Promt 98 dasturi - rasmi

Material tavsifi

Promt 98 DASTURI Reja: Promt 98 dasturining ishchi darchalari Avtomatik tarjima Lug'atlar bilan ishlash Lug'atni tanlash So'zlarni band qilish Lug'atlarni to'ldirish va sozlash Promt 98 dasturining qolgan sozlovlari Xulosa Rus tilidan ingliz tiliga va ingliz tilidan rus tiliga avtomatik tarjima qilish tizimlaridan Socrat va Stylus kabi dasturlar keng tarqalgan. Stylus, shubhasiz, tarjimada yana ham yuqori sifat va o'zgaruvchanlikni ta'minlaydi. Stylus dasturining so'nggi lahjasi o'z nomini o'zgartirdi va u endi Promt 98 deb ataldi. Promt 98 tizimi universal, shu bilan birga ixtisoslashgan lug'atlardan iborat boy tarkiblarni o'z ichiga olib, ulardan foydalanishni boshqaruvchi vositalarni o'z ichiga oladi. Bironta ham lug'atga kirmagan so'zlar tarjimasini mustaqil ravishda aniqlab, iste'mol lug'atida saqlaydi. Bundan tashqari, Promt 98 dasturi xususiy ismlar va tarjima qilish talab etilmaydigan boshqa so'zlar, masalan, qisqartma so'zlar bilan ishlash qoidalarini ko'rsatish imkonini ham beradi. Dasturning qo'shimcha imkoniyatlari fayllarning turkum tarjimalari, tekislanmagan matnlarning tezkor tarjimalari, shuningdek, Internetdagi Web sahifalarini sinxron tarjima qilish imkonini o'z ichiga oladi. Ushbu vositalar alohida ilova dasturlar sifatida amalda tatbiq etilgan. Promt 98 dasturining ishchi darchalari Promt 98 dasturi o'rnatilgandan so'ng bosh tavsiyanomada uni ishga tushirishga izn beruvchi punktlar paydo bo'ladi. Promt 98 interfeysi Windows 9x (bunda X-95, 97, 98, 200 larni bildiradi) amaliyot tizimi talablariga muvofiq amalga tatbiq etilgan (17.18-rasm). 17.18-rasm. Promt 98 ilova darchasi. Bevosita asboblar paneli ostida joylashgan qism ilova darchasining ishchi sohasi deb atalib, u bir necha sohachalarga bo'lingan. Ikkala asosiy zonalar boshlang'ich matn va uning tarjimasini o'z ichiga oladi. Ilova darchasining pastki qismida axborot paneli joylashgan. U foydalanilayotgan lug'atlarni aks ettirish va tanlash, tarjima qilinayotgan hujjatning dasturga noma'lum bo'lgan so'zlari ro'yxatini olish va tarjima qilish lozim bo'lmagan so'zlar ro'yxatini boshqarish uchun mo'ljallangan uchta qo'shimcha varaqadan iborat: Ilova darchasining pastki qismida tavsiyanoma satri ostida asboblar paneli joylashgan. Ular satrida hujjat bilan ishlash imkoniyatini beruvchi piktogrammalar ro'yxatidir. Promt 98 da ishni boshlash Promt 98 da ishlash uchun bu dastur xotiraga chaqiriladi va Создать piktogrammasi bosiladi (17.19-rasm): 17.19-rasm Natijada quyidagi ekran - Направление перевода (tar­ji­ma yo'nalishi) hosil bo'ladi (17.20-rasm). 17.20-rasm Biror tilda yozilgan matnni tarjima qilish uchun Направление перевода bandidan foydalaniladi. Bu yerda, masalan, rus tilidan ingliz tiliga tarjima qilish uchun Русско-Английский bandi tanlanadi va OK bosiladi. Bunda kompyuter avtomatik ravishda rus tilida yozilgan matnni ingliz tiliga tarjima qiladi va tarjima qilingan matn ekranning quyi qismida ko'rsatiladi. 17.21-rasmga qarang. Shuni aytish kerakki, kompyuter hozircha 100% to'la va aniq tarjima qila olmaydi, albatta. Lekin tarjima sifati oshib boruvchi dasturlar yaratilish jarayoni davom etmoqda. 17.21-rasm. Tarjima natijasi darchasi. Avtomatik tarjima ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 157.07 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:22 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 157.07 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga