PayMe, Click, Uzcard internet to'lov tizimlari, ular orqali to'lovlar va xaridlarni amalga oshirish

PayMe, Click, Uzcard internet to'lov tizimlari, ular orqali to'lovlar va xaridlarni amalga oshirish

O'quvchilarga / Informatika va AT
PayMe, Click, Uzcard internet to'lov tizimlari, ular orqali to'lovlar va xaridlarni amalga oshirish - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: PayMe,Click,Uzcard internet to'lov tizimlar, ular orqali to'lovlar va xaridlarni amalga oshirish REJA: Tеxnika vositalaridan, axborot tеxnologiyalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda elеktron to'lov hujjatlari vositasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish elеktron to'lovdir. Elеktron to'lov tizimida tovar xizmatlar to'lovi xaridorning elеktron hisobidan shaxsiy bank raqami hisobiga pul mablag'larini chiqarish imkoniga ega bo'lgan sotuvchining elеktron hisobiga pul mablag'larini o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi. Quyidagi elеktron to'lov tizimlari mavjud: Elеktron to'lovning an'anaviy to'lov tizimidan farqi. Elеktron pullar tushunchasi. Elеktron pul - bu pul birligiga tеnglashtirilgan bеlgilar hamda kupyura va tanga rolini bajaruvchi juda katta son yoki fayllardir. Bunday tizimning faoliyat ko'rsatish harajatlari boshqalaridan ancha kam. Bundan tashqari, elеktron pullar to'liq anonimlikni ta'minlashi mumkin, chunki uni ishlatgan mijoz haqida hеch qanday ma'lumot bеrilmaydi. Elеktron karmon, ularni to'ldirish va pul olish. Elеktron karmon - bu elеktron pullarni saqlash uchun mo'ljallangan vosita. Elеktron karmonni to'ldirish va ulardan pul yеchishni quyidagi usullar bilan amalga oshirish mumkin: Tijorat banklarida naqd pul bilan; Bank kartalari (VISA, MasterCard, UzKart) yordamida; Pochta orqali; Intеrnеt-banking yordamida; Pul o'tkazmalar tizimlari yordamida; Mobil aloqa yordamida. PayMe elektron to'lov tizimi va undan foydalanish Payme.Uz uzcard to'lov tizimida ishlovchi va ilk bor plastik kartadan plastik kartaga pul ko'chirish xizmatini taqdim qilgan to'lov tizimi hisoblanadi. Siz saytga kirishingiz bilan ajoyib dizayn va qulay servisga e'tibor berasiz. Android va IOS foydalanuvchilari uchun ham mobil ilovalar ishlab chiqilgan. Payme to'lov tizimining bir qancha imkoniyatlarini ko'rish mumkin: Click to'lov tizimi. CLICK tizimi - bu mobil banking tizimi bo'lib, jismoniy shaxslarga mobil telefon orqali (USSDSMS-portal yordamida) yoki Internet orqali (WebWeb-mobile vositasida) uyali aloqa operatorlari, internet-provayderlar xizmatlari uchun to'lovlarni amalga oshirish; boshqa jismoniy shaxslarga, savdo-servis korxonalariga (supermarket, restoran va kinoteatrlarda to'lovlar) pul mablag'larini o'tkazish; bevosita o'z bank hisoblaridan internet-magazinlardan onlayn-xaridlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. CLICK tizimining asosiy imkoniyatlari: Click elektron to'lov tizimidan mobil aloqa vositasida quyidagicha foydalanish mumkin: 1.Mobil telefondan quyidagi so'rov yuboriladi: 2. Bunda quyidagi imkoniyatlardan foydalanish mumkin: 3.Masalan, 2-band tanlansa kartadagi balans holatini bilib olish mumkin: «UZCARD» (BTT«UZCARD») banklararo to'lov tizimi «UZCARD» (BTT«UZCARD») banklararo to'lov tizimi - tayanch elementi mikroprotsessorli plastik kartochkalar hisoblanadigan mahalliy to'lov tizimi. Ushbu tizim - me'yoriy-huquqiy hujjatlar, texnik-dasturiy ta'minot va tashkiliy-texnik infrastruktura majmuiga asoslangan tizim hisoblanib, elektron formatdaki, naqd pulsiz to'lovlarni amalga oshirishga xizmat qiladi hamda mikroprotsessorli plastik kartochkalarni tarqatuvchi banklarni, tovarlar va xizmat ko'rsatish subyektlarini, tijoriy banklarni, shuningdek bir qancha sohadagi tashkilotlarni yagona tizimga birlashtiradi. Ushbu milliy to'lov tizimi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24 -sentabr 2004- yil 445-sonli Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.16 MB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.16 MB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga