Proyeksion chizmachilik. Uch o'lchamli shakllar yasash

Proyeksion chizmachilik. Uch o'lchamli shakllar yasash

O'quvchilarga / Informatika va AT
Proyeksion chizmachilik. Uch o'lchamli shakllar yasash - rasmi

Material tavsifi

Proyeksion chizmachilik. Uch o'lchamli shakllar yasash Reja: Proyeksion chizmachilik. Uch o'lchamli shakllar yasash 1. Uch o'lchamli shakllar yasash 42-rasmda ko'rsatilgan detalning fazoviy ko'rinishini chizish usulini keltiramiz. 1. Bunday detalni chizish uchun avval uning old ko'rinishini chizib olish kerak. Buning uchun - Спереди tugmasi yordamida chizish maydoni frontal tekislika o'tkaziladi. 2. Detalning old ko'rinishida ikki xil oddiy elementlar - 11 ta kesma va 1 ta yoydan tashkil topgan. Avval kesmalarni so'ngra yoyni chizib olamiz. - отрезок tugmasi yordamida sichqoncha bilan ekranning ixtiyoriy joyida kesmaning birinchi nuqtasi (1) ko'rsatiladi, vertikal yo'nalish bo'yicha pastga qarab sichqoncha yurgizilib klaviaturadan kesma uzunligi 30 raqamini yozib Enter bosiladi. Bu bilan sichqoncha (2) nuqtaga o'tib oladi, ya'ni 1-2 nuqtalar orasidagi kesma chiziladi. Sichqoncha bilan chapga tomon yuriladi, gorizontal yo'nalish topilgach klaviaturadan kesma uzunligi 20 raqami kiritilib, Enter bosiladi (2-3 kesma chiziladi). So'ngra sichqoncha bilan pastga qarab vertikal yo'nalish tanlanib kesma uzunligi 15 raqami kiritilib 3-4 nuqtalar orasidagi kesma chizib olinadi. Va hokazo ketma-ket sichqoncha yordamida kesma yo'nalishi va klaviaturadan uning uzunligi kiritilib qolgan kesmalar ham chizib olinadi. 3. Detalning yoy qismini chizish uchun - Сопряжение tugmasidan foydalanish qulay. Buyruq tanlangach chizmadagi 1-2 va 11-12 kesmalarning yuqori qismlari ketma ket sichqoncha bilan ko'rsatilgach ular o'zaro yoy bilan tutashadi. Shu bilan detalning old ko'rinishining atrof chiziqlari butkul hosil bo'ladi. Bu usul bilan chizilgan chizma 11 ta alohida-alohida kesma va 1 ta yoydan iborat bo'ladi. Eslatma. Detalning old ko'rinishini bir yo'la - полилиния buyrug'i bilan ham chizib olish mumkin. Yuqorida keltirilgan usul singari 1 nuqtadan 12 nuqtagacha ketma-ket yo'nalish sichqoncha bilan ko'rsatilib va kesma uzunligi klaviaturadan kiritilib kesmalar chizib olinadi. So'ngra sichqonchaning o'ng tugmasi bosilib, paydo bo'lgan chaqiruv oynasida Дуга bo'limi tanlanadi va sichqoncha bilan 1 nuqtaga bosilib 12-1 nuqtalarni tutashtiruvchi yoy chiziladi. Enter tugmasi bosilib poliliniya chizish tugatiladi. 4. Aylana chizish uchun Круг buyrug'i tanlanadi. Aylananing markazini ko'rsatish uchun chizmadagi yoyga sichqoncha bilan yaqinlashib borsak, markazni ko'rsatuvchi + markeri paydo bo'ladi. Shu markerga (markazga) sichqoncha ko'rsatkichi bosiladi va klaviaturadan aylana radiusi yozilib Enter bosiladi. 5. Chizmaga hajm berish uchun uni uchinchi yo'nalish bo'yicha 40 birlikka o'stirish kerak. O'stirish buyrug'ini faqat bitta elementdan tashkil topgan yopiq konturli ob'yektga ko'llash mumkin. Chizilgan chizma konturi bir nechta alohida oddiy elementlardan (kesmalardan va yoydan) tashkil topgan. Bu kesmalar Область buyrug'i bilan bir butun sohaga aylantiriladi. - область buyrug'i bosilgach sichqancha ko'rsatkichi to'rtburchak belgini oladi. Chizmaning barcha elementi ko'rsatilib, Enter bosiladi. Chizma ikkita alohida yopiq konturli shaklga aylanadi (atrof chiziqlari va aylana). Eslatma. Agar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 109.85 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 109.85 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga