Qaror qabul qilish daraxti

Qaror qabul qilish daraxti

O'quvchilarga / Informatika va AT
Qaror qabul qilish daraxti - rasmi

Material tavsifi

Qaror qabul qilish daraxti Qaror qabul qilish daraxti - berilganlarning avtomatik tahlil metodlaridan biridir. Qaror qabul qilish daraxti yaratishning birinchi g'oyalari XX asrning 50- yillarida Xovlend(Novland) va Xant (Hunt), Merin (Marin) va Stounlarning (Stone) 1966 yilda chop qilingan kitobi «Yexperiments induction» bo'ldi. Qaror qabul qilish daraxti - xulosa qoidalarini ierarxik izchil strukturaga keltirish usulidir. Bunda har bir obyektga yechim beruvchi bittagina tugun mos keladi. Qaror qabul qilish daraxtidan foydalanishning afzalligi. Tezkor o'qitish (o'zlashtirish) jarayoni. Ekspert uchun o'z bilimini formalashtirish qiyin bo'lgan sohalarda qoidalarni hosil qilish imkoniyati. Tabiiy tilda qoidalarni ajratib olish. Intuitiv holda tushunarli bo'lgan sinfga ajratish modeli. Boshqa metodlar (statistika, neyron to'rlari) bilan taqqoslaganda yuqori aniqlikdagi prognoz (bashorat). Noparametrik modellar qurish. Bu va shunga o'xshash sabablarga ko'ra ,qaror qabul qilish daraxti metodologiyasi berilganlar analizi bilan shug'ullanuvchi mutaxassisning, amaliyotchi yoki nazariyotchi bo'lishidan qatiy nazar ishida muhim qurol hisoblanadi. Qaror qabul qilish daraxti berilganlarning intellektual analizni (data mining) quvvatlash sistemalari uchun ajoyib qurol hisoblanadi. Berilganlarning intellektual tahlili mo'ljallangan ko'pgina paketlarning tarkibiga qaror qabul qilish daraxtini qurish metodlari kiritilgan. Qaror qabul qilish daraxti quyidagi sohalarda amaliy masalalarni yechishda muvaffaqqiyatli qo'llaniladi: 1) Bank ishi. Kredit berilishida bank mijozining kredit to'lash imkoniyatini baholash. 2) Ishlab chiqarish. Mahsulot sifatini nazorat qilish (kamchiligini aniqlash), obyektga ziyon etkazmasdan sinov o'tkazish, (masalan, payvandlash sifatini tekshirish) va boshqalar. 3) Meditsina. Har xil kasalliklarni tashxis qilish. 4) Molekulyar biologiya. Aminokislotalar tuzilishi. 5) Berilganlarni tavsiflash. Qaror qabul qilish daraxti berilganlar haqidagi ma'lumotni ixcham ko'rinishda saqlash imkonini beradi. Informatsiyalar o'rniga biz qaror qabul qilish daraxtini saqlashimiz mumkin, chunki, u obyekt haqida aniq ma'lumot beradi. 6) Turkumlarga ajratish (Sinfga ajratish). Qaror qabul qilish daraxti obyektlarni sinflarga ajratish masalasini alo darajada bajaradi, obyektni avvaldan malum sinflardan biriga kiritadi. 7) Regressiya. Agar maqsad o'zgaruvchisi uzluksiz kattalik bo'lsa, qaror qabul qilish daraxti maqsad o'zgaruvchining boshqa o'zgaruvchiga bog'lanishini aniqlashga imkonini beradi. Qaror qabul qilish uchun aniq sondagi savollarga javob berish kerak. Buning uchun tomonlar orasidagi savol-javob protsessini tashkil qilish kerak. Bu yerda savol-javob protsessini ikki hil variantda tashkil qilish mumkin: savollarning soni va manosi qayd qilingan ( masalan, psixologik testlar); - qachonki har bir navbatdagi savol, undan oldingi savolning javobiga qarab aniqlanadi. EXMni savol-javob protsessini avtomatlashtirish nuqtai-nazaridan 2-variant o'zinig tafakkur elementlari borligi bilan qiziqarlidir. Savol-javob tizimini tadbiq qilish yondashishlaridan biri qaror qabul qilish daraxtini qurishga asoslangan. Qaror qabul qilish daraxti - bu qandaydir yo'naltirilgan grafik yoylar bilan tutashtirilgan tugunlardan tashkil topgan. Har bir tugun «savol» yoki «javob» tuguni hisoblanadi. Har bir «savol» tugunidan kamida ikkita yoy ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 344.67 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 344.67 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga