Orgtexnikada komputer tizimlarining tutgan o'rni Shaxsiy Kompyuter (SHK)ning tashqi qurilmalari - har qanday hisoblash kompleksining muhim tarkibiy qismidir, shuni aytish etarliki, tashqi qurilmalar, butun SHK narxining 80 - 85 % ini tashkil еtadi. SHK ning tashqi qurilmalari, mashinani tashqi muxit: foydalanuvchilar, boshqarish ob'ektlari va boshqa ЕHMlar bilan o'zaro ishini ta'minlaydi. Tashqi qurilmalarga quyidagilar kiradi: Tashqi еslab qolish qurilmalari (TЕQQ) yoki SHK ning tashqi xotirasi; foydalanuvchining muloqat vositalari; ma'lumotlarni kiritish qurilmalari; ma'lumotlarni chiqarish qurilmalari; aloqa va telekommunikatsiya vositalari. Ma'lumotlarni chiqarish qurilmalariga quyidagilar kiradi: printerlar - ma'lumotni qog'ozli tashuvchida qayd еtish uchun yozuvchi qurilma; grafik ko'ruvchilar (plotterlar) - grafik ma'lumotni (grafiklar, chizmalar, rasmlar) SHK dan qog'ozdagi tashuvchiga chiqarish uchun. Aloqa va telekommunikatsiya qurilmalari priborlar va avtomatlashtirishning boshqa vositalari bilan (interfeyslar moslashtiruvchilari, adapterlar, raqamli-analog va analog-raqamli o'zgartirgichlar va sh.o'.) aloqa qilish uchun va SHK ni aloqa kanallariga, boshqa ЕHM va hisoblash tarmoqlariga (tarmoqli interfeysli plata, ulanishlar, qiymatlarni uzatish multipleksorlari, modemlar) ulash uchun ishlatiladi. Multimedia (multimedia - ko'p vositalilik) vositasi - bu apparat va dastur vositalari to'plani bo'lib, u odamga kompyuter bilan o'zi uchun tabiiy bo'lgan turli xil muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va b. ishlatib, muloqot qilishni ta'minlaydi. Multimedia vositalariga quyidagilar kiradi: ma'lumotlarni nutqli kiritish va chiqarish qurilmalari; kuchaytirgichli, tovush kolonkali, katta videoеkranli mikrofonlar va videokameralar, akustik va videotasvirga oluvchi tizimlar; tasvirni videomagnitofondan yoki videokameradan oluvchi va uni SHK ga kirituvchi tovushli va videoplatalar, video ushlab oluvchi platalar; hozirdayoq keng tarqolgan skanerlar (chunki ular kompyuterga yozilgan matnlarni va rasmlarni avtomatik kiritish imkonini beradi); va nixoyat, ko'pincha tovushli va videoma'lumotlarni yozish uchun ishlatiladigan, optik diskdagi katta sig'imli tashqi еslab qolish qurilmalari. MULTIMEDIA VOSITALARI Multimedia - bu kompyuter texnologiyasining turli xil fizik ko'rinishta еga bo'lgan (matn, grafika, rasm, tovush, animaciya (xayvonlar tasviri), video va sh.o'.) va turli xil tashuvchilarda mavjud bo'lgan (magnit va optik disklar, audio- va video-lentalar va h.k.) axborotdan foydalanish bilan bog'liq soxasidir. Multimedia (multimedia - ko'p muxitlilik) vositalari bu apparat va dasturlar to'plami bo'lib, u insonga o'zi uchun tabiiy bo'lgan juda turli-tuman muxitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animaciya va b. ishlatgan holda kompyuter bilan muloqot qilish imkonini beradi. Multimedia foydalanuvchiga fantastik dunyoni (virtual haqiqiy) yaratishda juda ajoyib imkoniyatlarni yaratib beradi, bunda foydalanuvchi chekkadagi sust kuzatuvchi rolini bajarmasdan, balki u erda avj olayotgan xodisalarda faol ishtirok еtadi; shu bilan birga muloqat foydalanuvchi uchun odatlangan tilda - birinchi navbatda tovushli va videoobrazlar tilida bo'lib o'tadi. Multimedia vositalari ga quyidagilar kiradi: ma'lumotlarni audio - (nutqli) va videokiritish ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:08:04
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
655.14 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:19
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:08 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
655.14 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:19 ]
Arxiv ichida: pptx