Operatsion tizimlarni ko'rish usullari Reja: Shajaraviy tuzilish. Virtual mashina. Multiprotsessorli tizimlarni tashkil qilish. Ierarxik (shajaraviy) tuzilish. Real OTning ancha qismi shajaraviy tuzilishga ega. Bunday tuzilishga misol quyidagi rasmda keltirilgan: Har bir qatlam (sath) pastki qatlam tomonidan beriladigan funksiyalardan foydalanish mumkin (bu holda pastki qatlam real mashina qismi sifatida qaraladi). 0-sath boshqa holda «o'zak» deb nomlanadi, chunki bu sath bevosita apparatura bilan ish olib boradi. 1 sath 0-sath tomonidan berilgan interfes bilan ishlaydi. Foydalanuvchi programmasi eng eng yuqori sath (3-qatlam) interfeysi bilan ish olib boradi. Har bir sathda shu sathdagi va undan pastdagi funksiyalarga murojaat qilishi mumkin. Bizning misolda 3-qatlamda fayllarni boshqarishda buferni taqsimlash uchun 2-qatlamga murojaat qilishi, o'qish-yozish uchun 1-qatlamga tegishli o'qish-yozish supervizoriga murojaat qila oladi. Barcha qatlamlar 0-qatlamdagi jarayonlarni rejalash va resurslarni boshqarish funksiyalaridan foydalanishi mumkin. Ierarxik OS malum bir afzalliklarga ega. Har bir qatlam o'zidan pastki qatlam tomonidan beriladigan, nisbatan sodda funksiya va interfeyslarnigina ishlatishi mumkin. Programma tuzuvchi uchun u foydalanyotgan funksiyalari qanday amalga oshirganligini bilishi, uning mohiyatiga etishi shart emas. OS 0-qatlamdan boshlab yaratilishi yoki sozlanishi mumkin, yani qatlam bo'yicha yuqoridagi rasmda keltirilgan. OS qatlamlarining funksiyalari joylashuvi qatiy emas. Ayrim OSlarda 1-darajali uzilishlarni qayta ishlovchi (FLIH) 0-qatlamda (o'zakda) joylashgan. Uzilishni boshlang'ich ravishda qayta ishlagandan keyin boshqaruvni yuqori qatlamdan progrrammaga uzatish mumkin. Bu hol yuqori qatlamga murojaatni man qiluvchi qoidadan chetlanishdir. Ierarxik OSlarda pastki qatlamlarga bosqichma-bosqich murojaat qilish qabul qilingan. Ayrim hollarda bu operatsion tizimlarning samaradorlaigini pasayishiga olib keladi. Shu sababali shafof operatsion tizimlarda qatlamdan pastki qatlamlarga to'g'ridan-to'g'ri murojaatga ruxsat berilgan. Virtual mashina. Foydalanuvchilarning har biri o'zini avtonom virtual mashinadadek his qilishi uchun ierarxik OS tushunchasini kengaytirish mumkin. Bu usul turli operatsion tizimni bitta real mashinada bir vaqtda ishlashga imkon beradi. Misol uchun, OS1-multiprogrammalik OS (uchta foydalanuvchi), OS2-bir progammalik OS; OS3-ayni paytda tekshirilayotgan OS. Bulardan tashqari, 5-foydalanuvchi bo'lib, u supervizor rejimida avtonom programma sifatida OS boshqaruvidan tashqarida ishlaydi. Bularning hammasi bitta real mashinada ishlaydi. Biroq ular real mashina bilan emas, balki virtual mashina monitori bilan ishlaydi va ular bir-biriga bog'liq bo'lmaydi. Birorota OS yoki foydalanuvchi tizimga «shikast» etkazsa, bu holat faqat ularning avtonom mashinasiga talluqli bo'ladi, boshqa OSga ta'siri bo'lmaydi. Virtual mashinaning har biri bevosita foydalanuvchi, misol uchun OS1 yoki 5-fydalanuvchi, amalda supervizor rejimida emas, balki foydalanuvchi rejimida ishlaydi. Misol uchun, ular tomonidan imtiyozli buyruqlar (SIO,STI,LPS) bajarishga uringanda, uzilish ro'y beradi va boshqaruv VMMga uzatiladi. U o'z navbatida buyruq bajarilishini «immitatsiya» qiladi va boshqaruvni foydalanuvchiga qaytaradi. VMM real mashina uzilishidan ham aktivlashadi. Uzilish qaysi virutal mashina amal qilishi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:04:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
63.26 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:04 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
63.26 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:18 ]
Arxiv ichida: doc