Oynalar bilan ishlash WINDOWS tizimi nega aynan shunday deb atalganligini zukko o'quvchi dastur bilan dastlabki ish paytidayoq payqagan bo'lsa kerak. Bu tizimda ishlash jarayonida kompyuter foydalanuvchi bilan oynalar yordamida muloqot yuritadi. Masalan. Ilovalar oyna ko'rinishida namoyon bo'ladi. Demak, oyna WINDOWSning asosiy ob'yekti ekan. Oynaning bir necha turlari mavjud: jildlar(papkalar) oynasi, muloqot oynasi, ilovalar oynasi, ma'lumotlar tizimi oynasi. Jildlar oynasi hujjatlar va ilovalarni izlash, tanlash va yuklash uchun ishlatiladi. Jildlar oynasi WINDOWSning boshqa ob'yektlari znachoklari va oynani boshqarish elementlarini o'z ichiga oladi. Ilovalar oynasi asosan hujjatlar bilan ishlashda qo'llaniladi. Bu oynalar ilovalarga hujjat sifatida yuklatilgan axborotni va ilovalarni boshqarish elementlarini o'z ichiga oladi, Muloqot oynasi faqat boshqarish elementlarini o'z ichiga olishi bilan boshqa oynalardan farq qiladi. Ular yordamida operatsion tizim va uning ilovalarini boshqarish mumkin. Ma'lumotlar tizimi oynasi operatsion tizim va ilovalar ishi haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Endi jildlar oynasining asosiy qismlarini aniqlashtirib olamiz. Buni «Koрзина» (Savat) oynasi misolida ko'rib chiqamiz. Birinchi qator (aksariyat hollarda bu ko'k rangdagi qator) - oyna nomidir. Agarda shu qatordagi Ilovaning rasmchasiga bosilsa, oyna joylanishini va o'lchovlarini belgilovchi buyruqlar ro'yxati paydo bo'ladi. O'ng yuqori burchakda uchta tugmacha mavjud: Birinchisi - «Свернуть» (Yig'ib olish). U Ilova oynasining masalalar panelidagi to'rtburchak tugmacha shaklida (darchadek) yig'ib oladi. Sichqoncha tugmachasini «darcha» ustida bir marta bosish oynaning oldingi o'lchovi va joylashishini tiklaydi. (Bu to'rtburchak tugmachalar barcha minimallashtirilgan oynalar ko'rinishi uchun uning o'lchovini avtomatik ravishda o'zgartiradi). Ikkinchisi - «Развернуть» (Yоyish), U Ilova oynasini butun ekranga (yoki hujjat oynasini butun ilova oynasiga) yoyib tashlaydi. SHunga ahamiyat berish kerakki, Masalalar paneli oyna maksimallashtirilgan holda ham ko'rinib turadi. Sichqoncha «Развернуть» (Yоyish) piktogrammasi ustida bosilgandan keyin uning o'rnida boshqa ikki kvadratlik piktogramma paydo bo'ladi. Hosil bo'lgan piktogrammaning ustida sichqoncha bosilsa, oyna oldingi holatiga qaytadi. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:08:04
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.3 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:08 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.3 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:19 ]
Arxiv ichida: doc