liq, faraz kilaylik bir mashina uchun berilganlar blokining unumdorlik o'lchami 256 Kb bulsa, siz 128 Kb lik almashinuvni amalga oshirmokchi bulsangiz, u holda siz mantikiy bloklarni o'qish uchun ikki marotaba 128 Kb dan murojaat kilasiz. Bu holda siz 256 Kb ni bir martada o'qish o'rniga, bir blokga ikki marotaba murojaat kilasiz va bir safar yarmini, keyingi safar keyingi yarmini ukiysiz. Bu yerda yana bazi bir «unimsizlik» elementlari uchrashi xam mumkin, lekin ularni «aklli» operatsion tizim tekislab yuboradi, agar tekislay olmasa, demak bu sizning xatoyingiz bo'ladi. Fayl ko'rsatkichini boshqarish. Xar bir ochilgan fayl bilan fayl ko'rsatkichi tushunchasi bog'liq. Bu ko'rsatkich komandalarning hisoblagich registri bo'lib, xar bir vaqtda ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:04:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.74 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:04 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.74 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:18 ]
Arxiv ichida: doc