O'quv jarayonida elektron darsliklardan foydalanish va ularning ahamiyati ajratilgan vaqt Mashg'ulotning texnologik xaritasi Elektron darslikning ta'lim berishga mo'ljallangan qismida o'quv materiallarini taqdim etganda uning o'quvchilar tomonidan tushunish darajasiga alohida etibor berish kerak. Taqdim etilayotgan o'quv materiallari ta'lim oluvchilar uchun sodda, qulay, ko'rgazmali va yaxshi o'zlashtirish uchun izohli ma'lumotlar tavsiya etilgan bo'lishi, shuningdek, o'quv materiallarida kerakli ta'riflar, tayanch iboralar, kalit so'zlarga murojaat qilishda qo'shimcha imkoniyatlar yaratilishi lozim. Mustaqil ta'lim uchun yaratiladigan elektron darsliklarga quyidagi talablar qo'yiladi: - fan mazmuni davlat ta'lim standartlari va o'quv maqsadlariga mos kelishi; - mustaqil ta'lim olishni ta'minlashi; - fan bo'yicha etarli miqdorda ma'lumotlarni o'zida jamlashi; - fan bo'yicha mashq va masalalar bilan ta'minlashi; - boshqa fanlar bilan o'zaro bog'lanishi; - o'z-o'zini baholash va nazorat qilish va boshqalar. Elektron darsliklar yaratish murakkab jarayon bo'lib, ularni yaratishga bir qancha turli yo'nalishdagi mutaxassislar jalb qilinadi. Ularga fan o'qituvchilari, psixologlar, dasturchilar, dizaynerlar, kompyuter grafikasi ustalari kabilarni keltirish mumkin. Shuningdek, elektron darsliklar o'quv materiallarini yaratishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning yutuqlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Elektron darsliklar ta'lim oluvchilarning mustaqil tayyorgarlik ko'nikmalarini rivojlantirishga, o'zlashtirilgan bilimlarni amaliyot bilan bog'lashga, ta'lim-tarbiyani o'zaro bog'lashga, o'zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi. ta'lim tizimiga axborot texnologiyalarini qo'llashda mavjud gipermatn, gipermedia, grafika, animatsiya va ovoz dasturlarining mavjudligi katta samara bermoqda. Chet ellar va Respublikamizda to'plangan tajribalar tahlil qilinganda axborot texnologiyalarining pedagogik dasturiy vositalari o'qitishda yangi vositalar sifatida o'quv jarayonini jadallashtirish uchun keng imkoniyatlarga ega bo'lib, an'anaviy o'qitish vositalaridan keskin farq qiladi. Uzluksiz ta'lim tizimi uchun o'quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish konsepsiyasiga amal qilgan holda axborot texnologiyalari asosida ishlab chiqilayotgan elektron darslikning strtukturasi quyidagi elementlarni o'zida ifoda etishi lozim: muqova; mundarija; qisqacha annotatsiyasi; elektron darslikning to'liq bayoni; elektron darslikning qisqacha bayoni(masalan, sxemalar ko'rinishida); asosiy adabiyotlar va qo'shimcha adabiyotlar ro'yhati; bilimlarni nazorat qilish mexanizmi; matn fragmenti bo'yicha izlash amalini bajarish; mualliflar ro'yhati va ular haqida ma'lumot; atamalar ro'yhati; elektron darslik bilan ishlash uchun ma'lumotlar tizimi. Elektron darslikning muqovasi imkoniyat darajasida chiroyli bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Buning uchun uni grafika va multimedia, animatsiya kabi elementlar bilan uni boyitish zarur. Elektron darslikning muqovasida darslikning nomi, yuqori tashkilot haqida ma'lumot (masalan, vazirlik), mualliflik huquqi, yaratilgan vaqti, elektron darslikni yaratgan tashkilotning nomi, mualliflari haqida qisqacha ma'lumot olish imkoniyati mavjud bo'lishi kerak. Bu ma'lumotlarning malum bir qismi (mualliflar haqida ma'lumot, elektron darslikni yaratgan tashkilot, mualliflik huquqi kabilar) maxsus tugmalar yordamida amalga oshiriladi. Mundarija elektron darslikning juda muhim tarkibiy elementi hisoblanadi. Mundarija bir tomondan etarli darajada mavzular ketma-ketligini saqlab, kerakli mavzularga tezkor ravishda murojaat qilishni ta'minlay oladigan darajada, yani gipermurojaatlar ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:08:04
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.31 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:08 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.31 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:15 ]
Arxiv ichida: doc