O'zbekistonda Internet rivojlanishi tarixi

O'zbekistonda Internet rivojlanishi tarixi

O'quvchilarga / Informatika va AT
O'zbekistonda Internet rivojlanishi tarixi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda Internet rivojlanishi tarixi O'zbekiston Respublikasida internet rivoji bevosita mamlakat taraqqiyoti bilan uzviy bog'lanadi. U o'zida zamonaviy davlat va aholi turmush tarziga xos barcha bosqichlarni aks ettiradi. O'zbekistonda Internet rivojini quyidagi asosiy davrlarga bo'lish mumkin: 1990-yillar boshi. UUCP ma'lumotlar uzatish tizimida elektron pochta orqali ma'lumot almashish imkoni paydo bo'ldi. Foydalanuvchilar analog modemlar yordamida Moskvaga yoki boshqa shaharlararo qo'ng'iroqni amalga oshira boshladilar. Ma'lumotlar uzatish tezligi 1200-2400 bod (bits)ni tashkil qilgan. 1992-1995 yillarda UUCP mahalliy provayderi faoliyatini boshlagan. U tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar tezligi 9600-14400 bod (bits)ni tashkil qilgan. Shundan so'ng BCC (Biznes Aloqalar Markazi), CC va PERDCA (Silk.org) provayderlari tashkil etilgan. SONET elektron tijorat tarmoqlariga ulanish boshlangan. FidoNet matnli ma'lumotlarni jo'natish global tarmog'i ishga tushdi. Relcom - ilk elektron pochta tarmog'i ishga tushdi. Ma'lumot uzatish tezligi 9600 dan 14400 bodgacha bo'lgan analog modemlar orqali Internet tarmog'iga ulanish imkoniyati tug'ildi. Mazkur xizmatlar Naytov, BCC hamda Silknet (PERDCA) provayderlari tomonidan ko'rsatilgan. 1995 yil 29 aprelda «o'z»domeniga asos solindi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining ma'lumotlarini banklararo uzatish tarmog'iga asos solindi. 1996 yil. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida BMTning O'zbekistonda Internetni rivojlantirish loyihasi tashkil etildi. Keyinchalik bu UzNet nomi bilan tanilgan. Telekommunikatsiya bozorida UzPAK kompaniyasi faoliyatini boshladi. 1997-199 yillar. Internetning misli ko'rilmagan rivojlanish davri. Har bir provayder xalqaro Internet tarmog'ida o'zining mustaqil kanaliga ega bo'ldi. Ba'zi birlarida Moskvaga qadar modemlari, boshqalarida asinxron sputnik kanallari mavjud bo'lgan. O'zbekistonning ilmiy-ta'lim tarmog'i UzSciNet faoliyatini boshladi. Yangi internet provayderlari tashkil etildi. Internetdan bir soat foydalanish bahosi 600 so'm (shu davrda Markaziy bank kursi bo'yicha bu o'rtacha 4 dollarga teng mablag') bo'lgan. Muayyan yo'nalishlar bo'yicha texnologiyalar analogdan raqamli shaklga o'ta boshladi. Naytov hamda UzNet provayderlari faqatgina yuridik shaxslar uchun raqamli modemlar orqali Internet xizmatlarini ko'rsata boshladi. Internetdan foydalanish ta'riflarini trafikka binoan belgilash amaliyoti boshlandi. Internet tarmog'i orqali ovozli aloqa o'rnatish tajribasi qo'llandi. Sarkor Telecom provayderi Radio Ethernet simsiz tarmoq texnologiyasini joriy qildi. Trans-Osiyo-Yevropa(TAYe) optik aloqa ma'lumotlar uzatish tarmog'idan foydalanila boshlandi. 199 yil. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №52-son qarori imzolandi. Qarorga muvofiq xalqaro ma'lumotlar uzatish, shuningdek Internet tarmog'iga ulanish O'zAA dan xalqaro tarmoqqa chiqishga huquq beruvchi litsenziyani olib, O'zbekiston Respublikasi ma'lumotlarni uzatish tarmoqlari operatorlari (provayderlari)ning Respublika va xalqaro kompyuter tarmoqlaridan, shu jumladan Internetdan faqat «UzPAK» ma'lumotlarni uzatish davlat tarmog'ini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasining va Ma'lumotlarni uzatish milliy tarmog'ining texnik vositalari orqali foydalanishiga oid belgilangan tartib belgilandi. Iskra hukumat aloqa tarmog'i va boshqa bir qator ma'lumotlar uzatish vositalari orqali xalqaro tarmoqqa chiqish to'xtatildi. UzNet uskunalari, tarmog'i va xodimlar UZPAK boshqaruviga o'tkazildi. Barcha ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.95 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.95 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga