Operatsion sistemani o'rganish va ular ustida amallar bajarish Operatsion muhit Amaliy dasturlarni ishlab chiqish va ular bajarilishini ta'minlaydigan vositalar majmuasi. Operatsion muhit operatsion tizim, dasturiy ta'minot, amaliy dasturlar interfeyslari, tarmoq xizmatlari, ma'lumotlar bazalari va dasturlash tillaridan iborat. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalariga: - fayl tizimini boshqarish (yozish, o'zgartish, fayllardan nusxa ko'chirish, erkin foydalanishni nazorat qilish); - dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni diskdan tezkor xotiraga yuklash, yashirin xavfli ta'sirni tutib olish va h.q.); - xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, ma'lumotlar butligi nazorati va h.k.); - foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichqonchadan buyruqlarni o'qish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va h.k.) kiradi. Operatsion tizim OT funksiyalari. OT -bu boshqaruv dasturidir. OT bu komp'yuterning fizik va dasturiy resurslarini taqsimlash va ularni boshqarish uchun ishlatiladigan dastur. Komp'yuter resurslari ikki xil bo'ladi: fizik va dasturiy. Fizik resurslar bu: - xotira - vinchester - monitor - tashqi qurilma. Dasturiy resurslar bu: - kiritish va chiqarishni boshqaruvchi dasturlar - komp'yuter ishlashini ta'minlaydigan boshqaruvchi dasturlar - berilganlarni tahlil qiluvchi dasturlar - drayverlar - virtual ichki va tashqi xotirani tashkil qiluvchi va boshqaruvchi dasturlar. Dasturlash tizimi Dasturlash tizimi -bu dasturlash tillari va ularga most il protsessorlari majmuasidan iborat bo'lib, dasturlarga ishlov berish va sozlashni ta'minlovchi dasturlar to'plamidan iborat. Dasturlash tizimining tashkil qiluvchi dasturlar to'plami singari OT boshqaruvi ostida ishlaydi. Komp'yuter resurslari OT boshqaruvi ostida bo'ladi. OT ga ehtiyoj resurslar taqsimoti va ularni boshqarish masalasi zaruriyatidan kelib chiqadi. OT lardan quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi talab qilinadi: 1. Ishonchlilik. OT o'z ishlayotgan qurilmalar bilan birga ishonchli bo'lishi kerak. OT foydalanuvchining aybi bilan vujudga kelgan xatoni aniqlashi, tahlil qilishi va tiklash imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. 2.himoya. OT bajarilayotgan masalalarning o'zaro bir-biriga beradigan ta'siridan himoyalash kerak. 3. Bashorat. OT foydalanuvchi so'roviga bashoratchilik bilan javob berishi kerak. 4. Qulaylilik. Foydalanuvchiga OT ni taklif qilishdan maqsad resurslarni aniqlash va bu resurslarni boshqarish masalalarini yechishdan ozod qilishdir. Tizimni inson psixologiyasini hisobga olgan holda loyihalash kerak. 5. Effektivlik. Resurlar taqsimotida OT foydalanuvchi uchun maksimal holda sistema resurslaridan foydalanish darajasini oshirish kerak. Resurslarning OT tomonidan band qilinishi foydalanuvchi imkoniyatlarini kamaytirishga olib keladi. 6. Moslashuvchanlik. Sistema amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi mumkin. Resurslar majmuasi OT effektivligi va samaradorligini oshirish maqsadida ko'paytirishi yoki kamaytirilishi mumkin. 7. Kengaytiruvchanlik. OT ga Yangi fizik va dasturiy resurslar qo'shilishi mumkinligi. 8. Aniqlik. Foydalanuvchi sistema haqida qancha bilgisi kelsa shuncha bilish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. OT foydalanuvchini resurslar taqsimotidan ozod qilib komp'yuterni uch xil rejimda ishlashini ta'minlash mumkin: bir dasturli, ko'p dasturli, ko'p masalali. 9. Bir dasturli rejim ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:04:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
117.01 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:18
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:04 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
117.01 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:18 ]
Arxiv ichida: pptx