Qarorlar qabul qilish asoslari Reja: Qarorlar qabul qilish asoslariga mazmunli kirish Tizimlarni holatli modellashtirishtirish Qarorlar qabul qilish - bu mumkin bo'lgan ko'rilayotgan variantlardan birini tanlash. Qarorlar qabul qilish masalalarining sinflanishi har xil belgilariga ko'ra olib boriladi: axborotni aniqlanish darajasi; axborot olish uchun tajribadan foydalanish; qarorlar qabul qiluvchi shaxslarning soni; qaror mazmuni; qarorning yo'nalishi. Qarorni tanlash qaror qabul qilish jarayonining eng mas'uliyatli va so'nggi bosqichidir. Samaradorlik mezoniga, strategiyalar va boshqarish faktorlariga bog'liq ravishda optimallashning mos usullari tanlanadi. Chiziqli va dinamik dasturlash usullari; Ommaviy xizmat masalalari nazariyasi usullari; Imitatsion (taqlidiy) modellashtirish usullari; O'yinlar nazariyasi usullari; Jadvallar nazariyasi usullari; Tarmoqli rejalashtirish va boshqarish usullari; Ko'p mezonli (vektorli) optimallash usullari. Qarorlar qabul qilish modellarida har xil jarayonlardan foydalaniladi. Xususan, eng oddiy va samaradorlilari qo'yidagilar: Matematik dasturlash usullari; Egri chiziqli farqsizlanish usullari; Afzallikning aniq va aniqmas munosabati asosida muqobillik (alternativ)larni ko'p mezonli tanlovi; Variantlarni ketma-ket baholash va keyingilarini hisobdan chiqarish; obyektlarni ko'p o'lchamli ranjirlash (shkalalash) va boshqalar. Qaror qabul qilishning umumiy jarayoni qo'yidagi bosqichlardan iborat bo'lishi mumkin: Muammo va muhit tahlili; Masalaning qo'yilishi; Masalani yechish usulini tanlash yechimni baholash usulini tanlash (adaptatsiya, ishlab chiqish); Masalani yechish; Natijani tahlil qilish izohlash. Jiddiy qarorlar qabul qilishning (investirlash muammolarida, harakat, rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda va boshqalarda) samarali mexanizmlaridan biri zamonaviy tahliliy qayta ishlash vositalari va axborotni vizuallash vositalari hamda ekspert guruhlar faoliyatini qo'llab quvvotlovchi texnologiyani birlashtiruvchi qarorlar saqlashning axborot tizimlari (QSAT) dan (ISPR- informatsionnix sistem podderjki resheniy yoki Decision Support Systems) foydalanishdir. QSAT qo'yidagi rejimlarda ishlashi mumkin: joriy axborotga ega bo'lish va katta bo'lmagan negativ hodisalarning jamlanishini ogohlantirish maqsadida muammoli monitoring va axborotni faollashtirish (hokimiyat organlarini, boshqarish obyektlarini va boshqalarini); Reja-tahliliy rejim -qaralayotgan qarorni, oldindan belgilangan sssenariy bo'yicha materialni uzatish, uni keng ligi va chuqurligi bo'yicha tahlil qilish uchun namoyish qilib, qo'llab-quvvatlash va qabul qilish maqsadida muammoli holat bo'yicha tahliliy ma'ruzalarni reja bo'yicha tinglash va muhokama qilish; Favqulodda rejim - axborotning operativ monitoringi, favqulodda holatlarga ta'sir etuvchi negativ faktorlarni kamaytirish maqsadida oldindan ko'rilmagan, vafqulodda muammolar bo'yicha qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini nazorat etish. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:13:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.69 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:13 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.69 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:22 ]
Arxiv ichida: doc