Qarorni ishlab chiqishda va holatlarni baholashda Delfi, so'rov, intervyu usullarini va o'xshatishli (imitatsiya) modellashtirish va ishbilarmonlar o'yinini qo'llash Reja: 1.Delfi usuli - integratsion muolaja 2.Uzatishli modellashtirishni qo'llash shart-sharoitlari 3.Model, o'xshatish tushinchalari. 4.Ishbilarmonlar o'yini. 1.Delfi usuli - integratsion muolaja Ishlabchiqarish vaziyatlari uchun xos bo'lgan axborot yetishmovchiligi sharoitida qaror qabul qilishda malakali mutaxassislar fikrini jamlash usuli deb ataladi. Delfi usuli- bu har bir ekspertning fikrini qolgan ekspertlar tomonidan kritik tahlil qilishga asoslangan integratsion usul bo'lib uni qo'llash tartibi quydagicha: -rahbarhar bir ekspert oldiga Indvidual masala va ularni fikrini oladi; - ekspertlarning fikrlari (baholari) o'sish tartibida jadvalga joylashtiriladi; -baholar shkalasida ekspertlar soni va baholar to'rtta teng qisimlarga bo'linadi; -har bir guruh a'zosiga indvidual holda ma'lumotlar beriladi va ma'lumotlar bo'yicha o'zining fikrini (bahosini) qayta ko'rib chiqish taklif etiladi; -ikkinchi turning natijalari va yangi qiymatlar barcha ekspertlarga xabar beriladi. Aytaylik 12 kishidan iborat ekspertlar guruhiga ma'lum bir tadbirning bajarilishi davomiyligini baholash vazifa qo'yilgan bo'lsin, masalan korxonani rekonstruktsiyalash. Yuqoridagi tartib bo'yicha quydagi ketma-ketlikda ish olib boriladi: 1.Rahbar har bir ekispertning oldiga ushbu masalani qo'yb shaxsan ularni bahosini oladi. 2. Ekisperlar bahosi o'sish tartibida joylashtiriladi. 3.Baxlash shkalasida Q1=12,5; Q2=M; Q3 bunda ekspertlar va baholar soni teng to'rt ulushga bo'linadi. guruhlarning har bir a'zosiga alohida holda quydagi ma'lumotlar havola qilinadi: Q1=12,5; Q2=M=17; Q3=2,15 o'rni va baholarini qayta ko'rib chiqish taklif qilinadi, shu bilan birgalikda agar yangi baho Q1dan kichik yoki Q3dan katta bo'lsa, ekspertga o'z fikrini yozma ravishda asoslash taklif qilinadi. Ikkinchi tur natijalar aniqlanadi: Q'1, M', Q'3 larning yangi qiymatlari aniqlanib barcha ekspertlarga e'lon qilinadi. Qoidaga ko'ra 3-4 marta davom etadi, so'ngra esa ekspertlarning argumentlari takrorlanadi, baholarning variatsiyasi esa barqarorlashadi. guruhning fikri sifatida yakunlovchi turning medianasi qabul qilinadi, yani (Q2)3= M3. Delfi usulining aniqligi ekspertlar sonini va iteratsiyalar miqdori ko'payishi bilan ortib boradi. Turlar va javoblar orasidagi vaqt oraligi ko'payishi bilan qisqaradi.Ushbu metodning afzalligi - boshqariluvchan aloqa, ananimlik, baholash imkoniyati, ekspert fikrlari matevatsiyasi. Usulning asosiy kamchiligi- birinchi turdan keyingi iteratsiyalarda ekspertlarning baholariga ko'pchilik fikrining ta'sir qilishidir. O'yinlar usullari- axborot tanqisligi sharoitda qaror qabul qilish usullaridan biri o'yinlar nazariyasi va statistik qarorlardan foydalanib bozor ishlab chiqarish yoki boshqa holatlarni tahlil qilishdir. Holatni matematik tahlil qilish uchun, o'yin deb ataladigan, ikkinchi darajali detallardan tuzilgan, uning soddalashtirilgan modeli yasaladi. O'yinda tomonlar faoliyat ko'rsatadilar va ularning mumkin bo'lgan strategiyasi, ya'ni o'yin jarayonida vujudga kelgan, vaziyatga qarab, ma'lum harakatlarni buyruq qilingan, qoidalar majmuasi ko'rib chiqiladi. Odatda, o'yinda ikki taraf qatnashadi va bunday o'yin juftlik deb ataladi. Agarda real vaziyatda qarshilik ko'rsatayotgan tomonlar ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:13:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.55 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:13 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.55 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:23 ]
Arxiv ichida: doc