Qaror qabul qilishda jarayonida model va modellashtirish

Qaror qabul qilishda jarayonida model va modellashtirish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Qaror qabul qilishda jarayonida model va modellashtirish - rasmi

Material tavsifi

Qaror qabul qilishda jarayonida model va modellashtirish Reja: Model tasnifi. Tizimli tahlilda modellashtirish. Moddelashtirish jarayonining bosqichlari 1. Model tasnifi. Model atamasi o'ta ko'p sonli talqinlarga ega. Eng umumiy ko'rinishda biz modelning quyidagi ta'rifiga tayanamiz. Model - bu asliyat (prototip) bilan o'xshashlikka ega bo'lgan va asliyatning xatti-harakatini tasvirlash vayoki izohlash vayoki bashoratlash vositasi bo'lib xizmat qiladigan obyektdir. Asliyatning barcha xossalarini emas, balki tadqiqot uchun ahamiyatli bo'lgan soddalashtirilgan qiyofasini berish modelning eng muhim sifatidir. Murakkab tizimlar bajariladigan jarayonlar (vazifalar), tuzilma hamda zamondagi xatti-harakati bilan xususiyatlanadi. Ushbu jihatlarni munosib tarzda modellashtirish uchun axborotlashgan tizimlarda bir biri bilan kesishuvchi funksional, axborotlashgan va xatti-harakat modellari farqlanadi. Tizimning funksional modeli tizim tomonidan bajariladigan vazifalar majmuini tasvirlaydi, tizim morfologiyasini (uning tuzilishi) -funksional tizimchalar tarkibi, ularning o'zaro aloqalarini xususiyatlaydi. Axborotlashgan model tizimning ma'lumotlar tuzilmasi (tarkibi va o'zaro aloqasi) ko'rinishidagi unsurlar o'rtasidagi munosabatlarni aks ettiradi. xatti-harakat (hodisaviy) modeli axborotlashgan jarayonlarni (faoliyat ko'rsatish sur'atini) tasvirlaydi, unda tizimning holati, hodisa, bir holatdan boshqasiga o'tish, o'tish sharti, hodisalar izchilligi singari kategoriyalar mavjuddir. Murakkabligi, katta moddiy xarajatlar talab qilishi, mislsizligi, tajriba o'tkazishning davomiyligi singari qator sabablarga ko'ra tabiiy tajribalar o'tkazishning imkoni bo'lmagan tizimlarda modellashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan, tinch zamonda urush qilib bo'lmaydi, tizimlarning ayrim turlarini tabiiy sinovdan o'tkazish ularni bo'zish bilan bog'liq bo'lishi mumkin, boshqaruvning murakkab tizimlarini tajribada tekshirib ko'rish uchun o'zoq vaqt zarur va h.k. Modellar qo'llaniladigan uch asosiy sohani: o'qitish, ilmiy tadqiqotlar, boshqaruv tizimlarini ajratib ko'rsatish mumkin. O'qitishda modellashtirish yordamida turli obyektlarni aks ettirishning yuksak ko'rgazmalilik darajasiga erishiladi va bular haqidagi bilimlarni yetkazib berish osonlashadi. Bular asosan tizimni tasvirlash va izohlashga imkon beradigan modellardir. Ilmiy tadqiqotlarda modellar nazariya va amaliyot rivojini ta'minlagan holda yangi axborotni qayd qilish va tartibga solish imkonini beradi. Boshqaruvda modellar qarorlarni asoslash uchun qo'llaniladi. Bunday modellar tizimlarni ham ta'riflashni, ham izohlashni, ham ularning xatti-harakati oldindan aytilishini ta'minlashi lozim. Qora quti modeli. Tizim tarkibi modeli. Tizim tuzilmasi modeli. Tizimni tasvirlashning eng sodda va mavhum darajasi qora quti modelidir. Mazkur holatda ajratib olingan tizim muhit bilan kirish va chiqishlar majmui bilan bog'liqligi faraz qilinadi. Modelning chiqishlari tizim faoliyati natijalarini, kirishlar esa zahiralar va cheklanishlarni tasvirlaydi. SHu asnoda tizimning ichki mazmuni to'g'risida biz xech narsa bilmaymiz va bilishni istamaymiz deb taxmin qilinadi. Model bu holatda uning ikki muhim xossasi: yaxlitligi va muhitdan alohidaligini aks ettiradi. Qora quti ichki tuzilmasini yanada mayda qismlarga (tizimchalar, alohida unsurlarga) parchalash tizimlar tarkibi modelini yaratishga imkon beradi. Qora quti modeli osonligi va soddaligi bulardan foydalangan holda ko'plab amaliy vazifalarni hal qilishga imkon beradi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.59 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:22 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.59 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga