Qaror qabul qilish texnologiyasi Reja: 1. Qarorning asosiy shakllari. 2.Qaror qabul qilish tushunchasining mohiyati va subyektlari. 3. Qaror qabul qilishda tanlov. 4.Qaror qabul qilish jarayoni bosqichlari. 1. Qarorning asosiy shakllari Qaror, vujudga kelgan muammoni bartaraf etishi uchun normativ talablarga mos tushishi bilan birga aniq shaklga taalluqli bo'lishi shart. Qarorning asosiy shakllari: yakkaboshchilik prinsipi asosida qabul qilingan qarorlar; kollegiallik (ko'pchilik fikri) asosida qabul qilingan qarorlar; konsesus prinsipi asosida qabul qilingan qarorlar; - «Ringli» usul asosida qabul qilingan qarorlar. Qarorni kaysi turga taalluqligidlan kat'iy nazar, ularda normativ talablar saqlangan bo'lishi lozim. Bular quyidagilardan iborat: Qarorning samaradorligi.Tanlangan alternativa muammoli vaziyatni konstruktiv bartaraf etishni ta'minlashi va ehtimol tutilganlardan eng yaxshisi bo'lishi kerak. Qarorning asoslanganligi.Qabul qilinayotgan alternativa nafaqat real vaziyatning xususiyatlarini adekvat aks ettirishi va uni bartaraf etishning konkret yo'llarini ko'rsatishi, balki shu qaror bilan aloqador odamlarga ham tushunarli bo'lishi kerak. Qarorning o'z vaqtidaligi. Absolyut tug'ri qarorning o'zi yo'q. Har qanday qaror u yoki bu davrda yuzaga keladigan, harakatchan va bir-birlarini almashtirib turadigan vaziyatlar vaqtida tug'ri bo'lishi mumkin. SHuning uchun o'z-o'zicha to'g'ri qaror o'z vaqtida emasligi - kechikkanligi yoki vaqtidan ilgariroq qabul qilinganligi oqibatida xato qaror sifatida baholanishi mumkin. Qarorning bajarish imkoniyati. Har qanday yaxshi, asoslangan, o'z vaqtidagi qaror ham agar amalga oshirilmasa befoyda qarorga aylanadi. Bu holda ba'zida fikran (mavhum) yaxshi qaror varianti bilan real - bajariladigan variantlar o'rtasida guyoki kompromiss variant sifatida ijro etiladi (oilada, ishxonada qarorning oldingi variantini o'zgartirib kelishuvchanlikka borish holatlari). Qarorning konkretligi va reglamentligi. YAxshi qaror nafaqat muammoli vaziyatdan chiqishning umumiy - prinsipial yechimini beradi, balki bu qarorni amalga oshirish va harakatlar ketma-ketligini - ya'ni rejasini xam o'z ichiga oladi. Bu holat qaror ijrosini nazorat qilish va shu orqali muammoga konstruktiv yondashish imkonini beradi. Qarorda qat'iylik va egiluvchanlikka amal qilganligi. Agar qaror qabul qilindimi, u bajarilishi kerak, degan qoida bor. SHuning uchun ham qabul qilingan qarorni bajarilishida (ish faoliyatidami, oiladami) qattiklik namoyon qilinishi kerak. SHu ma'lumki, ba'zi hollarda qabul qilingan qarorning xatoligini payqab qolamiz (rahbarlik faoliyatida tez- tez uchrab turadi). Bunday hollarda zahiradagi variantlar ishga tushishi orqali xatoni tug'rilash mumkin bo'ladi. Qarorda cheklovchi omil prinsipini inobatga olinganligi. Bunda bir nechta alternativalar ichidan muhimi tanlab olinayotganda odam cheklovchi yoki hal qiluvchi omillarga e'tibor berib, ularni aniq anglashi kerak. 2.Qaror qabul qilish tushunchasining mohiyati va subyektlari Qaror qabul qilish ko'proq uni qabul qiluvchi kishi va uning psixologik xususiyatlariga, shuningdek uning atrofidagi obyektiv shart sharoitga, ko'pincha bog'liq bo'ladi. Qaror qabul qilish jarayoniga ta'sir etuvchi omillarni ikki yirik guruhga ajratish mumkin: SHaxsga bog'liq (subyektiv) ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:13:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.55 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:22
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:13 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.55 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:22 ]
Arxiv ichida: docx