Qaror tushunchasi va maqsadi, vazifalari Reja: 1.Qaror tushunchasi va unga oid ilmi yondashuvlar. 2.Qarorning maqsad va vazifalari. 1. Qaror tushunchasi va unga oid ilmiy yondashuvlar. Qaror-faoliyatni amalga oshirish uchun shart bo'lgan vazifa (topshiriq)ning aniq bir tartibi (mezoni)ni belgilab berish uchun mutaxassis (rahbar) tomonidan bildirilgan xulosaviy munosabat hisoblanadi. Pedagogik faoliyat tizimida qaror, mazmuniy to'zulishiga karaganda milliy ta'lim-tarbiya mafaatini himoyalashga, takomillashtirishga qaratilgan bo'lishi lozim. Nazariy tahlillar va kiyosiy sharhlarning xulosalariga qaraganda qarorlarning maqbul (etalonli) variantlari mavjud emas. Bo'lishi xam mumkin emas. Negaki har qanday qarorda aniq maqsad, manfaat vaqt va makon jihatlari bo'yicha o'z aksini topgan bo'ladi. SHu sababli, nazariy jihatdan qarorni nazariy strukturaviy modelini keltirish mumkin (5-chizma). Pedagogik jarayonni boshqarish uchun qarorning makbul varianti, ya'ni ta'lim oluvchi, ta'lim beruvchi, ta'limli axborot, ta'limli vaziyat, ta'lim maqsadi, ta'lim muassasasining strategik vazifasi kabi xossaviy manfaatdorlik o'z aksini topgan bo'lishi lozim. Bu holat o'z navbatida, qaror qabul qilishga doir nazariyalarni keltirishni takozo etadi. Bu kunga qadar, qaror qabul qilishga doir ikki xil yondashuv ma'lum. Bular: normativ yondashuv; deskriptiv yondashuv. Normativ yondashuv tamoyillari aosida, qaror qabul qilish jarayonlarini subyektiv, psixologik omillardan abstraktlashgan holda tadqiq etish talab etiladi. Deskriptiv yondashuv tamoyillari bo'yicha esa, aksincha, qaror qabul qilishda ushbu omillar asosiy hisoblanib, ularning ta'sir darajasi qarorning mazmunini belgilab beradi. Bizningcha, ta'lim-tarbiya tizimi uchun bu yondashuvlarning sintezlashgan variantlaridan foydalanish lozim. CHunki, qaror qabul qilishga tashkiliy, huquqiy, psixologik, resurli va vaziyatli kabi omillar bevosita ta'sir kursatadi. Faqatgina resursli omilning zamirida vaqt, bilim, axborot, mablag', mutaxassisning tayyorgarligi kabilar ifodalanganligini inobatga olsak, ularni ta'sir darajasini aloxiada sharhlash shart emas. Qaror qabul qilish: 2.1 chizma. Qarorni nazariy strukturaviy modeli. Qarorda uni bajarishi lozim bo'lgan xodimlarning vazifalari aniq belgilanadi hamda qarorni bajaruvchilarga topshiriqlar beriladi Psixologik omilning zamirida esa hissiyot, manfaat, joriy funksional holat, munosabat, tasavvur kabi xossalar mujassamlashgan bo'ladi. Boshqaruvda, shu jumladan strategik boshqaruvni amalga oshirish borasida xavf, xatar va tahdidlar turli ko'rinishlarda zamonaviylashuvi, intellektuallashuvi natijasida yangicha yondashuvni talab etmokda. Bu, o'z navbatida, boshqaruv masalasi bilan bog'lik bo'lgan tashkiliy, uslubiy muammolarni aniq ta'limotlar asosida o'rganishni takozo etadi. Boshqaruv deb, belgilab olingan anits matssadga muvofiq, u yoki bu natijaga erishishuchun institutsional tarzda tartibga keltirishga, barpo etishga, takomillashtirishga, qisqartirishga yoki obyekt tuzilishini o'zgartirishga qaratilgan, subyektning obyektga turli ko'rinish va darajalarda ta'sir etish jarayoniga aytiladi 25. SHu o'rinda ta'kidlash lozimki, boshqaruv nazariyasini turli jihatlari asosida tasniflash mumkin, ammo amaliyot manfaatidan kelib chikkan holda uning mazmundorligini inobatga olib ikki darajaga ajratish maqsadga muvofiq: boshqaruvning birinchi darajasi, jamiyat rivojlanishining turli davriy bosqichlarida institutlar faoliyat mexanizmini aniq tushuntira olishga kodir ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:13:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.76 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:22
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:13 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.76 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:22 ]
Arxiv ichida: docx