Predmet soha infologik tavsiflash usullari axborot tizimlarini yaratish bosqichlari Axborot tizimlarni ishlab chiqishdan asosiy maqsad qisqa vaqt ichida foydalanuvchilar uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni chiqarib berishdan iborat. MB li axborot tizimlarni yaratish tizimli programma ta'minotini yaratishni usullaridan biridir. Hozirgi kunda axborot tizimlarni loyihalash xilma-xil usullari mavjud. Umuman olganda, axborot tizimni programma ta'minotini yaratish iteraktiv xarakterga ega. Axborot tizimlarni loyihalashni asosiy bosqichlari va ular orasidagi bog'lanish quyidagi chizmada keltirilgan: PS - predmet soha; ILM - infologik model; DLM - datalogik model; MFM - ma'lumotlarni fizik modeli; AT - axborot tizimi; AT loyihalashni 1 - bosqichida predmet sohasida mantiqiy axborot tuzilmasini quramiz. U PS ni va foydalanuvchini talablarini o'zida mujassamlashtiradi. Bunda biz aniq MBBT ga bog'lanmagan ravishda bu ishlarni bajaramiz, yani PS ni axborot-logik tavsifi bajariladi. Bu bosqich infologik model qurish bosqichi deb ataladi. MBBT vositasi yordamida ma'lumotlarni mantiqiy bog'lanishlarini tashkil qilish ma'lumotlar bazasini DLM ini bildiradi.bu model yordamida ma'lumotlar elementlari orasidagi mantiqiy bog'lanishlarni aks ettiradi. DLM ni ma'lumotlarni saqlash muhiti bilan bog'laydigan bosqich ma'lumotlarni fizik modeli deyiladi. Predmet sohasini tavsiflash usullari Hozirgi kunda PS ni tavsiflash uchun ko'p usullar mavjud. Shulardan biri obyekt-aloqa usulidir. Bu usulni bazan Ulman - Chen usuli ham deyiladi. PS ni mohiyat aloqa usulida tavsiflaganda quyidagi bosqichlarda i sholib boriladi: PS ni obyektlari aniqlanadi. obyekt sohalari (atributlari) belgilanadi va uning kalit parametri aniqlanadi. Kalit parametri obyektni identifikatsiyalaydi. obyektlar o'rtasida aloqa o'rnatiladi va ular sinflarga ajratiladi. Maxsus belgilar kiritilib, obyekt aloqa diagrammasi o'rnatiladi. Bu diagramma PS ning infologik modeli grafik tasviri hisoblanadi. obyektlarni identifikatsiyalash uchun yoki barcha aytganda kompyuter xotirasida yozuvlarning o'rnini aniqlashda ma'lumot elementi ishlatiladi. Bu elementni biz kalit deb ataymiz. Agar kalit obyektni bir qiymatli identifikatsiyalasa, u birlamchi kalit deyiladi. Aks holda ikkilamchi kalit deyiladi. Agar obyektlarni identifikatsiyalash uchun bir nechta atributlar talab etilsa, bunday kali tulangan kalit deb ataladi. Agar A va V guruhdagi obyektlar berilgan bo'lsa, ular orasidagi quyidagi mosliklar yoki munosabatlarni o'rnatishimiz mumkin: Birga - bir (1:1)munosabat. A va V obyektlar to'plami orasida 1:1 munosabat o'rnatilgan deyiladi, agarda A obyektning har bir nushasiga V obyektning bitta nushasi mos kelsa, va aksincha, V obyektning har bir nushasiga A obyektning bitta nushasi mos kelsa. Birga - ko'p (1:n) munosabat. A va V obyektlar to'plamida A obyektning har bir nushasiga V obyektning bir nechta nushasi mos kelsa, shu bilan birga V obyektning har bir nushasiga A obyektning bittadan ko'p bo'lmagan nushasi mos kelsa shunday munosabat hosil bo'ladi. Ko'pga - bir (n:1) munosabat A va V obyektlar to'plami ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:08:04
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
77.45 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:08 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
77.45 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:22 ]
Arxiv ichida: doc