Pascal tilida takrorlanish jarayonlarini tashkil qilish

Pascal tilida takrorlanish jarayonlarini tashkil qilish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Pascal tilida takrorlanish jarayonlarini tashkil qilish - rasmi

Material tavsifi

Pascal tilida takrorlanish jarayonlarini tashkil qilish Reja: Takrorlanuvchi algoritmlarni dasturlash Takrorlanish soni avvaldan ma'lum bo'lganda ishlatiladigan operatorlar Takrorlanish soni avvaldan ma'lum bo'lmaganda ishlatiladigan operatorlar Ichma-ich joylashgan sikllarni dasturlash Takrorlanuvchi algoritmlarni dasturlash Siklik (takrorlanuvchi) tuzilmali dastur bir paytda bir yoki bir nechta parmetrlar o'zgarishida, bir guruh operatorlar hisoblashini ko'p marta takrorlash imkonini beradi. Masalani quyilishiga karab takrorlanishlar soni oldindan ma'lum bo'lgan va takrorlanishlar oldindan noma'lum bo'lgan tsiklga bo'linadi. Tsiklik strukturali dasturlar shartli operatorlar yordamida tashkil etilishi mumkin. Bu holda tsiklik parametrini boshlangich qiymatini berish keraq tsiklda esa bu parametr bilan hisoblashni amalga oshirish kerak. Agar tsikl tugamagan bo'lsa, unda hisoblashlarni davom ettirish kerak. Takrorlanish soni avvaldan ma'lum bo'lganda ishlatiladigan operatorlar Tsikl operatori FOR takrorlanishlar soni oldindan ma'lum bo'lgan tsikllarni tashkil etish uchun ishlatiladi. Operatorning umumiy ko'rinishi: for i:=m1 to m2 do s; yoki for i:=m1 downto m2 do s; Bu yerda: i -tsikl parametri -u xakikiy turda bo'lishi mumkin emas; m1 va m2 -tsikl parametrining boshlangich va oxirgi qiymatlari; S -tsikl tanasi (sodda yoki tarkibiy operator). TO xizmatchi so'zida tsikl parametrining o'zgarish kadami 1ga teng. DOWNTO da esa -1ga teng. Takrorlanish soni avvaldan ma'lum bo'lmaganda ishlatiladigan operatorlar WHILE operatori hisoblashlarni takrorlashlar soni yozilgan shartga bog'liq bo'lgan tsikllarni tashkil etish imkonini beradi. Operatorning umumiy ko'rinishi: while b1 do s; b2 bu yerda b1 mantiqiy ifoda (shart, operator) b2 ifoda yoki operator bo'lishi mumkin. S -sodda yoki taqribiy operatordan iborat tsikl tanasi. Agar mantiqiy ifoda TRUE qiymatga ega bo'lsa (bajarilsa), unda tsikl operatorlar bajariladi. Mantiqiy ifoda FALSE qiymatini qabul qilishi bilan tsikl operatorlarining bajarilishi tugallanadi. Misol. S= ni hisoblash algoritm blok-sxemasi va dasturini WHILE operatoridan foydalanib tuzamiz. FOR va WHILE operatorlaridan tashqari REPAET operatori yordamida ham takrorlanish jarayonini tashkil etish mumkin. REPAET operatorining umumiy ko'rinishi quyidagicha: repaet a until b; Bu yerda а-operatorlar tsikl tanasi, b-mantiqiy ifoda. Agar b shart bajarilsa boshqarish V dan keyingi operatorga utadi, V bajarilmasa tsikl davom etishi tuxtaydi. Ichma-ich joylashgan tsikllarni dasturlash Bitta tsikl ichiga bir yoki bir nechta boshqa tsikllar kirsa, karrali tsikl strukturali dasturlar hosil bo'ladi, ya'ni ichma-ich tsikllar hosil bo'ladi. Bunda ichki tsiklning ta'sir doirasi uni o'z ichiga oluvchi tsiklda joylashadi. Misol A(10,15) matritsaning musbat elementlarining yozuvga chiqarish dasturini tuzamiz. Har bir qatorda matritsaning berilgan qatoriga mansub elementlarni yozuvga chiqarsin. Agar qatorda musbat elementlar bo'lmasa, u bush bo'lishi kerak. Dastur quyidagi ko'rinishda bo'ladi: program matr (input, output); const imax=10;ymax=15; var y,i:integer; a: array [1imax,1ymax] of real; begin for i=1 to imax do begin for y:=1 ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.09 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.09 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga