Paskal programmalash tili Reja: Programmalash tillari haqida Paskal tiliga kirish Turbo paskal tili alfaviti Pascal da berilganlarning asosiy turlari. Paskal tilida qiymat berish operatori Shartli operator va uning turlari sikl operatorlari. Berilganlarning sanab o'tiluvchi va chegaralangan turlari. Regulyar turlar. Protsedura-funksiya Programmalash tillari haqida Endi bizning oldimizda algoritmlarni EHM tushinadigan tilda yozish masalasi turadi, buning uchun maxsus algoritmik tillar mavjud. EHM paydo bo'lganidan beri juda ko'plab algoritmik tillar yaratilgan. Ularni shartli ravishda uch tipga ajratish mumkin: Quyi darajadagi programmalash tillari (mashina tillari) O'rta darajadagi programmalash tillari Yuqori bosqichli programmalash tillari Quyi darajadagi programmalash tillarida buyruqlar va amallar malum kodlar (raqamlar) bilan ifodalangan bo'lib, ular EHM qurilmalari adreslari bilan bevosita ishlashga mo'ljallangan va mashina tili deb ham yuritiladi. O'rta darajadagi programmalash tillarida amallar va buyruqlarni (komandalar)ni ifodalash uchun odam tushunishi uchun qulay bo'lgan har xil qisqartma so'zlardan foydalaniladi. Bunda ham programma tuzuvchi EHM qurilmalari adreslari bilan ishlashi lozim. Bu qisqartmalar-mnemokodlar deyiladi, bu turdagi programmalash tillari assemblerlar deb ataladi. Yuqori darajadagi programmalash tillarida ko'rsatmalar inson tiliga yaqin bo'lgan so'zlar va birikmalardan iborat bo'lib, programma tuzish uchun juda qulay va biror maxsus amallardan tashqari hollarda adreslar va qurilmalar bilan bevosita bog'liq ko'rsatmalarni bilish zarur emas. Yuqori bosqich programmalash tillariga misol sifatida FORTRAN, Algol, RL-1, BASIC, PASCAL, S, S tillarini keltirish mumkin. Informatsion texnologiyalarining jadal suratlar bilan rivojlanishi, Internetning paydo bo'lishi, yangidan yangi va malum maqsadlarga mo'ljallangan programmalash tillari va muhitlari yaratildi va yaratilmoqda. Ularga misol sifatida dBase, KARAT, LISP, FoxPro, Simula, Delphi, Visual Basic, Visual S, HTML, Java, Java Script kabi tillar va programmalash muhitlarini keltirish mumkin. Hozirgi kunga kelib obyektga yo'naltirilgan va vizual programmalash texnologiyalari keng tarqalmoqda. Har bir algoritmik tilning o'z alfaviti maxsus belgisi va birikmalari, operatorlari, konstruksiyalari bo'ladi va ular malum bir sintaktik va semantik qonun qoidalarga buysinadi. Sintaksis-bu alfavitdan foydalanilgan holda biror algoritmik tilda ishlatilishi mumkin bo'lgan konstruksiyalarni aniqlovchi qoidalar sistemasidir. Bu konstruksiyalar orqali algoritmlar ifodalanadi. Shunday qilib, sintaksis har bir simvollar ketma-ketligining berilgan tildan foydalanish mumkinligini yoki mumkin emasligini aniqlab beradi. Semantika-biror algoritmik til konstruksiyalarini manosi jihatidan tekshiruvchi qoidalar sistemasidir. Biror algoritmik tilning sintaktik qoidalarini ifodalash uchun maxsus yordamchi tilga-metatil deb ataladi. Eng keng tarqalgan metatillardan biri Bekus-Naurning metalingvistik formulalari va sintaktik diagrammalaridir. Bir algoritmik tilning qonun qoidalarini aniq va bir qiymatli aniqlash uchun maxsus tushincha va belgilar zarur bo'ladi. Tilning har bir tushinchasi uchun yagona metoformula mavjud bo'lishi kerak va uning gap qismida kiritilayotgan tushincha, yani metao'zgaruvchi ko'rsatiladi. O'ng tomonda esa, metoo'zgaruvchining qabul qilishi mumkin bo'lgan qiymatlar to'plami ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:08:04
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
119.79 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:08 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
119.79 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:20 ]
Arxiv ichida: doc