Photoshopda qatlamlar va ulardan foydalanish 11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani darsligi asosida 10-mavzu PhotoShopning bugungi kundagi muvaffaqiyati kalitlaridan biri bu uning qatlamlar bilan ishlay olishidir. Qatlam bu shaffof qog'oz bo'lib, PhotoShopda qatlamga qo'shimcha tasvir joylash mumkin. Qatlamlar ustma-ust joylashib, yaxlit bir tasvir hosil qiladi. Har bir qatlamdagi tasvirni boshqa qatlamdagi tasvirlardan alohida tahrirlash mumkin. Qatlamlardan biz yuqorida foydalangan edik. O'zbekiston mehmonxonasi suratiga to'rtta avtomashinani joylaganimizda ularning har biri alohida qatlamda joylashgan edi. Bu avtomashinalardan birortasining joyini o'zgar- tirmoqchi bo'lsak, u joylashgan qatlamni tanlab, undagi tasvirni surishning o'zi yetarli. Bunda boshqa avtomashinalar va mehmonxona surati o'zgarmaydi. PhotoShop suratga qo'shilgan yangi tasvirlarni avtomatik tarzda yangi qatlamga joylaydi. PhotoShopda bir vaqtda 50 dan ortiq qatlam bilan ishlash mumkin. Qatlamlar bilan ishlash uchun asosiy menyuning Слои (Qatlamlar) bo'limida joylashgan buyruqlardan foydalanish mumkin. Lekin Слои (Qatlamlar) palitrasidan foydalanish yanada qulay. Bu palitrani ekranga chiqarish uchun asosiy menyuning Okho (Oyna) bo'limidagi Слои (Qatlamlar) bandini tanlash yoki klaviaturada F7 funksional tugmasini bosish kerak. Qatlamlardan birinchisi fon deb ataladi. U boshqalaridan pastda turadi va uning joyini o'zgartirib bo'lmaydi. Boshqa qatlamlaming o'rnini almashtirish mumkin. Yuqorida turgan qatlamdagi tasvir pastdagilarini berkitib qo'yadi. Qatlamga niqob qatlam qo'shish mumkin. Qatlamning niqob bilan berkitilgan qismini o'zgartirib bo'lmaydi. Bu qatlamning bir qismini o'zgartirish kerak bo'lganda juda qulay. Tasvirda qatlamlar soni ortgan sari ular bilan ishlash qiyinlashadi. Bunday paytda bir necha qatlamni bitta guruhga birlashtirish va bu guruh bilan bitta qatlam bilan ishlagandek ishlash mumkin. Noutbuk va mehmonxona rasmlarini yuklab olamiz. Mehmonxona tasvirini to'liq ajratib (Ctrl+A qo'shtugmasi), undan nusxa olamiz (Ctrl+C). Noutbuk rasmiga o'tib, unga nusxani joylaymiz (Ctrl+V). Mehmonxona tasviri burchaklarida maxsus markerlar paydo bo'ladi. Ulardan birini sudrab, noutbuk ekrani burchagiga olib kelamiz (2-rasm). Mehmonxona tasvirining qolgan uchlaridagi markerlami sichqoncha bilan sudrab, kerakli joyga olib kelamiz (3-, 4-va 5-rasmlar). Yon oynadagi mototsiklchilarning tasvirini oddiy arqon yoki magnitli arqon uskunasi bilan ajratib olamiz. Klaviaturadagi Delete tugmasini bosib, ajratilgan bo'lakni o'chirib tashlaymiz Savol va topshiriqlar 1. Mehmonxona suratini boshqa suratdagi kompyuter ekraniga joylang. 2. Mehmonxona suratini boshqa suratdagi avtomashinaning yon oynasiga joylang. 3. Yon oynasida mehmonxona rasmi bo'lgan avtomobil rasmini suratdagi kompyuter ekraniga joylang. 4. Kublarni boshqa usullarda joylab, yangi tasvirlar yarating. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:08:04
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.76 MB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:20
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:08 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.76 MB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:20 ]
Arxiv ichida: pptx