O'zbekistonda elektron to'lov tizimlarining tashkil etilishi va ulardan samarali foydalanish Bank sohasidan farqli o'laroq 2006 yildan boshlab tezkor to'lovlarning bankdan tashqari sektori shiddat bilan rivojlandi (Diagramma 1). Ushbu jabhada Paynet, E-pay, Fast-pay, Unipay, Cyberplat kabi savdo belgilari ostida bir qancha kompaniyalar faoliyat yuritmoqda. Ushbu kompaniyalar aholi uchun qulay joylarda joylashgan ko'plab agentlar tarmog'i bilan ishlaydi va aholidan uyali aloqa, Internet-provayderlar, xalqaro telefon aloqa xizmatlari uchun to'lovlarni qabul qiladi. Toshkent shahri bo'yicha shuningdek shahar telefon aloqasi, elektrenergiya va tabiiy gaz xizmatlari uchun to'lovlarni amalga oshirish mumkin. Mazkur xizmatlarning qulayligi agentlarning ko'p soni va belgilangan miqdor doirasida har qancha summani to'lash imkoniyati mavjudligi mazkur xizmatlarning qulayligini ta'minlaydi. O'z xizmatlari uchun agentlar to'lov summasidan o'rtacha 2% oladilar. Diagramma 1. xalqaro to'lov tizimlari kartalari va bank-mijoz elektron tizimiga ega tijorat banklari mijozlarining soni To'lovlarning bankdan tashqari sektorini rivojlantirishning keyingi bosqichi bu mobil to'lovlar tizimlari bo'ldi. Ular qatorida Mobliss savdo belgisi, tijorat sohasiga kirib borganligini 2008 yilning mart oyida e'lon qilgan PayCarta Internet-to'lovlar tizimi hamda o'z taqdimotini BestSoft 2008 ko'rgazmasida namoyish etgan eKarmon tizimidir. Qayd etilgan tizimlar o'z mijozlariga uyali aloqa, Internet tarmog'idan foydalanish, xalqaro telefon aloqa xizmatlari, Internet-magazinlar va tushlikni yetkazishni amalga oshiradigan restoranlardagi xaridlar uchun to'lovlarni bajarish imkonini beradi. eKarmon Group kompaniyasidan xabar berishlaricha, eKarmon tizimining o'ziga xos jihati oldi-sotdini amalga oshirish davomida xavfsizlikni ta'minlash maqsadida foylanuvchi uchun elektron raqamli imzo ro'yxatga olinishida bo'lib, mijoz uni qo'llagan holda to'lovlarni amalga oshirishi mumkin. Buning uchun ishlab chiqaruvchi-kompaniya yerI kalitlarini ro'yxatga olish markazini ro'yxatga oldi. Kompaniya, shuningdek, eKarmon tizimida to'lovlarni qabul qilish imkoniyatiga ega Internet-magazinlarni yaratish bo'yicha tayyor yechimlarni taklif etish niyatida. 2005 yilda O'zbekistonda WebMoney Transfer on-layn to'lovlar tizimining kafolati ro'yxatga olingan edi, 2006 yil iyo'lida esa muomalaga WM o'zbek valyutasining WMY titul belgilari chiqarildi. Dastlabki emissiyaning hajmi 100 million WMY tashkil etdi, bu 100 million so'mga teng edi. O'zbekiston aholisining o'z «karmonlarini» to'ldirish va mablag'larni on-layn-magazinlarda tovarlarni sotib olish uchun sarflash imkoni paydo bo'ldi. 2008 yil boshining holatiga ko'ra, WMYni uyali aloqa, Internet tarmog'idan foydalanish, xalqaro telefon aloqa uchun to'lovlar hamda raqamli tovarlar, domenli ismlar, kosmetika xarid qilish uchun qo'llash mumkin. Bundan tashqari, Internet tarmog'ida WebMoney Transfer tizimining elektron valyuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyat yuritadi, ular AQSH dollari, yevro, Rossiya va Belarus rubli, Ukraina grivni va boshqa Yandeks.Dengi, RuPay, E-gold kabi elektron to'lov tizimlarga denominatsiya qilingan. WMY titul belgilarini boshqalariga almashtirib, tizim ishtirokchilari ulardan maishiy elektronika, kompyuter, aloqa vositalari va boshqa qator tovarlarni xarid qilish uchun foydalanishlari mumkin. Onlayn kataloglardagi veb-saytlar ro'yxatidan 01.01.2008 yil ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:08:04
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
64.62 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:08 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
64.62 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:16 ]
Arxiv ichida: doc