Photoshopda tasvirning geometrik shakl ko'rinishidagi qismini ajratib olish

Photoshopda tasvirning geometrik shakl ko'rinishidagi qismini ajratib olish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Photoshopda tasvirning geometrik shakl ko'rinishidagi qismini ajratib olish - rasmi

Material tavsifi

11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani darsligi asosida 6-mavzu Photoshopda tasvirning geometrik shakl ko'rinishidagi qismini ajratib olish Word matn protsessorida matn bo'lagini ajratib olishni esga olaylik. Matn harf va boshqa belgilarning ketma-ketligi bo'lgani sababli, uning bo'lagini ajratish uchun bo'lakning birinchi va oxirgi belgilarini tanlash yetarli edi. Vektorli tasvirda ham uning bir qismini ajratib olish unchalik qiyin emas. Vektorli tasvirda, masalan, Wordda yaratilgan chizmada, bir nechtagina obyekt bo'lganligi sababli ulardan keraklilarini ketma-ket tanlab chiqish mumkin. Rastrli tasvirda uning bo'lagini ajratib olish u qadar oson ish emas. Unda bir necha milliongacha piksellar bor va ularni birma-bir tanlab chiqishning iloji yo'q. Shu sababli rastrli tasvirlarda ularning bir bo'lagini ajratib olish uchun bu bo'lak (soha) ning chegaralarini ajratib olish kerak bo'ladi. Bu amal ancha qiyin bo'lib, uni bajarish anchagina mahorat talab qiladi. Bu amalni osonlashtirish uchun PhotoShopda bir qator uskunalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, asosiy menyuning oltinchi bo'limi (Выделение - Ajratish) da tasvir bo'lagini ajratish uchun ishlatiladigan buyruqlar yig'ilgan. Tasvirni to'liq ajratib olish. Uni ofis ilovalaridagi kabi Ctrl+A (All - barchasi so'zidan olingan) qo'shtugma yordamida chaqirish mumkin. Bu amalni yana asosiy menyuning Выделение (Ajratish) bo'limining birinchi bandi Bce (Barchasi) ni tanlash bilan ham amalga oshirish mumkin. Tasvir- ning ajratilgan qismi chegarasida harakatlanadigan uzuq chiziq paydo bo'ladi. Ajratishni bekor qilish uchun Ctrl+D (Delete - olib tashlash) qo'shtug- masidan foydalanish yoki asosiy menyuning Выделение (Ajratish) bo'limining ikkinchi bandidagi Отменить выделение (Ajratishni bekor qilish) buyrug'ini tanlash mumkin. Ajratish uskunalari uskunalar panelida birinchi bo'lib joylashgan. Uning ustida sichqonchaning o'ng tugmasini bossak, bu tugmaga mos kelgan to'rtta uskuna ro'yxati ekranga chiqadi. To'g'ri to'rtburchakli soha uskunasi - to'g'ri to'rtburchak ko'rinishidagi sohani ajratish uchun ishlatiladi. Ellipssimon soha - ellips ko'rinishidagi sohani ajratadi. Gorizontal qator - piksellarning gorizontal satrini ajratish uchun xizmat qiladi. Vertikal qator - piksellarning vertikal qatorini ajratish uchun ishlatiladi. Soha ajratilgach, yana bir marta yangi soha ajratilsa, eski ajratilgan soha bekor qilinadi va o'rnida yangi ajratilgan soha paydo bo'ladi. Undagi ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi va beshinchi tugmalar mos ravishda hech qaysi tugmani bosmasdan, Shift, Alt va Shift+Alt tugmalarini bosib turib sohani ajratishga to'g'ri keladi. Oval ko'rinishidagi sohalami ajratish ham shu kabi amalga oshiriladi. Shuningdek, to'rtta ajratish uskunalaridan bitta murakkab sohani ajratishda ham foydalanish mumkin. Mashq sifatida quyidagi rasmdagi o'ngdan uchinchi daraxtni ajratib olamiz va Ctrl+C qo'shtugmasi bilan nusxalab, Ctrl+V qo'shtugmasi bilan rasmga qo'shamiz. Uni surib kerakli joyga o'tkazamiz. Savol va topshiriqlar 1. Tasvirni to'liq ajratib olish, ajratishni bekor qilish qanday bajariladi? 2. To'g'ri to'rtburchak, oval ko'rinishidagi soha qanday ajratiladi? 3. Ajratilgan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.71 MB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.71 MB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga