Paskal tilining asosiy tiplari va Paskal programmaning strukturasi

Paskal tilining asosiy tiplari va Paskal programmaning strukturasi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Paskal tilining asosiy tiplari va Paskal programmaning strukturasi - rasmi

Material tavsifi

Paskal tilining asosiy tiplari va Paskal programmaning strukturasi Reja: Butun sonli tiplar; Hakiykiy sonli tiplar; Belgili va katorli tiplar; Mantikiy tiplar; Yangi tiplarni loyihalash; Programmaning umumiy ko'rinishi; Metka(tamg'a)lar bo'limi; O'zgarmaslar bo'limi; Tiplarni aniqlash bo'limi; Odatda, programmada ishlatiluvchi ma'lumotlar quyidagi tiplarning birortasiga tegishli bo'ladi: butun qiymatli tiplar, haqiqiy qiymatli tiplar, belgili va satrli tiplar, mantikiy qiymatli va ko'rsatkichli tiplar. Umuman olganda, tiplarni ikkita guruhga ajratish mumkin: asosiy (yoki oddiy) va hosilaviy. yuqorida sanab utilgan tiplar asosiy guruhga tegishli bo'lgan tiplardir. Hosilaviy tiplar esa, asosiy yoki hosilaviy guruhga tegishli tiplardan hosil kilinadi. Butun qiymatli tipga tegishli songa misollar: -1501, 0, 99. Butun qiymat kabul qiluvchi o'zgaruvchilarni elon qilish uchun Integer, ShortInt, Byte, LongInt va Word xizmatchi so'zlaridan foydalanish mumkin. haqiqiy qiymatli tipga tegishli sonlarga misollar: 25.0956, 6.75, -321.936, 1.2Ye02, -3.57Ye-01 haqiqiy (kasr) qiymatli tipga tegishli o'zgaruvchilarni elon qilish uchun Real, Single, Double, Extended va Comp xizmatchi so'zlaridan foydalanish mumkin. Hamma xarflar, belgi va rakamlar, masalan A, b, , !, $, S belgili tipga tegishlidir. Belgili tipni kabul qiluvchi o'zgaruvchilarni elon qilish uchun Char xizmatchi so'zidan foydalanish mumkin. Belgilarning ixtiyoriy yig'ilmasi (ketma-ketligi) katorlar deb ataladi. Misol 'Axmad', '$25', 'START'. kator xatto bush xam bo'lishi mumkin (' '). Bu tipdagi o'zgaruvchilarni elon qilish uchun String xizmatchi so'zidan foydalaniladi. Mantikiy o'zgaruvchilar fakat True (rost) va False (yolg'on) qiymatlarining bittasinigina kabul qilishi mumkin. Bu tip o'zgaruvchilarini elon qilish uchun Boolean xizmatchi so'zi ishlatiladi. Kursatgichlar ma'lumotlarning kompyuter xotirasidagi turar joyi (adresi)ni aniklab beradi va ularni elon qilish uchun Pointer xizmatchi so'zidan foydalaniladi. Hosilaviy tiplarni hosil qilish va ularni elon qilish yo'llarini kelgusi bo'limlarda tulik tushuntirib utiladi. yuqorida sanab utilgan tiplar haqida tulikrok ma'lumotlar keltirib utamiz. 1. Butun sonlar Butun qiymatli tiplarning barchasi quyidagi jadvalda keltirilgan: Bu sanab utilgan tiplar uzlarining qiymatlar kabul qilish oralig'i va xotiradan egallagan joyining katta yoki kichikligi bilan farqlanadi. Shuning uchun, o'zgaruvchilarning kabul kiladigan qiymatlarini katta yoki kichikligiga karab, yuqoridagi tiplardan mosini tanlash maqsadga muvofikdir. Endi shu tipdan foydalanishga doir quyidagi misolni ko'rib chikaylik: Berilgan m va n butun sonlari ustida quyidagi arifmetik amallar bajarish dasturini tuzing: mn,m-n,m*n. Umuman Paskal tilida dastur tuzish unchalik murakkab emas, hozir shuni amalda kursatamiz. Sistemali kavs (,)lar ichiga turli izox va tushuntirishlar yozib, ular bilan programmani jihozlaymiz. Programma sarlavxasini yozamiz Program Sonlar; Var programmada foydalanish mumkin bo'lgan barcha o'zgaruvchilar shu var so'zidan sung elon kilinadi m,n:integer; m va n o'zgaruvchilar o'rtacha kattalikdagi butun sonlar k1,k2,k3:integer;k1mn, k2m-n, k3m*n - bajarilgan arifmetik amallar natijasini xotirada saqlash uchun tanlangan butun ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.85 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.85 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga