O'rnatiluvchi dasturlar yaratish

O'rnatiluvchi dasturlar yaratish

O'quvchilarga / Informatika va AT
O'rnatiluvchi dasturlar yaratish - rasmi

Material tavsifi

O'rnatiluvchi dasturlar yaratish Reja: 1. O'rnatiluvchi dastur yaratish maqsadi va vazifasi 2. InstallShield® Express™ dasturi bilan tanishish O'rnatiluvchi dastur yaratish maqsadi va vazifasi Zamonaviy dasturlar disketlarda, CD yoki DVD-disklarda joylashgan bo'ladi. Dasturni o'rnatish jarayonlarini, yani, kerakli kataloglarni yaratish va unga mos ishchi fayllarni hamda ma'lumotlarni o'zida saqlovchi fayllarni joylashtirish ko'pgina foydalanuvchilar uchun qiyinchilik tug'diradi. Shuning uchun, amaliy dasturlarni kompyuterga o'rnatishda maxsus dasturlardan foydalaniladi. Bu dasturlar o'rnatiluvchi dasturlar deb nomlanadi. O'rnatiluvchi dasturlar boshqa dasturlar singari yaratilishi mumkin. Lekin bu juda ham murakkab jarayon hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, o'rnatiluvchi dasturlarni yaratuvchi maxsus dasturlar tuzilgan bo'lib, u yordamida dasturchi xech qanday kod yozmasdan o'rnatiluvchi dastur yaratishi mumkin. Bunday dasturlar ko'p dasturlarni keltirish mumkin. Bulardan eng sodda va qulayi bo'lgan InstallShield® Express™ dasturi bilan ishlashni o'rganamiz. InstallShield® Express™ dasturi bilan tanishish InstallShield® Express™ dasturi Borland firmasi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, o'rnatiluvchi dasturlar yaratishda anchagina qulayliklarni beradi. O'rnatiluvchi dasturlar yaratish uchun dasturning o'zi tayyor holga keltirilgan bo'lishi kerak bo'ladi. Dastur tayyor holatga keltirilganidan so'ng unga kerakli bo'lgan qo'shimcha fayllarni ko'zdan kechirgan holda, o'rnatiluvchi dastur yaratish boshlanadi. Eslatma: InstallShield Express utiliti Borland firmasi paketining ichida joylashgan bo'ladi. Uni o'rnatish uchun Delphini o'rnatuvchi dasturni ishga tushiriladi va hosil bo'lgan Delphi Setup Launcher muloqot oynasidan InstallShield Express Custom Edition for Delphi buyrug'i tanlanadi. O'rnatiluvchi dastur yaratish uchun InstallShield Express ni ishga tushiriladi. Hosil bo'lgan Welcome muloqot oynasidan Create a New Setup Project (yangi proyekt yaratish) ni tanlab, OK tugmasi bosiladi (9.2.1-rasm). Hosil bo'lgan New Project muloqot oynasidan proyekt haqida ma'lumotlar kiritiladi (9.2.2-rasm): Project Name-proyektning nomi; New Subdirectory-maydoniga katalog nomi, InstallShield Express dasturi ushbu katalokka barcha yaratiluvchi fayllarni joylashtiradi. Directory va Drive ro'yxatdan foydalanib proyekt katalogini qaerga joylashishini ko'rsatish mumkin. Create tugmasi bosilgandan so'ng o'rnatiluvchi dastur yaratuvchi proyekt oynasi ochiladi. Bu yerda yaratilayotgan o'rnatuvchi dastur parametrlarini aniqlovchi buyruqlar ketma-ketligi joylashgan. O'rnatiluvchi dasturni sozlash buyruqlari guruhlarga ajritilgan (guruh sarlavhasi qalin xarflar bilan ajratilgan). Buyruqni tanlash uchun sichqonchaning chap tugmasini buyruq satrida chertish etarli. Natijada buyruqning muloqot oynasi ochiladi. Set the Visual Design guruh buyruqlari o'rnatiluvchi ilova to'g'risidagi umumiy ma'lumotlarni berish va o'rnatuvchi dasturning bosh oyna ko'rinishini belgilash imkonini beradi. Application Information buyrug'ni tanlash bilan App Info sahifasi oynasi ochiladi (9.2.3-rasm). Bu yerda ilova nomi, bajariluvchi fayl va katalog nomi ko'rsatiladi. Sahifaning bazi maydonlari avtomatik to'ldirilganligiga etibor qilish lozim. InstallShield Express dasturi ilova nomi (Application Name) va ilova katalogi nomi (Default Destination Directory) sifatida proyekt nomidan foydalanishni taklif qiladi (dasturchi boshqa nom berishi ham mumkin). Default Destination Directory maydoniga etibor ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 95.67 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 95.67 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga