O'zbekistonda turistik rayonlashtirishda yondoshuvlar

O'zbekistonda turistik rayonlashtirishda yondoshuvlar

O'quvchilarga / Informatika va AT
O'zbekistonda turistik rayonlashtirishda yondoshuvlar - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda turistik rayonlashtirishda yondashuvlar. Turistik rayonlashtirish sohaviy yoki tarmoq rayonlashtirish turkumiga kiradi. Bunday rayonlashtirishda hududiy mehnat taqsimoti va hududiy ixtisoslashuv asos qilib olinadi. Turistik rayonni shakllantiruvchi omillar sifatida tabiat landshaftlari, ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy - tarixiy obyektlar va turistik infrastruktura xizmat qiladi O'zbekistonda turistik rayonlashtirish mutaxasislar tomonidan keyingi yillarda amalga oshirilmoqda. Bu borada ham turli qarashlar mavjud. Masalan, M.R.Usmonov o'zining tadqiqotlarida mamlakatimizda 6ta turistik rayonni ajratgan (Toshkent, Mirzacho'l, Farg'ona, Zarafshon, Janubiy, Qo'yi Amudaryo turistik rayonlari). A.N.Norchayev esa o'z tadqiqotlarida 7ta turistik rayonni ajratgan (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Farg'ona, Jizzax - Sirdaryo, Qashqadaryo - Surxondaryo turistik rayonlari). Biz yuqoridagi medologik asoslarga ko'ra mamlakatimizni quyidagicha rayonlashtirishni taklif qildik: Toshkent turistik rayoni (Toshkent vil.) Farg'ona turistik rayoni (Farg'ona, Namangan, Andijon viloyatlari); Mirzacho'l turistik rayoni (Jizzax, Sirdaryo viloyatlari); Samarqand turistik rayoni (Samarqand viloyati); Buxoro - Qizilqum turistik rayoni (Buxoro, Navoiy viloyatlari); Janubiy turistik rayoni (Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari); Quyi Amudaryo (Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasi). O'zbekistonning turistik rayonlari tavsifi. Toshkent turistik rayoni Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan iborat mintaqa hisoblanadi. Toshkent shahri - Markaziy Osiyoning eng yirik shahri - O'zbekistonning Respublikasi poytaxtidir. Toshkent qadimiy shaharlardan hisoblanib, u haqidagi dastlabki ma'lumotlar eramizdan oldingi II asrdagi Xitoy solnomalarida uchraydi. Hozirgi kunda Toshkent yirik transport tuguni sifatida (havo, temir yo'l, avtomobil) o'zida mamlakatimizning tarixiy o'tmishini eslatib turuvchi taraqqiy topgan zamanoviy sanoat shahridir. Shuningdek, Toshkent turistik rayoni turistik resurslarga boy hisoblanib, mahalliy va xalqaro ahamiyatdagi sayyohlikni rivojlantirish imkoniyatlariga ega. Mazkur rayonda madaniy - tarixiy, tabiiy rekreasiya resurslari mavjud. Bu yerda Oqtosh, Xumson, G'azalkent, Tovoqsoy, Boldirsoy, Chorbog', Chimyon, Kumushkon, So'qoq, Ohangaron, Yangiobod, Ertosh, Ko'ksaroy, Qizilchi kabi dam olish va davolanish resurslariga ega. Rayonning turli tekislik va tog'li qismida ekskursiya obyektlari va shifobahsh maskanlari ko'p. Bu rayonda Botanika, Turon, Chinobod, Toshkent mineral suvi, 8 mart, Qibray, Bo'ston, Zangchi ota kabi bir qancha san'atoriya va kurort zonalari joylashgan. Yuqoridagi tabiiy rekreasiya resurslaridan kelib chiqib ekologik turizmni tashkil etish imkoniyatlari bisyor. Ayni kunda Chotqol davlat qo'rio'xonasiga turli marshrutlarni yaratish katta samara beradi. O'z navbatida Toshkent turistik rayoni madaniy-tarixiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarga boy hisoblanadi. Toshkent shahrida ko'plab muzeylar mavjud. Masalan, Tasviriy san'at muzeyi haykallar, rasmlar va turli hunarmandchilik mahsilotlarining yirik to'plamiga ega. O'zbekiston Amaliy San'at muzeyi 30 mingdan ortiq hunarmandchilik mahsulotlari va qimmatbaho taqinchoqlariga ega. Undan tashqari XVI asrning ajoyib yodgorligi Baroqxon madrasasi, XIV asrga oid Ko'kaldosh madrasasi kabi qadimiy arxitektura yodgorliklari va zamonaviy Amir Temur xiyoboni, Mustaqillik maydoni kabi turli bog' va maydonlar ham turistlarni jalb qiluvchi obyektlardir. Mazkur turistik rayonda turizm infratuzilmasi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.54 MB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:16 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.54 MB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga