Optik tolalarning turlari va tavsiflari Reja: 1. Optik aloqa tizimlarining. Asosiy ta'rif va tushunchalar. Optik aloqa tizimlarining rivojlanish tarixi. Ochiq optik aloqa (OOA) tizimlari va tolali optik aloqa (TOA) tizimlari. 2. Tolali-optik aloqa tizimlariga ehtiyoj. 3. Analog va rakamli signaplar. Kanallarni multipleksorlash. Modulyasiya formatlari. 1. Optik aloqa tizimlarining. Asosiy ta'rif va tushunchalar. Optik aloqa tizimlarining rivojlanish tarixi. Ochiq optik aloqa (OOA) tizimlari va tolali optik aloqa (TOA) tizimlari. Optik aloqa (OA) bu axborot yorug'lik nuri ko'rinishida optik tola bo'ylab yoki ochiq fazo atmosferada uzatiladigan aloqadir. Optik to'lqin va signallar yordamida axborotlarni ma'lum masofalarga uzatishga mo'ljallangan, boshqacha qilib aytganda optik signallarni shakllantirishni, qayta ishlashni, uzatishni ta'minlovchi optik qurilmalar va optik uzatish liniyasi yig'indisiga optik aloqa tizimi (OAT) deb ataladi. Axborot tolali optik uzatish muhiti orqali uzatilsa, tolali optik aloqa (TOA) tizimi, ochiq atmosferada uzatilsa, ochiq optik aloqa (OOA) tizimi deyiladi. Istalgan aloqa tizimining asosiy vazifasi axborotlarni bir punktdan boshqasiga uzatish hisoblanadi. Odatda axborotlarni uzatish mos keluvchi axborot signallari bilan modulyatsiyalangan elektromagnit tebranishlar yordamida amalga oshiriladi. So'ng modulyatsiyalangan signal uzatish muhitida tarqaladi va qabul qiluvchi qurilmaga tushadi. Qabul qilgichda signal demodulyatsiyalanadi va axborotlar ajratib olinadi. Aloqa tizimlari ko'pincha elektromagnit tebranishlar, tashuvchi chastota signallari egallagan diapazon bilan tasniflanadi (1-rasm). Spektral diapazonga mos holda radiodiapazon, o'ta yuqori chastota, millimetrli va optik diapazon tizimlari farqlanadi. Optik aloqa tizimlarida tashuvchi chastota tebranishlari spektrning optik diapazonini egallaydi. Optik diapazon 5 TGts (100 mm) dan boshlanib, unga infraqizil, ko'rinuvchi va ultrabinafsha diapazonlar kiradi. Infraqizil diapazon 3*1012 dan 4*1014 Gts doirasida joylashib, 100-0,75 mkm to'lqin uzunligiga mos keladi. Ko'rinuvchi spektr 4*1014 dan 0,75*1015 Gts (0,75-0,4 mkm) sohani egallaydi. Demak inson ko'zi 0,4-0,75 mkm spektrdagi nurlarga sezgir. Quyosh spektri 0,3 dan 1,5 mkm diapazonda joylashadi. Tashuvchi chastotaning oshishi aloqa tizimining o'tkazish polosasini oshiradi. OOA tizimlarida nurlanish manbalari elektromagnit to'lqinlarni ochiq fazoga nurlantiradi, bunda nurlanishni tarqalish yo'nalishi faqatgina antennaning yo'nalish diagrammasi bilan aniqlanadi. OOA tizimlarining uzatuvchi muhiti o'z navbatida uch turga bo'linadi: atmosfera, kosmik va suv osti aloqa muhitlari. Atmosfera OOA tizimlarida to'lqinlarni tarqalish xarakteristikasi yetarli darajada ob-havo sharoitlariga bog'liq. Atmosfera va suv osti uzatish muhitlarining fizik bir turda emasligi va ularning tarkibidagi begona zarrachalarni uzatilayotgan nurlanish to'lqini bilan o'zaro ta'sirda bo'lishidan elektromagnit to'lqinlar buziladi. Zarracha o'lchamlarining to'lqin uzunligi bilan taqqoslanadigan darajada yoki katta bo'lishi buzilishlarni oshiradi. Shu sababli atmosfera buzilishlari optik diapazonda turli xarakterga ega. Shu tarzda uzatish muhitlarini tahlil qilish, aloqa tizimlarini loyihalashtirishda yuzaga keladigan eng muhim masala hisoblanadi. To'lqinlarni tarqalish yo'nalishiga tushib qoladigan zarrachalar asosan optik nurlanishni yutadi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:08:04
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
124.7 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:18
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:08 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
124.7 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:18 ]
Arxiv ichida: docx