Operatsion tizimlarning mashinaga bog'liq bo'lmagan xususiyatlari

Operatsion tizimlarning mashinaga bog'liq bo'lmagan xususiyatlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Operatsion tizimlarning mashinaga bog'liq bo'lmagan xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Operatsion tizimlarning mashinaga bog'lik bo'lmagan xususiyatlari Reja: Fayllar bilan ishlash. Topshiriqlarni rejalashtirish. Multiprogrammalik darajasi. Fayllar bilan ishlash. Ko'pgina OSlarda o'qish-yozish so'rov kanal programmalari va SVC so'rov orqali amalga oshiriladi. Bu holda programma tuzuvchi uchun juda ham noqulay, chunki programma tuzuvchisiga kanal buyruqlari, ular frmatlari malum bo'lishi, programma uchun kanal va qurilmalar nomer yozuvlari real adreslari va o'qish-yozishni qanday kechishini kuzatish kerak. OSning fayllarini boshqarish funksiyasi foydalanuvchi programmasi va o'qish-yozish supervizori o'rtasidagi oraliq halqadir. Foydalanuvchi programmasi mantiqiy bosqichda fayl nomi, kalit va boshqa vositalar yordamida «F fayldan navbatdagi yozuv o'qilsin» mazmunida so'rov berishi mumkin. Fayllarni boshqarish programmasi mantiqiy so'rovlarni fizik so'rovlarga o'tkazadi va ularni supervizorga uzatadi. Buning uchun fayllarni boshqarish tizimi fayllar va ularning tuzilishlari haqida ma'lumotlarga ega bo'lishi kerak. Bu ma'lumotlar katalog va fayl ma'lumotlari jadvalidan olinadi. Kataloglarda faylning mantiqiy nomi bilan uning amalda joylashgan fizik o'rni bilan bog'lanish o'rnatadi va fayllar haqida boshqa umumiy ma'lumotlar bo'ladi. O'qish-yozish boshlanishidan oldin tizim fayllar ma'lumot jadvalidan fayl adresini aniqlaydi. Bundan tashqari tizim fayl bloklarini yozish uchun buferlar yaratishi mumkin. Bu amalga (protseduraga) faylarni ochish deyiladi. Fayl bilan ish tugagandan so'ng bufer va boshqa ishchi sahifalarga ko'rsatgich yo'qoladi. Bu amalga falni yopilishi deyiladi. Fayllarni boshqarish muhim funksiyasidan biri o'qiladigan va yoziladigan fayllarni avtomatik ravishda buferlash va bloklarga birlashtirishdir. O'qish-yozish uchun fayllarni boshqarish programmasidan foydalanish quyidagi rasmda ko'rsatilgan. Faraz qilinadiki, foydalanuvchi programmasi faylning boshidan oxirigacha ketma-ket o'qiydi. Mantiqiy fayl 1024 baytli yozuvdan iborat, amalda esa fayl 8129 baytli bloklardan tashkil topgan bo'lib, har bir blok 8 ta yozuvdan iborat bo'ladi. Berilganlarni bloklarga birlashtirish operatsion tizimlar tomonidan qayta ishlash va xotiradan yutish maqsadida amalga oshiriladi. Yuqoridagi rasmda fayl ochilgan foydalanuvchi programmasi yozuvni o'qish uchun birinchi so'rovni bergandagi holat ko'rsatilgan. Bunda OC buferga V1 blokni o'qishga buyruq bergan va bu jarayon tugashini kutayotgan paytda. V1 blok o'qilgach va OC foydalanuvchi programmasiga yozuvni o'qish uchun ko'rsatgich programmasi navbatdagi yozuvni o'qishga so'rov berganda o'qish-yozish uchun biror bir amal qilish kerak emas. Faqat OC R ko'rsatgichni 2-yozuvga to'g'irlab qo'yadi. Foydalanuvchi programmasida 9-yozuvga o'qish bo'lganda OC V2 buferga 2 blokni o'qiydi va ko'rsatgichni 9 yozuvga to'g'irlab qo'yadi. Bunday usulga juftli buferlash usuli deyiladi. Topshiriqlarni rejalashtirish. Multiprogrammalik OCda ikki bosqichli rejalashtirishga amal qiladi: tizimga tushgan topshiriqlar kiruvchi topshiriqlar navbatiga qo'yiladi va keyinchalik ular topshiriqlar rejalashtiruvchisi tomonidan tanlanadi. Tanlangan topshiriqlar aktiv bo'ladi: ular jarayonlarni rejalashtirish amalida ishtirok eta boshlaydi. Agar markaziy protsessor va boshqa resurslarda bo'sh qolish holati yuzaga kelsa, topshiriqlar rejalashtiruvchisi navbatdagi topshriqlarni aktivlashtirish mumkin va EHMdan foydalanish samaradorligi oshiriladi. Biroq ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.21 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.21 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga