Paskal tilida takrorlanuvchi tarkibli jarayonlarga dasturlar tuzishni tashkil etish

Paskal tilida takrorlanuvchi tarkibli jarayonlarga dasturlar tuzishni tashkil etish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Paskal tilida takrorlanuvchi tarkibli jarayonlarga dasturlar tuzishni tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

Paskal tilida takrorlanuvchi tarkibli jarayonlarga dasturlar tuzishni tashkil etish Reja: 1. Takrorlanish jarayonlarining uch xil ko'rinishlari va Paskalning ularga mos operatorlari: a) Parametrli sikl operatori. b) Sharti oldin qo'yilgan sikl operatori. c) Sharti keyin qo'yilgan sikl operatori. 2. Murakkab takrorlanish jarayonlari. Shu paytgacha ko'rib chiqilgan operatorlarning xammasi aniq bir marotoba bajariladigan buyruklar tizimini tashkil qiladi. ko'rib chiqilgan operatorlar orqali fakatgina oddiy hisoblashlarnigina bajarish mumkin. Xakikatdan bunday oddiy ko'rinishdagi masalalarga dastur tuzib, uni EXMga kirgazib, xatosi bulsa uni to'g'rilab natija olishga sarflangan vaqtni yarmisini sarflagan holda, bunday masalalarni oddiy kalkulyatorda xam, dastur tuzmasdan hisoblash mumkin. Amaliyotda murakkab jarayonlarni dasturlashda malum buyruklar ketma-ketligini malum shartlar asosida qayta-qayta bajarish zaruriyati tugiladi. yuqorida utilgan ma'ruzalardan bilamiki, malum bir o'zgaruvchining turli qiymatlarida malum buyruklar tizimining biron bir qonuniyatga asosan qayta-qayta bajarilishi takrorlanuvchi hisoblash jarayoni (sikl) deb ataladi. Takrorlanuvchi hisoblash jarayonining takror-takror hisoblanadigan kismini takrorlanishning tanasi (jismi) deb ataladi. Takrorlanish ichida qiymatlari uzgarib boradigan o'zgaruvchini takrorlanish o'zgaruvchisi yoki takrorlanishning boshqaruvchi o'zgaruvchisi (sikl parametri) deb yuritiladi. Takrorlanuvchi jarayonning algoritmi umumiy holda kuyidagilarni o'z ichiga olishi kerak: 1. Takrorlanishni tayyorlash - takrorlanishni boshlashdan oldin, takrorlanishda katnashadigan o'zgaruvchilarning boshlang'ich qiymatlari yoki takrorlanish o'zgaruvchisining boshlang'ich qiymati urnatiladi, takrorlanish o'zgaruvchisining o'zgarish kadami belgilanadi. 2. Takrorlanish tanasi - takrorlanish o'zgaruvchilarining turli qiymatlari uchun takror bajariladigan amallar ketma-ketligi kursatiladi. 3. Takrorlanish o'zgaruvchisiga yangi qiymat berish- xar bir takrorlanishdan avval o'zgaruvchiga o'zgarish kadamiga mos ravishda yangi qiymat beriladi. 4. Takrorlanishni boshqarish - takrorlanishni davom ettirish shart tekshiriladi, takrorlanishning boshiga utish kursatiladi. 2. Takrorlanish operatorlarining 3 xil ko'rinishlari va Paskalning algoritmik tilida uch xil ko'rinishda takrorlanuvchi hisoblash jarayonini tashkil qilish mumkin va bu jarayonlarni dasturlash uchun maxsus operatorlar belgilangan: -avval sharti tekshiriladigan(sharti oldin kelgan hozircha) takrorlanish jarayoni, bu maxsus WHILE operatori orqali amalga oshiriladi; -sharti keyin tekshiriladigan(gacha) takrorlanish jarayoni, bu jarayonini maxsus REPEAT operatori orqali amalga oshiriladi; -parametrli takrorlanish jarayoni, bu jarayon maxsus FOR operatori yordamida amalga oshiriladi. yuqorida keltirilgan jarayonlar ustida alohida-alohida tuxtalib utamiz. 1.1. Avval sharti tekshiriladigan (old shartli) takrorlanish jarayoni. Takrorlanuvchi jarayonning bu ko'rinishi takrorlanish soni oldindan nomalum bo'lgan xollarda, yani takrorlanishdan chiqish malum shartga bog'liq bo'lgan xollarda ishlatiladi. Takrorlanishning bu jarayonida takrorlanishdan chiqish sharti takrorlanish tanasini bajarishdan oldin tekshiriladi (1-rasm). Takrorlanishni tayyorlash yolgon shart rost Takrorlanishni tanasi Takrorlanish o'zgaruvchisiga yangi qiymat berish Ushbu operatorning umumiy ko'rinishi kuyidagichadir: Sharti avval tekshiriladigan takrorlanish operatori::k WHILE mantikiy ifoda Doyoqi WHILE 1DO M bu yerda WHILE - hozircha, do-bajarish manosini anglatuvchi xizmatchi so'zlar ,L-mantikiy ifoda, M -operatorlar yoki operatorlar guruhi, u takrorlanish tanasini belgilaydi. Takrorlanish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.79 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.79 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga