Qarorning turlari, qabul qilish vaziyati va tamoyillari Reja: Qarorning turlari. Qaror qabul qilishdagi vaziyat. Qaror qabul qilishning asosiy tamoyillari. 1. Qarorning turlari. Yuzaga kelgan vaziyatni (muammoni, holatni) boshqarish maqsadida qabuli qilinadigan qarorlar variantidan maqbul variantni tanlash lozim bo'ladi. Bu jarayonni samaradi kechishi uchun qarorlarning klassifikatsiyasini amalga oshirish lozim Qarorlarni quyidagi belgilarga asosan klassifikatsiyalari mavjud: 1. Qamrab olish kengligiga qarab - umumiy va xususiy qarorlar. 2.Ta'sir muddati va kelgusi qarorga ta'sir ko'rsatish darajasiga qarab - operativ, taktik va strategik qarorlar. 3.Funksional belgisiga ko'ra - rejalashtirishni, tashkil-lashtirishni, motivatsiya hosil qilishni, nazoratni mukammallashtirishga yo'naltirilgan qarorlar. 4. Mazmuniga ko'ra - siyosiy, texnik, texnolgik qarorlar. 5.Yangilik darajasiga ko'ra - oddiy (rutin), standart, ijodiy, universal qarorlar. 6.Aniqligi darajasiga ko'ra - muammo aniq sharoitda qabul qilinadigan, tavakkalchilik sharoitida, noaniqlik sharoitida qabul qilinadigan qarorlar. 7.Shaxsning intellektual yoki emotsional -irodaviy sohasiga yo'nalganligiga ko'ra - intellektual, irodaviy va emotsional qarorlar. Shu asnoda qaror qabul qilayotgan shaxsning individual xususiyatlari, qarorda o'z aksini topishi mumkin. Qarorda quyidagi psixologik xossalar ifodalangan bo'ladi: muvozanatlashgan; impulsiv; inert; tavakkalchi; ehtiyotkorona qarorlar bo'lishi mumkin. 8. Qaror qabul qilishda ishtirok etadigan odamlar soniga ko'ra individual va guruhiy qarorlar bo'lishi mumkin. Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil mohiyatga va mazmunga ega bo'lgan minglab qarorlar qabul qilinadi. Ularni quyidagi belgilar bo'yicha guruhlarga bo'lish mumkin (1-jadval). 1-jadval Boshqaruv qarorlarining strukturaviy tasnifi Qarorlar funksiyasi va istiqbolga qaratilganligi bo'yicha turlarga bo'linadi. Bund quyidagi klassifikatsiyani keltirish mumkin: Strategik qaror - maqsadga erishishda muhim ahamiyatga ega. Strategik qarorlar asosiy muammolarni hal etishda maqsadli dasturlarni ishlab chiqishda ishlatiladi. Ular o'zoq vaqtga, odatda bir necha yilga mo'ljallangan va strategik masalalarni hal etilishida ishlatiladi. Shuning uchun uni istiqbol rejasi deb yuritishadi. U yuqori boshqaruv organlari tomonidan tub va istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish maqsadlarida qabul qilinadi. Bunday dasturlarga: -xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish. -raqobat muhitini shakllantirish. -chuqur tarkibiy o'zgarishlarga erishish. -kichik va o'rta biznesni rivojlantirish kabi dasturlar misol bo'la oladi. Taktik qarorlar - maqsadga erishishning vosita va usullari xususidagi joriy, tezkor qarorlardir. Taktik qarorlar (joriy, tezrok) joriy, maqsad va boshqa masalalarni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lib, bu kabi qarorga misol tariqasida korxonani rejalashtirishni, kadrlarga tegishli masalalarni yechish va boshqalarni ko'rsatish mumkin, ular oliy va o'rta saviyadagi rahbarlar tomonidan bir yildan ikki yilgacha bo'lgan davrga qabul qilinadi. Mazkur qarorlar yuqori va o'rta bo'g'in rahbarlari tomonidan o'zog'i bilan ikki yilgacha bo'lgan muddatga qabul qilinadi. Umumiy qarorlar - bir xil muammoga daxldor bo'lib, barcha bo'g'inlar uchun birdek amal qiladi. Masalan, ish kunining boshlanishi va tugashi, tushlik vaqti, ish haqini to'lash muddatlari va ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:13:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
94.66 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:23
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:13 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
94.66 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:23 ]
Arxiv ichida: docx