Qatlamlar. Qatlam asosida loyihalash

Qatlamlar. Qatlam asosida loyihalash

O'quvchilarga / Informatika va AT
Qatlamlar. Qatlam asosida loyihalash - rasmi

Material tavsifi

Qatlamlar. Qatlam asosida loyihalash Reja: Qatlam (Sloy) tushunchasi. Qatlam yaratish va ob'ektni qatlamga berkitish. Qatlamlarni tahrirlash. Qatlam tushunchasi. AutoCAD dasturida muhandislik loyihalarini bajarishning qulay imkoniyatlaridan biri chizmaning har bir jarayonini qatlamlar asosida bajarishdir. Xususan murakkab loyihalarni bosqichlarga bo'lib, har bir bosqichni alohida qatlamga joylashtirish, chizmalarni tuzishda muhandis-loyihachini chigallik va chalkashliklardan xoli etadi, loyiha jarayonini esa ijod maydoniga aylantiradi. Qatlam - bu shaffof chizma muhiti bo'lib, unda ob'ektlar ma'lum bir xususiyatlarga ega bo'ladi va boshqa qatlam muhitiga tegishli bo'lmaydi. Qatlamlar asosida yaratilgan loyiha shaffof kal'ka yoki plenka qog'ozlarida bajarilgan chizmalarni eslatadi (Tasvir 1). Ya'ni ushbu chizmalar ustma-ust joylashtirilsa barcha chizmalar bir butun loyihani tashkil etadi (Tasvir 2). Tasvir 1 Albatta bunday loyihani ko'rinishi va undagi chizmani o'qish noqulaylik va tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin, lekin AutoCAD dasturi bunday loyihalarni bevosita tahlil eta oladi va har bir qatlamga tegishli ma'lumotlarni kompyuter xotirasida alohida saqlaydi. Tasvir 2 Qatlamlar bilan turli operatsiyalarni bajarish mumkin: AutoCADda har bir qatlam o'zining personal nomiga ega va ularni biri biridan farqlash mumkin. Har bir qatlamga chiziq rangi, turi va qalinligini o'rnatish mumkin. Har bir qatlamni ko'rinar yoki ko'rinmas holatga keltirish mumkin. Har bir qatlamga chop etish parametrlarini o'rnatish mumkin. Har bir qatlamni qulflab ob'ektlarni tahrirlashdan himoyalash mumkin. Ushbu operatsiyalar loyihachiga keng imkoniyatlarni beradi. Ya'ni bir qatlam asosida boshqa bir qatlamni yaratish va loyihalashda xalaqit beradigan yoki qiyinlashtiradigan qatlamni vaqtincha o'chirib qo'yish mumkin. Qatlam yaratish. AutoCADda qatlam yaratish uchun dastlab «Sloi» - Qatlamlar panelini o'rnatish talab etiladi. Ushbu panel quyidagi piktogrammalardan iborat: «Диспетчерсвойствслоев» - Qatlamlar xususiyatlari dispetcheri. «Включениеотключение слоя» - Qatlamni yoqisho'chirish. «Замораживаниеразмораживание на всех видовых экранах» - Barcha ko'rinish ekranlarida muzlatishni yoqisho'chirish. «Замораживаниеразмораживание на текущем видовом экране» - Joriy ko'rinish ekranida muzlatishni yoqisho'chirish. «Блокированиеразблокирование слоя»- Qatlam qulfini yoqisho'chirish. «Цветслоя» - Qatlam rangi. Qatlam nomi. Podmenyu tugmasi. «Сделатьслойобъектатекущим» - Joriy ob'ekt qatlamini o'rnatish. 10. «Предыдущеесостояниеслоя» - Qatlamning oldingi holatiga o'tish. AutoCADda har qanday chizma hech bo'lmaganda bitta qatlam asosida bajariladi (dastlabki qatlam nomi «0»). Ya'ni qatlamsiz chizma yaratish mumkin emas. Loyihani yaratishda oldindan bir nechta qatlamlarni yaratish va loyiha bosqichlarini alohida qatlamlarda saqlash tavsiya etiladi. Qatlamlarni tahrirlash. Qatlam yaratish va unga xususiyatlar berish uchun «Диспетчерсвойствслоев» - Qatlamlar xususiyatlari dispetcheri tanlanadi. Ushbu oynada: - «Создатьслой » (Qatlam yaratish); - «Удалитьслой» (Qatlamni olib tashlash); 3 - «Установить» (O'rnatish) piktogrammalari mavjud bo'lib, ular asosida qatlamlar yaratiladi yoki olib tashlanadi. Qatlam xususiyatlariga chiziq rangi, turi, qalinligi va chop etish imkoniyatlari kiradi. Qatlamga xususiyat berish uchun yaratilgan qatlamdagi «Цвет» - Rang, «Типлиний» - Chiziq turi, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 242.32 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 242.32 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga