Pascal tilida chiziqli algoritmlarni dasturlash

Pascal tilida chiziqli algoritmlarni dasturlash

O'quvchilarga / Informatika va AT
Pascal tilida chiziqli algoritmlarni dasturlash - rasmi

Material tavsifi

Pascal tilida chiziqli algoritmlarni dasturlash Reja: Pascal tilida dastur tushunchasi Pascal tilida dastur bo'limlari Chiziqli tuzilmali algoritmlarni dasturlash Operatorlar Operator tushunchasi tilning eng asosiy tushunchalaridan biri bo'lib, har bir operator tilning yakunlangan jumlasi hisoblanadi va ma'lumotlar tahlilining tugallangan bosqichini ifodalaydi. Operatorlarni ikki guruhga ajratish mumkin. 1-guruh operatorlarining tarkibida boshqa operatorlar qatnashmaydi va bu operatorlarni asosiy operatorlar deb ataladi. Asosiy operatorlar jumlasiga quyidagi operatorlar kiradi: o'zlashtirish operatori, protsedura operatori, o'tish operatori, bo'sh operator. 2-guruh operatorlarining tarkibida esa boshqa operatorlar ham qatnashib, ular tarkibiy operatorlar deb ataladi. Ular jumlasiga quyidagi operatorlar kiradi: tashkiliy operator, tanlov operatori, takrorlash operatori, ulash operatori. Masalani yechish algoritmida yuqoridagi ikki guruh operatorlarining ketma-ketligi cheklanmagan miqdorda qatnashishi mumkin. Bu ketma-ketlikdagi operatorlar o'zaro ; ajratish belgisi orqali ajratiladi, ya'ni dastur matnining yozuvi alohida operatorlarga bo'linadi. Shunday qilib, S orqali ixtiyoriy yozish mumkin bo'lgan operatorni belgilasaq masala yechilishining algoritmi quyidagi ketma-ketlik bo'yicha ifodalanishi mumkin: S; S; ;S. Operatorlarning bu ketma-ketligi ularning dasturda yozilish tartibi bo'yicha bajariladi. Shunday qilib, operatorning izdoshi undan keyin yozilgan operator hisoblanadi. Operatorlar bajarilishining bu tabiiy ketma-ketligini faqat o'tish operatori yordamida bo'zish mumkin. Tarkibiy operatorlarda esa operatorlarning bajarilish tartibi o'ziga xos qoidalar bilan aniqlanadi. Ismlar va identifikatorlar Ma'lumki, ma'lumotlarning tahlili jarayonini ifodalovchi algoritm turli xil obyektlar (o'zgarmaslar, o'zgaruvchi miqdorlar, funksiyalar va hokazo) ustida ish olib boradi. Bu obyektlarga ularning vazifasi va qabul qiladigan qiymatlariga qarab maxsus ismlar beriladi. Shu ismlarni odatda, identifiqatorlar deb ataladi. Identifiqator deb harf yoki belgisidan boshlanuvchi, harf, raqam va belgisining ixtiyoriy ketma-ketligiga aytiladi: := Agar quyidagi oraliq tushunchani kiritsak: := Yuqoridagi aniqlashni quyidagicha ham yozish mumkin: := . Xizmatchi so'zlardan identifiqator sifatida foydalanish mumkin emas. Odatda identifiqator so'zining o'rniga qulayroq va qisqaroq qilib ism deyish mumkin. Dasturda qatnashuvchi obyektlarga ismlarni dastur to'zuvchi o'z ixtiyoriga ko'ra tanlab olishi mumkin. Bir xil ism bilan bir necha xil obyektlarni nomlash mutlaqo mumkin emas. Turbo Pascal muhitida ismda qatnashuvchi belgilar soni (ism o'zunligi) 63 ta belgidan oshmasligi kerak. E'lonlar Paskal tilining asosiy tushunchalaridan biri e'lon qilish hisoblanadi. Dasturda qatnashuvchi barcha obyektlarning ismlari mos ravishda dasturning bosh qismida, ularning qanday tipdagi qiymatlar qabul qilishi mumkinligiga qarab, e'lon qilinib qo'yilishi kerak. Paskal tilida e'lon qilishning 5 xil turi mavjud: metkalar e'loni; o'zgarmaslar e'loni; tip aniqlash uchun e'lon; o'zgaruvchilar e'loni; protsedura va funksiyalar e'loni. Umuman olganda, yuqorida sanab o'tilgan e'lonlarning vazifalari ularning nomlaridan ham sezilib turibdi, e'lonning vazifalari esa keyinroq to'la ochib beriladi. O'zgaruvchilar O'zgaruvchi, dastur obyekti bo'lib, turli xil qiymatlarni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.22 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.22 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga