Qatlamlarni o'zlashtirish va qatlamlar bilan ishlash asoslari Reja: Qatlamlarni tanlash Qatlamlarning joylashuv tartibini o'zgartirish Video va audioni qo'shish va o'chirib qo'yish Qatlamni berkitish Qatlamlarni tanlash Tabiiyki, qatlamlarni qurishdan oldin ularni tanlash zarur. Buning uchun dastlab kompozisiyaga media fayl (rasm, ovozli va fideo fayl) yuklab olinadi. Media faylni kompozisiyaga yuklanishi Timeline yoki Composition oynasiga uni ko'chirib o'tish orqali amalga oshiriladi. Montaj stolida tanlangan qatlamlar yoritiladi, ularning davomiyligi shkalasi (montaj stolidagi vaqt shkalasi sohasi) teksturalangan sirtga ega bo'lib, ularni boshqa qatlamdan farqlash imkonini beradi. Composition (Kompozisiya) palitrasida tanlangan qatlamlar markerlarga, ya'ni qatlam chegaralarini belgilovchi katta bo'lmagan kvadratlarga ega bo'lishi mumkin, ularni biz qatlamni transformasiyalashda ishlatamiz. Composition (Kompozisiya) palitrasida qatlamni tanlash uchun: Kompozisiyaning joriy kadrini shunday joylashtirish kerakki, biz tanlashimiz zarur bo'lgan qatlam Composition palitrasida ko'rinib tursin. Composition palitrasida qatlamni tanlash uchun uning ustiga sichqoncha tugmasini bosish lozim. Composition (Kompozisiya) palitrasida tanlangan qatlam markeri va uning bog'lovchi nuqtalari paydo bo'ladi. Bir qancha qatlamlarni tanlash kerak bo'lganda Composition (Kompozisiya) palitrasidagi boshqa ko'rinib turgan qatlamlar ustiga Shift tugmasini bosib turgan holda sichqonchani bosish zarur. Timeline (Montaj stoli) palitrasida qatlamni tanlash uchun: Qatlam joylashgan gorizontal yo'lakning ixtiyoriy joyiga sichqonchani bosish lozim. Qatlam nomeri bo'yicha uni tanlash uchun raqamli klaviaturadan (faqat asosiy klaviaturadan emas) qatlam raqamini tanlash lozim. Bir qancha qatlamlarni tanlash uchun Shift tugmasini bosib turgan holda boshqa qatlamlar ustiga sichqonchani bosish lozim. Qatlamlarning joylashuv tartibini o'zgartirish Barcha qatlamlar Timeline (Montaj stoli) palitrasida ko'rsatilgan elementlar sifatida aks etadi. Ya'ni har bir qatlam gorizontal yo'lakga ega bo'lib, qo'shni qatlam yo'lagiga yaqin joylashadi. Qatlam yo'lagining gorizontal o'rni vaqt bo'yicha uning holati ko'rsatadi. Qachonki qatlamlar bitta va shu vaqt oralig'ida joylashsa, unda yuqoridagi qatlam Composition (Kompozisiya) palitrasida quyi qatlamlarning oldi tomonida aks etadi. Qatlamlar ro'yxatidagi qatlamlarni mos ravishda o'rnini o'zgartirish mumkin, ya'ni qaysi elementlar ekranda ko'rinib turishi va qaysilari orqa tomonda qolishini belgilash uchun (2.13-rasm). 2.13-rasm. Qatlamlarning turli ketma-ketlikda joylashuvi Qatlam nomidan chapda joylashgan raqam qatlamlar ro'yxatida qatlam tartibini ifodalaydi. Tabiiyki yuqoridagi qatlam 1 raqamiga ega, quyida joylashgan qatlamlar raqami qatlamlar ro'yxati bo'yicha pastga qarab oshib boraveradi. Timeline palitrasida qatlamlarning joylashuv tartibini o'zgartirish uchun tegishli qatlam nomi kerakli joyga ko'chirib o'tkaziladi. Qatlamni qatlamlar o'rtasida ko'chirib o'tish jarayonida, uni qatlamlar ro'yxatining qaerida joylashtirish kerakligini ko'rsatuvchi gorizontal chiziq paydo bo'ladi va kerakli holatda qatlamni joylashtirish uchun sichqoncha tugmasi quyib yuboriladi (2.14-rasm). 2.14-rasm. Qatlamlar o'rtasida qatlamni ko'chirib o'tish Qatlamni bitta yuqori darajaga ko'tarish uchun quyidagi buyruq tanlanadi: Layer Arrange Bring Layer Forward yoki klaviaturadan Ctrl + ] tugmalari kombinasiyasi bosiladi. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:13:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
547.74 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:13 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
547.74 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:23 ]
Arxiv ichida: doc