Reja: Yangi axboriy texnologiyalar va zamonaviy jurnalistika. O'zbekiston OAV va jamiyat psixologik xavfsizligini ta'minlash muammolari. Yangi axboriy texnologiyalar va ayniqsa, Internet jahon miqyosida yangi vaziyatni yuzaga keltirdi. Jurnalistika shaxs, jamiyat va davlat o'rtasidagi sifat jihatdan yangilangan munosabatlarni ko'proq ta'sir o'tkaza boshladi. Toronto universitetining professori Marshall Maklyuen tomonidan o'tgan asrning 60-yillaridayoq obrazli tarzda ifodalangan «Global qishloq» tushunchasi reallikka aylanmoqda. Bugun butun insoniyat jamoa o'lchamigacha ixchamlashmoqda. Industrial jamiyat o'rniga, ommaviy kommunikatsiyalar va axborotning roli beqiyos darajada oshgan. Axborot jamiyati qadam qo'ydi. Kompyuter, uyali telefon, Internet millionlab odamlar hayotining ajralmas qismiga aylandi. Bunday kommunikatsiya vositalari jurnalistning nafaqat doimiy yo'nalishiga, balki, uning asosiy mehnat quroliga, butun dunyo bilimlarini o'zida amujassam etgan maslahatchi, kutubxona va elektron ensiklopediyasiga aylandi. Bugungi kunda komp'yuter va uyali telefon jurnalistga uning qaerda bo'lishidan qat'iy nazar axborotni gazeta, jurnal yoki radio-televideniyega sanoqli daqiqalarda yetkazib berish imkoniyatini yuzaga keltirdi. Darhaqiqat bugun yuqori texnologiyalarni ijtimoiy-iqtisodiy hayotga tadbiq etish beqiyosdir. Aynan Yangi axboriy texnologiyalar tufayli jurnalistika bir qator transnatsional hodisaga aylangan. Yuqori texnologiyalar uni erkin qilib qo'ydi. Ilgari u yoki bu tahririyat xodimi o'z auditoriyasiga murojaat qilishi uchun vaqt, OAV kanalining texnik imkoniyatlari va nihoyat o'z rahbariyati bilan hisoblashishiga to'g'ri kelgan bo'lsa, bugun ana shu zanjirsiz amalga oshirishi mumkin. Ilgari kishilar u yoki bu kanal tomonidan taklif etilgan ko'rsatuvlvr programmasi bilan cheklangan bo'lsa, bugun siz o'z ta'bingizga mos ravishda o'z dasturingizni tuzib olishingiz mumkin. Ya'ni, yangi informatsion texnologiyalar nafaqat jurnalistga, balki auditoriyaga ham erkinlikni taqdim etdi. Shu munosabat bilan ommaviy kommunikatsiyalar nazariyasi sohasida taniqli mutaxassis, amerikalik olim Uolter Lippmanning fikrini eslash o'rinlidir: «Siz materialni yozguningizcha erkinsiz, ammo siz uni mening qo'limga topshirishingiz bilan sizning erkinligingiz tugab, mening erkinligim boshlanadi. endi sizning qo'lyozmangizning taqdirini men hal etaman. Xohlasam - nashr etaman, xohlasam musor korzinasiga tashlab yuboraman». Bu 1922 yilda aytilgan edi. Bu fikri bilan u o'z davri jurnalistining erkinlik chegaralarini ifodalab bergan edi. Albatta, jurnalist materialini boshqa tahririyatga berishi ham mumkin edi. Lekin har qanday vaziyatda ham jurnalist yuqori lavozimdagi shaxsning pozitsiyasi bilan hisoblashmog'i kerak edi. Bugun bunday bog'liqlik yo'qqa chiqib bormoqda. Yangi texnologiyalar bugungi kunda jurnalist va tahririyat imkoniyatlarini tenglashtirib boryapti. Shuning uchun ularni to'la ma'noda hamkorlar deb baholash mumkin. Bundan tashqari jurnalistika taraqqiyoti darajasi kichik gazeta yoki mahalliy radio va televideniye ijodiy xodimlarining imkoniyatlarini yiriklari bilan tenglashtirib qo'ydi. Aynan shu va boshqa holatlar jurnalist va jurnalistikaning jamiyatdagi o'rni va roli haqida yangicha fikrlashni taqozo etmoqda. Bugun jurnalistika insoniyat taraqqiyotidagi vazifalarni hal etishdagi imkoniyatlarini tobora ko'proq namoyon etmoqda. Sotsiologlarning ta'kidlashicha: «ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy axborot ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:08:04
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.44 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:08 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.44 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:16 ]
Arxiv ichida: doc