Reja: Butun sonli tiplar Haqiyqiy sonli tiplar Belgili va qatorli tiplar Mantiqiy tiplar Yangi tiplarni loyihalash Programmaning umumiy ko'rinishi Metka(tamg'a)lar bo'limi O'zgarmaslar bo'limi Tiplarni aniqlash bo'limi Odatda, programmada ishlatiluvchi ma'lumotlar quyidagi tiplarning birortasiga tegishli bo'ladi: butun qiymatli tiplar, haqiqiy qiymatli tiplar, belgili va satrli tiplar, mantiqiy qiymatli va ko'rsatkichli tiplar. Umuman olganda, tiplarni ikkita guruhga ajratish mumkin: asosiy (yoki oddiy) va hosilaviy. Yuqorida sanab o'tilgan tiplar asosiy guruhga tegishli bo'lgan tiplardir. Hosilaviy tiplar esa, asosiy yoki hosilaviy guruhga tegishli tiplardan hosil qilinadi. Butun qiymatli tipga tegishli songa misollar: -1501, 0, 99. Butun qiymat qabul qiluvchi o'zgaruvchilarni ehlon qilish uchun Integer, ShortInt, Byte, LongInt va Word xizmatchi so'zlaridan foydalanish mumkin. Haqiqiy qiymatli tipga tegishli sonlarga misollar: 25.0956, 6.75, -321.936, 1.2E02, -3.57E-01 Haqiqiy (kasr) qiymatli tipga tegishli o'zgaruvchilarni ehlon qilish uchun Real, Single, Double, Extended va Com' xizmatchi so'zlaridan foydalanish mumkin. Hamma harflar, belgi va raqamlar, masalan A, b, , !, $, S belgili tipga tegishlidir. Belgili tipni qabul qiluvchi o'zgaruvchilarni ehlon qilish uchun Char xizmatchi so'zidan foydalanish mumkin. Belgilarning ixtiyoriy yig'ilmasi (ketma-ketligi) qatorlar deb ataladi. Misol 'Axmad', '$25', 'START'. +ator xatto bo'sh ham bo'lishi mumkin (' '). Bu tipdagi o'zgaruvchilarni ehlon qilish uchun String xizmatchi so'zidan foydalaniladi. Mantiqiy o'zgaruvchilar faqat True (rost) va False (yolg'on) qiymatlarining bittasinigina qabul qilishi mumkin. Bu tip o'zgaruvchilarini ehlon qilish uchun Boolean xizmatchi so'zi ishlatiladi. Ko'rsatgichlar ma'lumotlarning kompg'yuter xotirasidagi turar joyi (adresi)ni aniqlab beradi va ularni ehlon qilish uchun 'ointer xizmatchi so'zidan foydalaniladi. Hosilaviy tiplarni hosil qilish va ularni ehlon qilish yo'llarini kelgusi bo'limlarda to'liq tushuntirib o'tiladi. Yuqorida sanab o'tilgan tiplar haqida to'liqroq ma'lumotlar keltirib o'tamiz. 1. Butun sonlar Butun qiymatli tiplarning barchasi quyidagi jadvalda keltirilgan: Bu sanab o'tilgan tiplar o'zlarining qiymatlar qabul qilish oralig'i va xotiradan egallagan joyining katta yoki kichikligi bilan farqlanadi. SHuning uchun, o'zgaruvchilarning qabul qiladigan qiymatlarini katta yoki kichikligiga qarab, yuqoridagi tiplardan mosini tanlash maqsadga muvofiqdir. Endi shu tipdan foydalanishga doir quyidagi misolni ko'rib chiqaylik: Berilgan m va n butun sonlari ustida quyidagi arifmetik amallar bajarish dasturini tuzing: mn,m-n,m*n. Umuman Paskal tilida dastur tuzish unchalik murakkab emas, hozir shuni amalda ko'rsatamiz. Sistemali qavs (,)lar ichiga turli izoh va tushuntirishlar yozib, ular bilan programmani jihozlaymiz. Programma sarlavhasini yozamiz 'rogram Sonlar; Var programmada foydalanish mumkin bo'lgan barcha o'zgaruvchilar shu var so'zidan so'ng ehlon qilinadi m,n:integer; m va n o'zgaruvchilar o'rtacha kattalikdagi butun sonlar k1,k2,k3:integer;k1mn, k2m-n, k3m*n - bajarilgan arifmetik amallar natijasini xotirada saqlash uchun tanlangan butun tipli o'zgaruvchilar begin Paskal dasturi begin (boshlanmoq) so'zi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:08:04
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.11 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:08 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.11 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:20 ]
Arxiv ichida: doc