Oxirgi miliya muammosi. Muammoni hal etishda raqamli abonent liniyalarini qurish texnologiyasidan foydalanish

Oxirgi miliya muammosi. Muammoni hal etishda raqamli abonent liniyalarini qurish texnologiyasidan foydalanish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Oxirgi miliya muammosi. Muammoni hal etishda raqamli abonent liniyalarini qurish texnologiyasidan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Oxirgi miliya muammosi. Muammoni xal etishda raqamli abonent liniyalarini qurish texnologiyasidan foydalanish Reja: Abonent tarmoqlarida yuzaga keluvchi muammolar Yuqori tezlikli abonent tarmoqlarini tashkil qilish Abonent tarmoqlarida xDSL texnologiyasini qo'llash xDSL texnologiyasining turlari Raqamli assimetrik abonent liniyasini tashkil qilish Abonent tarmoqlarida yuzaga keluvchi muammolar Malumki bugungi kunda mavjud teekommunikatsiya tarmoqlaning eng muammoli qismi bu abonent kirish tarmoqlaridir. Chunki o'rama juft o'tkazgichli kabellar (TPP 600x2, 100x2, 50x2) asosida qurilgan analogli abonent liniyalari o'tkazish qobiliyatining pastligi va sifatining yomonligi bugungi kunda ishlab chiqilayotgan yangi telekommunmkatsiya xizmatlarini abonentlarga taqdim qilishga to'sqinlik qiladi. «Oxirgi milya» va tarmoqni qayta qurish muammolar asosan quydagilar bilan bog'liq[5]: uncha katta bo'lmagan analog ATS larning sonini ko'pligi, liniyalarning etmasligi, yangi liniya yotqazish uchun kanalizatsiyaning yetishmasligi, eski liniyalar bo'yicha xizmat sifatining patsligi, qurilishga ketadigan va tarmoqdan foydalanishga ketadigan sarf xarajatning ko'pligi; tarmoqdan tushadigan mablag'ning kamligi. Bu asosan ATS xizmatlarining kamligi, narxi yuqoriligi va yangi xizmatlarni kiritishni texnik murakkabligi, qarzdorlik muammolari bilan bog'liq; texnikadan foydalanishning murakkabligi va narxining yuqoriligi. Bu asosan qurilmalarning tez-tez buzilishi va liniyalardagi avariyalar, ekspluatatsiya uchun sarf-xarajatning ko'pligi, qurilmalarning va liniya vositalarini ta'mirlash, xaq to'lamaslik va qarzdorlik muammolari bilan bog'liq; tarmoqda qo'llaniladigan operatorlarning infratsrukturasini optimal emasligi; Yuqoridagi kamchilik va muammolvrni quydagicha xal qilish mumkin: optik tolali tarmoqlarni qurish va undan foydalanish; mavjud bo'lgan mis sim juftliklaridan foydalanish. Optik tolali aloqa liniyalarining kirib kelishi, sinxron raqamli ierarxiya (SDH) uzatish tizimlarini keng tadbiq etilishi, yaqin kelajakda abonent liniyalarini shu qurilmalar asosida tuzilishiga olib keladi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida optik tolali tarmoqlarni qurish iqtisodiy qimmatga tushadi, ayniqsa abonent liniyalarini. Oxirgi variant yuqori iqtisodiy samaradorlikni beradi. Bunday liniyalardan foydalanganda xDSL texnoloniyalarini qo'llash maqsadga muvofiqdir va bunday liniyalardan yana ko'p yillar foydalanish mumkin. Shu sababli mavjud liniyalar qoldirilib, ularda yuqori tezlikli xDSL, texnologiyasining siflariga asoslangan raqamli uzatish tizimlarini qo'llash imkoniyatlari yaratildi. Yuqori tezlikli abonent tarmoqlarini tashkil qilish Millionlagan mayda biznes egalari va xususiy abonentlar uchun ko'p yillar mobaynida yuqori tezlikli ma'lumotlarni uzatish iqtisodiy tomondan qimmatga tushganligi tufayli keng tarqalmadi va optik tolali liniyalari bilan ta'minlash imkoniga ega bo'lmadi. Shunga qaramasdan bunday abonent guruhlarining raqamli uzatish texnikasiga bo'lgan talab oshib bordi va bormoqda. Oxirgi vaqtgacha ma'lumotlarni uzatish uchun umumiy qo'llaniladigan telefon tarmoqlarining liniyalaridan foydalanishga to'g'ri keldi. Bunday muammolarni xal qilishda xDSL (Digital Subseriver Line -raqamli abonent liniyasi) eng asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Hozirgi telefon aloqasini ta'minlashga mo'ljallangan mis abonent liniyalari, ovozli, yuqori tezlikli ma'lumotlarni uzatish, shuningdek boshqa kommutatsion xizmatlarni ta'minlash qobilyatiga ega. Ishni qo'llab quvvatlovchi bunday tarmoqlar nafaqat zamonaviy mos keluvchi qurilmani, balki kabelli abonent ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 50 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 50 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga