Operatsion sistemani tashkil etuvchi dasturlar va qobiq-dasturlar 8-sinf Informatika va hisoblash texnikasi asoslari 11-mavzu Operatsion sistemalar kompyuter dasturlari orasida eng murakkabi bo'libgina qolmay, ular kompyuterni nafaqat amalda ish bajarishga, balki o'zi bajarayotgan ishlarni ham nazorat qilishga majbur etadi. Company Logo Mazkur dasturlar bizning vazifalarimizni bajarish uchun emas, balki bizning ko'rsatmalarimizni bajarishda kompyuter qurilmalarida biror kamchilik yoki muammoning yuzaga kelmasligi uchun ishlab chiqariladi va qo'llaniladi. Company Logo Operatsion sistema tarkibi, asosan, quyidagi 3 guruhdan iborat: Vazifalarni rejalashtiruvchi qismni, qurilmalar drayverlarini, xotirani va fayl sistemasini boshqarish dasturini o'z ichiga olgan operatsion sistema o'zagi (rus. ing. kernel); Sistema kutubxonasi; Utilitlar qobig'i. Company Logo Operatsion sistemaning o'zagi, asosan, quyidagi dasturlardan iborat bo'ladi: - uzilishlarni tahlil qilish moduli; - jarayonlarni hosil qilish va o'chirish; - jarayonlarni bir holatdan boshqasiga o'tkazish; - jarayonlarni muvofiqlashtirish; - kiritish-chiqarish amallarini boshqarish; - xotirani taqsimlash va qayta taqsimlash; - fayl sistemasi ishini boshqarish; - ishlarni hisobga olish va boshqalar. Company Logo Operatsion sistemaning ichki va tashqi buyruqlari. Company Logo Foydalanuvchi va kompyuter orasidagi muloqot foydalanuvchi tomonidan operatsion sistemaga ketma-ket beriladigan buyruqlar va ko'rsatmalar asosida tashkil etiladi. Bu buyruqlar operatsion sistema tushunadigan til va shaklda bo'lishi kerak. Har bir buyruq o'z nomiga ega. Buyruqlar nomlaridan tashqari turli o'lchamlar hamda kalitlarga ega bo'lishi mumkin. Company Logo Buyruq nomini klaviatura yordamida yozib, ENTER tugmasini bosish bilan buyruqni kompyuter tomonidan bajarilishiga uzatish ishi tugallanadi. Operatsion sistema buyruqlari disklarni ishga tayyorlash, magnit disklaridagi axborotlarni ko'chirish, o'chirish, monitorning ishlash holatini o'zgartirish, matnlarni displeyga yoki chop etish qurilmasiga yuborish kabi vazifalarni bajaradi. Company Logo Magnit disk Qobiq-dastur - operatsion sistema boshqaruvida ishga tushiriladigan va foydalanuvchiga shu operatsion sistema bilan ishlashga ko'maklashadigan dasturdir. Company Logo Eng birinchi ommalashgan qobiq-dasturlardan biri Norton Commander deb nomlanadi. Norton Commander Hozirgi kunda keng tarqalgan Windows Commander, Total Commander, Far manager kabi qobiq-dasturlar Norton Commander dasturining asosiy ish tamoyillarini o'zida saqlab qolgan. Company Logo Norton Commanderdan foydalanuvchi qobiq-dasturni tark etmasdan turib, biror dasturni tuzishi yoki matnni tayyorlashi, ularni tahrirlashi va ishga tushirishi mumkin. Company Logo Qiziqarli ma'lumotlar. Company Logo Bell laboratoriyasi xodimlari Denis Ritchi va Ken Tompsonlar tomonidan ishlab chiqilgan UNIX operatsion tizimi dunyo dasturchilari tan olgan juda kuchli operatsion sistemalardan biri hisoblanadi. TUX Linux operatsion sistemasining emblemasi sifatida Tux (o'qilishi: Tuks) nomli pingvincha qabul qilingan. Ko'plab mamlakatlardagi dasturchilar Linux operatsion sistemasi o'zagi asosida o'zoperatsion tizimlarini ishlab chiqmoqdalar. Company Logo O'zbekistondagi Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo'llab-quvvatlash markazi dasturchilari tomonidan ham birinchi (kirill va lotin grafikasi asosida ishlay oladigan) o'zbek tilidagi operatsion sistemasini ishlab ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:04:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.24 MB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:18
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:04 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.24 MB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:18 ]
Arxiv ichida: pptx