O'zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish tamoyili Reja: 1.Ijtimoiy-madaniy tarmoqlar haqida tushuncha. Uy-joy kommunal xo'jaligi 2.Savdo va umumiy ovqatlanish, aholiga maishiy xizmat ko'rsatish. 3.Nomoddiy ishlab chiqarishning boshqa sohalariga ta'rif. Ijtimoiy-madaniy tarmoqlar majmuasi aholiga maishiy ahamiyatga ega xizmatlar ko'rsatish bilan shug'ullanuvchi faoliyat turlari majmuidan iborat bo'lib, ular jumlasiga ta'lim, madaniyat, sog'liqni saqlash, uy-joy kommunal xo'jaligi, savdo va umumiy ovqatlanish, ijtimoiy xizmat ko'rsatish va boshqalar kiradi. Ushbu xizmatlarni ishlab chiqarish va iste'mol qilish natijasida ma'naviy boy va jismoniy sog'lom kishilarni shakllantirish imkoniyati kengayadi. Mazkur majmuaning O'zbekiston iqtisodiyotidagi roli va ahamiyati oshib bormoqda. Bu eng avvalo, uning YAIM va jami bandlardagi ulushining o'sayotganligida o'z aksini topadi. 2004 yil Respublikamiz iqtisodiyoti tarmoqlarida band bo'lgan jami aholining 21,1 foizi ijtimoiy-madaniy tarmoqlar majmuasi hissasiga to'g'ri kelgan. Ijtimoiy sohaning samarali ishlashi uning barcha asosiy tomonlari kompleks rivojlantirilishiga bog'liq. Aholi uchun ularning hammasi ham bir xilda ahamiyatli emas. Bular orasida uy-joy qurulishi muhim soha hisoblanadi. Uy-joy fondi shunday asosiy jihatki, ijtimoiy sohaning boshqa bo'g'inlari va tomonlarini rivojlantirish hamda joylashtirish shunga asoslangan holda rejalashtiriladi. Uy-joy va kommunal xizmati murakkab va ko'p tarmoqli bo'lib, aholi turmush sharoitining rivojlanishiga bevosita hamda ijtimoiy mehnat unumdorligini oshishiga bilvosita ta'sir ko'rsatadi. Uy joylardan foydalanish (shu jumladan, joriy ta'mirlash), uy-joylar orasini va atrofini ko'kalamzorlashtirish, aholi yashaydigan hududlardagi barcha muhandislik vositalari (suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya, gaz, elektr quvvati bilan ta'minlash, isitish, yo'l-ko'chalarni tozalash, ko'priklar va hokazo) ana shu tarmoqqa kiradi. Uy-joy va kommunal xo'jalik xizmatida nomoddiy ishlab chiqarishda band bo'lgan aholining anchagina qismi ishlaydi. Jami uy-joy fondi 373,5 mln m2 ni tashkil etadi. Uning 142,1 mln m2 yoki 38 foizi shaharlarda joylashgan (2006 y). Respublika bo'yicha aholi jon boshiga o'rtacha uy-joy to'g'ri keladi (shu jumladan qishloqlarda ). Shahar uy-joy fondi markazlashtirilgan suv ta'minoti bilan 88,6 % (1995 yilda 71 %), kanalizatsiya bilan 50,8 % ta'minlangan. Respublika uy-joy fondi 98,0 % gazlashtirilgan. Mamlakatimizning mustaqillikka erishganidan keyin aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash borasida ancha ishlar qilindi. Ayniqsa bu ishlar qishloq joylarida jonlanib ketdi. Respublika kommunal xo'jaligida umumiy quvvati sutkasiga 8,53 mln m3 toza ichimlik suvini olish kuchiga ega bo'lgan inshootlar, uzunlukdagi suv o'tkazish (vodoprovod) tarmoqlaridan foydalaniladi (2006 y). Aholi jon boshiga hisoblaganda bir kecha-kunduzda iste'mol qilinadigan suv shaharlarda ni (2006; 1990 yilda 507,2; 1993 yilda 536,3;) va qishloqlarda 100- (1990 yilda 119,4; 1993 yilda 240,4;) ni tashkil etdi. 2. Savdo va umumiy ovqatlanish, aholiga maishiy xizmat ko'rsatish. Savdo va umumiy ovqatlanish. Ma'lumki ishlab chiqarilgan moddiy ne'matlar iste'molchilarga savdo tarmoqlari orqali yetkaziladi. Shuning uchun ham xizmat doirasi tarmoqlari orasida, aholining ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:08:04
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.17 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:16
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:08 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.17 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:16 ]
Arxiv ichida: docx