Paskal tilining asosiy operatorlari Paskal tilining operatorlari Reja: 1. Paskal tilining operatorlari; 2. O'zlashtirish operatorlari; 3. Arifmetik o'zlashtirish operatori; 4. Mantiqiy o'zlashtirish operatori; 5. Belgili o'zlashtirish operatori; Paskal tilining operatorlari Programmaning asosiy vazifasi boshlang'ich ma'lumotlarni qayta ishlab, qo'yilgan masalaning natijasini beruvchi amallarni bajarishdan iborat. Algoritmik tillarda biror-bir masalani yechishda ma'lumotlar ustidagi amallarni bajarish operatorlar zimmasiga yuklatiladi. Programmalash tillaridagi har bir operator, ma'lumotlarni qayta ishlash jarayonining mustaqil bosqichi bo'lib, mantiqan yakunlangan hisoblanadi. Programmada yozilgan operatorlarni to'g'ri talqin qilish uchun ularni yozish qoidalari (operatorning sintaksisi) qat'iy aniqlangan bo'lishi shart. SHunday qilib, aytish mumkinki programma bu - turli xil vazifalarni bajaruvchi va yagona maqsadga eltuvchi operatorlarning to'plamidir. Har bir operator ; (nuqta-vergul) belgisi bilan yakunlanadi. Mavjud programmalash tili ruxsat bergan operatorlardan unumli va oqilona foydalanib, mukammal programmalar yaratish dasturchining bilimiga, tajribasiga va san'atiga bog'liqdir. Quyida Paskal tilining asosiy operatorlari bilan to'liqroq tanishib, ulardan dasturlashda foydalanish yo'llarini o'rganamiz. O'zlashtirish operatori Odatda programma natijasini hosil qilish uchun juda ham ko'p oraliq hisob ishlarini bajarishga to'g'ri keladi. Oraliq natijalarni esa ma'lum muddatga saqlab turish lozim bo'ladi. Bu ishlarni bajarish uchun tilning eng asosiy operatorlaridan biri bo'lmish - o'zlashtirish operatori ishlatiladi: ::=:=; Bu yerda := o'zlashtirish belgisi hisoblanadi, bu belgini = (tenglik) belgisi bilan almashtirmaslik zarur. O'zlashtirish operatorida := belgisining o'ng tomonidagi qiymati aniqlanilib, so'ng chap tomondagi o'zgaruvchiga o'zlashtiriladi yoki boshqacha qilib aytganda, ifoda qiymati o'zgaruvchi nomi bilan xotirada eslab qolinadi. O'zgaruvchining oldingi qiymati esa (agar u bo'lsa) yo'q bo'lib ketadi. O'zlashtirish operatorini yozishdagi eng muhim narsa, bu ifoda va o'zgaruvchilarning bir xil tipli bo'lishligidir. O'zlashtirish belgisining o'ng tomonidagi ifodaning natijaviy tipiga qarab, o'zlashtirish operatorini uch xil guruhga ajratish mumkin: arifmetik o'zlashtirish operatori, mantiqiy o'zlashtirish operatori, belgili o'zlashtirish operatori. Arifmetik o'zlashtirish operatori Butun yoki haqiqiy tipli, sonli natija beruvchi ifodani (odatda bunday ifodani arifmetik ifoda deb ataladi) hisoblash uchun arifmetik o'zlashtirish operatoridan foydalaniladi. Arifmetik ifodada qatnashuvchi barcha o'zgaruvchilar haqiqiy yoki butun tipli bo'lishi kerak. Arifmetik ifoda- sonlar, o'zgarmaslar, o'zgaruvchilar va funksiyalardan tashkil topadi, hamda +, -, *, , div, mod kabi amallar yordamida yoziladi. Arifmetik amallarni bajarilishi quyidagi tartibda bo'ladi : *, , div, mod, +, -. Ifodani bajarilishidagi bu tartibni o'zgartirish uchun kichik qavslardan foydalaniladi. Ifodaning qavslar ichiga olib yozilgan qismlari mustaqil holda birinchi galda bajariladi. Sanab o'tilgan arifmetik amallarning vazifalari bizga matematika kursidan ma'lum. Lekin, bu ro'yxatdagi div va mod amallari bilan tanish emasmiz. Div - butun bo'lishni anglatadi, bo'linmani butun qismi qoldirilib, qoldiq tashlab yuboriladi. Misol: 7 div 2 = 3 5 ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:08:04
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
106.16 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:20
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:08 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
106.16 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:20 ]
Arxiv ichida: ppt