Porotsedura-funksiyalar va lokallashtirish prinsipi Reja: Protsedura-funksiyaning vazifasi va uning strukturasi Rekursiv funksiyalar Parametrlarni lokallashtirish prntsipi Protsedura-funksiyaning vazifasi va uning strukturasi Hajmi katta va murakkab programmalarni ishlab chiqishda, tabiiyki katta qiyinchiliklarga duch kelinadi. Katta, kompleks programmalarni zarur muddatda yaratishga bitta dasturchining esa vaqti etmaydi. Bunday xollarda, yani muhim ahamiyatga ega bo'lgan va qisqa muddatlarda yaratilish kerak bo'lgan programmalarni ishlab chiqish uchun dasturchilarning katta guruhini jalb etishga to'g'ri keladi. Bunday, yagona programmani yaratishdagi paralel ish olib borishda protsedura va funksiyalarning roli juda katta bo'ladi. Bajarilishi kerak bo'lgan ishni mustaqil bo'limlarga ajratilib, xar bir mustaqil ish alohida programmalanib, keyinchalik ular yagona - asosiy programmaga birlashtiriladi. Asosiy programmada ishlatiluvchi o'zgaruvchilar va protsedura parametrlarini qanday tanlab olish kerak degan muammo, bajariladigan ishning eng og'ir qismlaridan biri bo'lib koladi. Agar ularni bir-birlariga bog'lab yuborilsa u holda asosiy programmadagi biror o'zgaruvchiga kiritilgan o'zgartirish, protsedurada ishlatilgan va shu o'zgaruvchiga bog'lik barcha ishlarni qaytadan tahlil qilib, tekshirib chiqishga olib keladi. Bunday chalkash va og'ir ishni bajarishning qiyinligi programma tuzishda parallel, bir nechta dasturchining ish olib borishiga xalakit beradi. Shuning uchun, protsedura va funksiyalarni yozishda xar bir programmaga o'zi echayotgan masalaga muvofik holda, turli xil ichki o'zgaruvchilar, programmali obyektlar o'zgaruvchilarining turli qiymatlarini tanlab olish huquqi beriladi. Xattoki, bitta o'zgaruvchini turli xil vazifalarda ishlatsa xam bo'ladi. Paskal tilida bunday masalani xal qilish uchun lokallashtirish prinsipi ishlab chiqilgan, yani protsedura yoki funksiyada ishlatilgan o'zgaruvchi shu protsedura yoki funksiyaning ta'sir doirasida (ichida) gina o'z qiymatini saklab koladi. Protsedura va funksiyalarning ichida aniklanib, qiymatlangan o'zgaruvchilarni lokal (ichki) o'zgaruvchilar deb ataladi. tashqarida, yani asosiy programmada kiritilgan o'zgaruvchilar esa umuman olganda programmaning ixtiyoriy joyida o'z qiymatini saklab kola oladi. Bu o'zgaruvchilarni global (tashqi) o'zgaruvchilar deb ataladi. quyidagi misolda lokallashtirish prinsipi yakkol ko'zga tashlanadi: Program L1; const n k 1; var t: real; x: char; procedure P (x, y: real); var n: real; begin n:k xkt; t:ky; writeln( n, t, x); end; begin t:k nG'2; x:k 'k'; P(n,0.8); writeln(n,t,x); end. bu yerda t - asosiy programmaning global o'zgaruvchisi; x, y - R protsedurasining formal parametrlar; n - P protseduradagi lokal o'zgaruvchi. Matematika kursidan funksiya tushunchasi bizga yaxshi tanish bo'lib, uning yordamida funksiya va argument o'rtasidagi bog'liklik aniklanadi. Paskal tilida xam funksiya tushunchasi kiritilgan bo'lib, uni shartli ravishda ikki turga ajratsak bo'ladi: standart funksiyalar, dasturchi tomonidan aniqlangan protsedura - funksiyalar. Standart funksiyalar xar bir algoritmik til uchun aniklanib, amalda ko'p uchrab turuvchi funksiyalarning qiymatlarini hisoblab berishga mo'ljallangan. Masalan, sin(x), cos(x), exp(x), abs(x), sprt(x) va x.k. Xuddi standart funksiyalar ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:08:04
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.26 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:08 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.26 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:21 ]
Arxiv ichida: doc