Protsedura va funksiyalar

Protsedura va funksiyalar

O'quvchilarga / Informatika va AT
Protsedura va funksiyalar - rasmi

Material tavsifi

Protsedura va funksiyalar Reja: 1. Umumiy ma'lumotlar 2. Standart va biblioteka modullari 3. tashkil qilingan protseduralar va funksiyalar 4. Foydalanuvchining protsedura va funksiyalari Turbo Pascal tilida kismiy dasturlarni qo'llash protsedura va funksiyalar orqali amalga oshiriladi Protsedura - bu dasturning nomlangan kismi hisoblanib, uni nomi bilan chakiriladi va ular ustida ishlash yoki malum operatsiyalar bajarish mumkin. Protsedura strukturasi dastur strukturasiga o'xshash bo'ladi. Protsedura ifodada operant holatda uchrashi mumkin emas. Funksiya protseduraga o'xshash lekin ikki xil farqi bor, birinchisi funksiya chakirish tugmasiga skalyar qiymatlarini uzatadi va ikkinchisi, funksiyaning nomi ifodada operant sifatida katnashadi. Turbo Pascal tilining funksiya va protseduralari ikkita gruppaga bulinadi: foydalanuvchi tomonidan aniqlangan va ilgari mavjud bo'lgan protsedura va funksiyalar. Birinchisi foydalanuvchi tomonidan nomlanadi va chakiriladi. Ikkinchisi tilning tarkibiga kirib? uni fakat qo'yilgan nomi bo'yicha chakiriladi. Xamma standart vositalar maxsus biblioteka modullarida saqlanadi va ular sistema nomlariga ega bo'ladi. Protsedura protsedura nomi va protsedura tanasidan iborat bo'ladi. Standart biblioteka modullari Modul, System, Crt, Dos,Graph, Graph3, Overlay, Printer, Turbo3 Turbo Pascal 6.0 sistemasiga sakkizta modullar kiradi: System, Crt, Dos Graph, Graph3, Overlay, Printer, Turbo3 va Turbo Vision maxsus bibliotekasining System moduli oddiy holatda ulanadi, kolgan modullarni dasturchi USES rezervlashgan so'zi orqali ulashi mumkin. USES Crt, Dos, Printer; Xar bitta modulning vazifasini qisqacha ko'rib chiqamiz. System - Turbo Pascal 6.0; ning yuragi hisoblanib , unda kolgan xamma modullarning ishlashini taminlovchi dasturlar saqlanadi. Srt - displey adapterining ish rejimini urnatadi. Dos - moduli MS-DOS ning xamma manbalaridan foydalanish imkoniyatini beruvchi funksiya va protseduralarni o'z ichiga oladi. Graph3 - Turbo Pascal 3.0. ning standart grafik funksiyalarida foydalanish imkoniyatini beradi. Overlay - overley dasturlar tuzish vositalarini saklaydi. Rrinter - chop etish qurilmalariga tez utishni ta'minlaydi. Turbo3 - Turbo Pascal 3.0 versiyasi bilan maksimal moslikni ta'minlaydi. Graph - grafik imkoniyatlaridan foydalanishda SGA, YeGA, VGA, NYeRS, IBM 3270, MSGA i ATT6300 adapterlarining efektiv ishlashini ta'minlaydi. Turbo Vision - foydalanuvchining interfeysini yaratish uchun mujjal kism dasturlar bibliotekasi. System moduli dasturga aftomatik ulanadi, shuning uchun uning nomi USES bo'limida kursatilmaydi va uchun uning funksiya va protseduralaridan foydalanish mumkin. Maxsus kurilgan protsedura va funksiyalar Matematik funksiyalar, skalyar funksiya va protseduralar, tiplarni uzgartiruvchi funksiyalar, maxsus protsedura va funksiyalar. Arifmetik protsedura va funksiyalar Abs(X:realinteger):realinteger - X ni absolyut qiymatini hisoblash, natija tipi parametr tipiga mos. ArcTan(X:real):real - X radianga teng bo'lgan tangens burchagini hisoblash. Cos(X:real):real - kosinusni hisoblash, X parametri burchakni radianlardagi qiymatini beradi Exp(X:real):real - X eksponentani hisoblash. Frac(X:real):real - X ni kasr kismini hisoblash. Int(X:real):real - X ni butun kismini ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.36 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.36 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga