Optik kabellarni osish yo'li bilan yotqizish Reja: Optik kabellarni osish yo'li bilan yotqizish. Turli xil turdagi simyog'ochlarda o'z-o'zini ushlab turuvchi optik kabelni maxkam ushlab turuvchi holat. Optik kabelni po'lat simga maxkamlab osish. Optik kabellarni osish yo'li bilan yotqizish. Optik kabellarni osib yotqizish variantlari boshqa qurilish usullaridan bir qancha afzalliklarga ega: - kabel yotqizilgan yerni ajratmaslik va boshqa tashkilotlar bilan kelishish ishlarining bo'lmasligi; -qurilish ishlarini qisqartirish; -shahardagi qurilish rayonlarida va ishlab chiqarish hududlarida shikastlanish ehtimolligini kamaytirish; - murakkab tuproqli yer hududlarida eksplutatsiya jarayonlarini kamayishi. Tolali-optik aloqa kabellarini osib yotqizishda oldidan o'rnatilgan simyog'ochlardan foydalaniladi va bu bilan esa yotqiziladigan trassani oldindan tayyorlash ishlari talab etilmaydi, shuning uchun bunday texnologiya yerga kabelni yotqizish texnologiyasidan bir muncha oson va sodda. Tolali optik aloqa kabellarni simyog'ochlarga osishda kabelning tolalarida hosil bo'luvchi qo'shimcha butun uzunlik bo'yicha hosil bo'ladigan yuklama 1,5% miqdorda cho'zilish bo'yicha kuchlanganlikdan kam bo'ladi. Hozirgi paytda optik kabellarni turli xil telekommunikatsiya va elektr tarmoqlaridagi sim yog'ochlarga osib yotqizishda quyidagi texnologiyalar keng ravishda qo'llanmoqda: -o'z-o'zini ushlab turuvchi optik kabellarni osish; -tross ichiga o'rnatigan optik kabelni osish; -tashqi ushlab turuvchi elementlarga kabellarni maxkamlab osish; -optik kabelni muhofazalovchi tross ichida moslashtirib osish; -faza simlariga optik kabellarni joylashtirib osish. Bugungi kunda optik kabellarni turli xil kuchlanishlarga ega bo'lgan elektr uzatish liniya sim yog'ochlariga, kontakt tarmoq simyog'ochlariga va temir yo'l transportining avto-blokirovka simyog'ochlariga, hamda shahar tarmoqlarining yerdagi elektr transport simyog'ochlariga va boshqa shunga o'xshash simyog'ochlarga osish usuli keng ravishda qo'llaniladi. Tolali optik aloqa liniya qurilishi uchun kabellarni yuqori voltli elektr uzatish liniyalari va temir yo'l transport simyog'ochlariga osish usulida faqatgina dielektrik o'z-o'zini ushlab turuvchi optik kabellar qo'llaniladi, chunki bunday kabellar ekspluatatsiya jarayonida bir muncha harorat o'zgarishi, shamol tezligi, yog'ingarchilik va vibratsiya ostida bo'ladi, bu esa o'z navbatida osilgan kabellar texnologiyasiga bir muncha ta'sir ko'rsatadi. Bular ichida eng katta ta'sir kabel qobig'iga mexanik ta'sir ko'rsatilib, u optik kabelni cho'zilish, uzilish yuklamasiga ta'sir ko'rsatadi shuningdek optik kabel trassasidagi burilish burchaklariga ham ancha ta'sir ko'rsatadi. Tolali-optik kabellarni osib yotqizish texnologiyasi kabellarni osib-tortish jarayonida keskin ravishda yupqa qoplagan qobig'ini shikastlanishdan muhofazalashi lozim, shikastlanish asosan trassada joylashgan turli xil predmetlarga ishqalanishi hisobiga ro'y beradi. Kabelning tashqi muhofazalovchi qobig'ining shikastlanishi hisobiga ayniqsa shamol hisobiga va yuqori namlik hamda muz parlari hisobiga hosil bo'luvchi qo'shimcha ta'sir manbalaridan shikastlanish yuklamasi oshib boradi. Agar shikastlangan qobiq ichiga qobiq kirlanishi ham ta'sir etsa, u holda quyosh nuri ta'sirlari kir bo'lib qolgan kabel qobig'ining isishiga olib keladi, isish haroratiga kabel ko'nikmagan va bu kabelni tezda eskirishiga olib keladi. Kabel trassasining ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:04:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
193.6 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:04 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
193.6 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:18 ]
Arxiv ichida: doc